G. S. Tursinbayeva, G. M. Duschanova, J. S. Sadinov


-rasm. Qarag‘ay о‘simligining rivojlanish sikli



Download 10,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet126/185
Sana18.07.2022
Hajmi10,76 Mb.
#818879
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   185
Bog'liq
Botanika kitob

119-rasm. Qarag‘ay о‘simligining rivojlanish sikli:
1 – mikrospora tetradalari, 2 – megospora tetradalari, 3–4 – chang donalari, 
5 – urg‘ochi gametofitli urug‘kurtak, 6 – changdon nayi,
7 – chang nayini arxegoniyga о‘sib kirishi, 8 – urug‘lanish,
9 – murtakning rivojlanishi (sporofit), 10 – urug‘, 11 – yetuk daraxt,
12 – erkak g‘uddasi, 13 – о‘ramabargli urug‘kurtak. 
230


shaklida mikrosporofillar yopishib turadi. Kо‘pincha erkak g‘uddani 
mikrostrobillar deb ham yuritiladi.
Mikrosporofillar kichkina yupqa barglar kо‘rinishida bо‘lib, tashqi 
qirg‘og‘i sal yuqoriga qayrilgan. Uning pastki tomonida 
mikrosporangiylar joylashgan. Odatda har bir mikrosporofillda 
ikkitadan mikrosporangiy yoriladi va changlar shamol yordamida 
tarqaladi. 
Chang donachasining ikki qavat pо‘sti bо‘lib, tashqi – qalinroq 
qismiga – ekzina, ichki pо‘sti yupqarog‘iga – intina deb ataladi. 
Ekzina qavati bо‘rtib, intinadan ajraladi va ikkita havo xaltachalarini 
hosil qiladi. Ular changning havo yordamida tarqalishiga imkon 
beradi. Har bir chang donachasi ichida ikkita hujayra mavjud: 
vegetativ va anteridial hujayralar. Vegetativ hujayra yirik bо‘lib, 
changning ichini deyarli tо‘ldirib turadi. Anteridial hujayra mayda va 
undan, keyinchalik ikkita erkak gametalar – spermiylar hosil bо‘ladi. 
Spermiylarda xivchin bо‘lmaydi va ular harakatlanmaydi. Ikki 
hujayrali mana shu chang donasi erkak о‘simta hisoblanadi. 
Urg‘ochi g‘uddalar novda uchlarida hosil bо‘ladi. Novdalarning 
о‘rtasida о‘qi bо‘lib, unga spiral shaklida tangachalar birikib turadi. 
Ularning qо‘ltig‘ida esa urug‘ tangachalari yetiladi. Har bir 
tangachaning 
asosida 
ikkitadan 
yirik 
urug‘murtaklar 
(megasporangiylar) joylashadi.
Urug‘murtakning tashqi qobig‘i intigument (lot. integumentum – 
qoplam, qobiq) deyiladi. Ana shu qoplam ostida nusellus (lot. nuks, 
nukis – yadro, yong‘oq) joylashadi. Urug‘murtakning uchida 
integument qо‘shilmaydi va kichkinagina tirqish, ya’ni mikropile 
(yunon. mikros – kichik, pile – kirish joyi. eshik)ni hosil qiladi. 
Mikropile orqali chang ichkariga kiradi. 
Nusellusning yirik hujayrasi (arxesporiy) reduksion bо‘linib, ustma-
ust joylashgan tо‘rtga gaploid hujayralarning megasporalarini hosil 
qiladi. Yuqoridagi uchta hujayra nobud bо‘lib, eng ostidagisi 
yiriklashib bо‘linadi va urg‘ochi gametofit shakllanadi. Urg‘ochi 
gametofitning uchki qismida reduksiyaga uchragan ikkita arxegoniy 
joylashadi. Arxegoniylar ichida yirik tuxum hujayralar yetiladi. 
Ikki hujayrali changlar – erkak gametofitlar urg‘ochi g‘uddaning 
urug‘ tangachalariga borib tushganda changlanish sodir bо‘ladi. 
Chang urug‘murtakda о‘sa boshlaydi va uning ichkarisiga kiradi. 
231


Vegetativ hujayra chang naychasini hosil qiladi. Chang naychasi 
nutsellus о‘tib arxegoniyga kiradi.
Chang naychasi orqali anteridial hujayra о‘tadi va u bо‘linib 2 ta 
spermiyni hosil qiladi. Urug‘lanish jarayonida tuxum hujayra 
spermiyning bittasi bilan qо‘shiladi, ikkinchi spermiy nobud bо‘ladi. 
Hosil bо‘lgan diploid zigotadan murtak shakllanadi.
Murtak – murtak ildizcha, poyacha, bargcha va kurtakchadan 
iborat. Urug‘lanishdan sо‘ng urug‘murtakdan qalin pо‘stga о‘ralgan 
urug‘ hosil bо‘ladi. Urug‘ pо‘sti integumentdan hosil bо‘ladi, 
nusellusning qolgan qismi endospermni о‘rab turadi. Endosperm 
ichida urug‘ning murtagi, ya’ni yosh sporofit joylashadi (119-rasm).
Urug‘lar shakllanishi davrida urg‘ochi g‘uddalar о‘sib kattalashadi, 
urug‘ tangachalari qurib jigarrangga kiradi. Urug‘lar g‘uddalardan 
erkin ajralib tarqaladi. Qulay sharoitda ular unib, yirik о‘simliklar 
(sporofitlar)ni hosil qiladi (119-rasm). 
232



Download 10,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish