G. S. Tursinbayeva, G. M. Duschanova, J. S. Sadinov



Download 10,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet162/185
Sana18.07.2022
Hajmi10,76 Mb.
#818879
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   185
Bog'liq
Botanika kitob

160-rasm. Sinkarp mevalar:
1-kо‘sak (lola), 2-uchma (zarang), 3-chakamiq, 4-rezavor meva (pomidor),
5-gesperidiy (limon), 6-olma meva (olma), 7 jо‘ka meva,
8-xakalak (handalak). 
302


Yong‘oqcha (kichik meva) – ustki tugunchadan hosil bо‘ladigan bir 
urug‘li quruq meva qobig‘i yog‘ochlangan pо‘st bilan о‘ralgan. 
Ayiqtovon, esparset mevalari yong‘oqchaga misol bо‘ladi. 
Qanotchali meva – merikarpiy mevalarning bir turi. Bunday 
mevalarning yonida pо‘stsimon yoki pardasimon yassi ortig‘i bо‘ladi 
(zarang, qayrag‘och, shumtol va boshqalarda). 
Qо‘zoq va qо‘zoqcha – ikki uyli sinkarp meva bо‘lib, tushib 
ketadigan ikki qopqoqchaga о‘xshab pastdan tepasigacha yoriladi, 
qopqoqchalarning orasida urug‘lari bо‘ladi. Meva bо‘yi enidan tо‘rt 
barobar ortiq bо‘lsa qо‘zoq, undan kam bо‘lsa, qо‘zoqcha deb ataladi. 
Ba’zan qо‘zoq bо‘g‘inli bо‘lishi mumkin. Bu xildagi mevalar 
butguldoshlar oilasining vakillariga xosdir. 
Rezavor yoki yumshoq mevalarda barglar soni ham har xil. Kо‘p 
uyli va kо‘p urug‘lidir. Ba’zan bitta urug‘ bо‘lishi mumkin (uzum, 
pomidor, baqlajon va boshqalar). 
Gesperidiy (gol. geyest – mevasiz; yunon. peridiy – qopcha, xalta) 
deb aytiladigan mevalar ustki tugunchadan hosil bо‘ladi va shirali 
sinkarp meva deb ataladi. Masalan, apelsin, mandarin va boshqalar. 
Apelsin tugunchasi kо‘puyli, mevaning tashqi – ekzokarpiy qismi 
sariq, qalin va rangdor pо‘stli, unda efir moyi bezlari bor. О‘rta qismi 
g‘ovak, ichki mezokarpiy qismi etdor oq rangda, sersuv bо‘lib, 
iste’mol qilinadi.
Shirali sersuv mevalarga tropik о‘rmonlarda о‘suvchi banan mevasi 
misol bо‘la oladi. Ularning mevasi ostki tugunchadan rivojlanadi. 
Olma – sodda sinkarp meva. Bu xildagi mevalar ra’nodoshlar 
oilasining olmadoshlar kenja oilasiga kiradigan о‘simliklarning 
mevasidir (masalan, olma, behi, nok). Bunday meva ostki sinkarp 
tugunchasi gul naychasining tutashishidan hosil bо‘ladi.
Kо‘ndalangiga kesilgan olma mevasi beshta biruyli va birurug‘li 
bо‘lib kо‘rinadi. Bularda meva barglar bir-biri bilan tutashmagani 
uchun ba’zi olimlar olma shaklidagi mevani apokarp mevalarga 
kiritganlar. Lekin, ularning meva yoni tashqi etdor va tog‘aysimon 
yoki pardasimon ichki qismdan tashkil topgan tashqi etdor qismining 
asosidan bir-biri bilan qо‘shilib, juda о‘sib ketgan kosachabarg, 
tojbarg va mevabargchalar hosil bо‘ladi. Ichki qism tashqi qism bilan 
qо‘shilib meva bargchalarning ichki qismidan yuzaga kelganligini 
e’tiborga olib sinkarp mevalarga kiritilgan. 
303


Anor – о‘ziga xos shakl tuzilishga ega bо‘lgan kо‘purug‘li sinkarp 
mevadir. U ostki tugunchadan tashkil topgan. Meva atrofi terisimon 
qalin pо‘st bilan о‘ralgan. Pishganda notekis shaklda yoriladi. 
Tuguncha uyalari yirik urug‘lar bilan tо‘lgan. Urug‘larning tashqi 
pо‘sti etli va shiralidir. 
Yong‘oq – takomillashgan ostki tugunchadan hosil bо‘lib, 
yog‘ochlangan, meva yoniga ega bo‘lgan, bir urug‘li quruq meva.
Yevropa, Osiyo, Amerika о‘rmonlarida о‘suvchi pindik (
Corylus 
avellana
) va eman (
Quercus
) daraxtlariga xos mevadir. 
Evolyutsiya jarayonida sinkarp mevalardan parakarp va lizikarp 
mevalar kelib chiqqan. 
Psevdomonokarp (yunon. psevudos – yolg‘on, soxta; mono – bitta; 
karp – meva) xildagi mevalarning tashqi kо‘rinishi monokarp – yakka 
urug‘li mevaga о‘xshash bо‘lib, bunday mevalar psevdomonokarp 
gineseydan taraqqiy etadi. Ularda tuguncha ostki, biruyli (xonali) va 
birurug‘li bо‘ladi, masalan, yong‘oq (Juglans regia). Meva pо‘sti – 
ekzokarp, etli, mevasi pо‘stidan ajralgandan keyin chin yong‘ok yoki 
danakli soxta meva bо‘ladi. 

Download 10,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish