G. S. Tursinbayeva, G. M. Duschanova, J. S. Sadinov


  138-Rasm. Changdon uyalarining shakllanish jarayoni (1-6)



Download 10,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet141/185
Sana18.07.2022
Hajmi10,76 Mb.
#818879
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   185
Bog'liq
Botanika kitob


138-Rasm. Changdon uyalarining shakllanish jarayoni (1-6):
E – epiderma; End – endotetsiy; T – tapetum; AH– arxespora hujayralari. 

AH 
End 

260


Mikrosporalar hosil bо‘lish vaqtida о‘rta qatlam hujayralari yemirilib 
mikrosporaga oziq bо‘ladi.
Changdonning ichki tapetum qoplovchi qatlami muhim fiziologik 
ahamiyatga ega, chunki spora hosil qiluvchi tо‘qimaga oziq moddalar 
shu qatlam orqali о‘tadi. Tapetum hujayralari quyuq va mо‘l 
protoplazma suyuqligiga ega. Chang tashkil topa boshlagan paytda 
ularning protoplazmasi bir necha bor bо‘linib, natijada arxesporiy 
protoplazma suyuqligi bilan о‘raladi. Arxesporiy hujayralari bо‘linib, 
mikrosporalarning ona hujayralarini hosil qilish paytida tapetum 
eriydi, ba’zan ayrim oilalarda tapetumning faqat pо‘sti erib, 
protoplazma quyuqlashadi va mikrospora uchun oziq bо‘ladi
(139-rasm). 
139-rasm. Etulgan changdonning kо‘ndalang kesmasi:
1 – epiderma; 2 – fibroz qavat-endotetsiyasi; 3-chang xalta; 4-changlar;
5 – tapetum; 6 – changdonlar bog‘lоvchisi. 
261


Changlar (mikrosporalar)
. Mikrosporalar ona mikrospora 
hujayralarining reduksion (meyoz) bо‘linishi vositasida vujudga 
keladi. Bu jarayon suksessiv (birin-ketin), simultan (birdaniga) yoki 
oraliq tiplardan iborat. Suksessiv bо‘linishning birinchi davrida 
hujayra tо‘siqlar bilan ajraladi va diada hujayralar hosil bо‘ladi. Bu 
jarayon ikkinchi marta takrorlanganda hujayra tо‘siqlar hosil qilib 
tо‘rtta mikrospora (chang) yuzaga keladi.
Mikrosporalarning suksessiv tip bilan hosil bо‘lishi bir urug‘pallali 
о‘simliklarga xos xususiyatdir. Ikki urug‘pallali о‘simliklarda bu 
jarayon simultan tipda boradi. Chang – (mikrospora) – yopiqurug‘li 
о‘simliklarning erkak gametofiti hisoblanadi. Changning shakli, katta-
kichikligi, tuzilishi har xildir. Ular о‘simliklarning har bir turida 
doimiy holda bо‘lib, nasldan-naslga о‘tadi. Changlar (140-rasm). 
Changlarning o‘lchamlari har xil bо‘lib, sharsimon, ellipssimon, 
yulduzsimon, gildiraksimion va boshqa shakllarda bo‘ladi. 
Chang pо‘sti (sporoderma) asosan ikki qismdan tashkil topgan, 
ichki pо‘sti – entina va tashqi pо‘sti – ekzina. Entina yupqa, asosan 
pektin moddasidan tuzilgan. Ekzina, entinaga nisbatan ancha qalin 
bо‘lib, kutinlashgan va turg‘unlashgan. Tarkibida uglevodlardan 
sporopolenin bor. Bu modda ishqor va kislotalarda erimaydi, shuning 
uchun ham juda pishiq. 
Ekzina о‘z navbatida ikki qismdan iborat: tashqi qavati sekzin – 
ekzinni eng mustahkam qavati va ichki qavati nekzindan iborat. 
Sekzin tuzilishi jihatidan nihoyat xilma-xil bо‘lib, u har xil 
bо‘rtmachalardan tashqari tikanaklar, tuklar bilan qoplangan.
Taksonlarni sistemaga solishda ana shu belgilardan foydalaniladi. 
Bundan tashqari sekzinada bir qancha teshikchalar ham bor. Bu 
teshikchalar apertura (lot. apertus – ochiq) deb ataladi. 
Aperturalarning shakli va joylashishi har xil. Shakl jihatdan ular pora 
– teshikchalar va chiziqli egatlardan iborat. Changchalarning 
pо‘stidagi pora va chiziqli egatlar ham shakl jihatdan har xil. Bir 
porali va bir chiziqli egatli changlar ochiqurug‘li о‘simliklarga xos 
belgidir. 
262


Yopiq urug‘li о‘simliklar orasida bir porali va bir chiziqli egatli 
changlar kо‘p mevalilardan magnoliyadoshlar oilasining vakillarida 
uchraydi. Evolyutsiya jarayonida bir porali va bir chiziqli yoki bir 
egatli changlardan uch porali va uch egatli changlar va nihoyat: 
ulardan kо‘p porali va kо‘p egatli changlar tarraqqiy etgan.
Aksariyat ikkipallali о‘simliklarda chang uch egatli, birpallalilarda 
esa asosan bir egatli chang uchraydi. Yuqorida kо‘rsatilganidek, 
changlar turli-tuman shaklda bо‘lishi, shu bilan birga ularning 
chidamliligi, о‘zgarmasdan barqaror bо‘lib, о‘z shaklini saqlab 
qolishi, ularni har tomonlama chuqur tekshirishga imkon beradi. Shu 
sababdan bо‘lsa kerak, 30-yillardan boshlab botanikaning yana bir 
yosh tarmog‘i polinologiya fani taraqqiy etdi. Chang har xil usullar 
bilan tayyorlanib, keyin yoriq yoki elektron mikroskopda tekshirilib 
о‘rganiladi. 

Download 10,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish