G. S. Tursinbayeva, G. M. Duschanova, J. S. Sadinov


-§ Ginetsey haqida umumiy tushuncha



Download 10,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet143/185
Sana18.07.2022
Hajmi10,76 Mb.
#818879
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   185
Bog'liq
Botanika kitob

 
34-§ Ginetsey haqida umumiy tushuncha 
Guldagi bir yoki bir necha urug‘chibarglar (megasporofillar)ning 
yig‘indisi bir yoki bir necha ginetsey (ginye – ayol, urug‘chi)ni hosil 
qiladi. Mashhur olim morfolog-sistematik A. JI. Taxtadjyan va boshqa 
xorijiy olimlar yopiqurug‘li о‘simliklarning gulidagi urug‘chibarglar 
evolyutsiya jarayonida qadimgi ochiqurug‘li о‘simliklarning ajdodlari 
– sagovniklarda vujudga kelgan va ochiq patsimon megasporofillarni 
bir-biri bilan tutashishi natijasi – mevachibarglar rivoj topgan 
deydilar. Darhaqiqat ham bu fikrni tasdiqlovchi bir qancha dalillar 
bor. Chunonchi, qazilma holda topilgan yopiqurug‘li о‘simlik 
Degeneiwa xuddi shunday meva barglarning taraqqiy etganini kо‘rish 
mumkin (142-rasm).






142-rasm. Degeneria о‘simligida eng sodda mevabarglarning 
kо‘rinishi (1): 
2 – 6 – ixtisoslashgan urug‘chi ustunchalarining (stilodiy) evolyutsion 
rivojlanishi. 
265


Rasmdan aniq kо‘rinadiki, ulardagi mevabarglarning uchlari bir-biri 
bilan tutashmasdan, faqat bitta qisqa banddan tashkil topgan. Unda na 
stilodiy (yunon. stilo s – ustuncha) va na tumshuqcha bo‘lgan. 
Mevabarg platsenta (urug‘kurtak) gacha bezsimon tukchalar bilan 
qoplangan. Mevachibarglar ixtisoslashgan urug‘chi ustunchalari-ning 
(stilodiy) evolyutsion rivojlanishi 142-rasmda kо‘rsatilgan. 
Shunday qilib, uzoq davom etgan evolyutsiya jarayonida 
yopiqurug‘li о‘simliklarning eng muhim va nodir organi ginetsey 
rivojlangan. 
Ginetseyning eng muhim qismi tuguncha hisoblanadi, unda 
urug‘kurtak joylashadi, gul tugunining ustida ingichka ustuncha, 
uning uchida esa shakli har xil tumshuqcha bо‘ladi (143-rasm). 
Ustuncha tumshuqchani tuguncha bilan birlashtiradi va tumshuqchani 
ozmi-kо‘pmi balandlikka kо‘tarib changlarni qabul qiladi hamda 
changlanishni osonlashtiradi.
Tugunchaning ichida urug‘murtak joylashadi. Urug‘lanishdan 
keyin, bulardan urug‘ hosil bо‘ladi. Shunday qilib, tuguncha 
urug‘murtaklari bilan birga ginetseyning eng muhim qismini tashkil 
etadi. Talaygina sodda oilalarda masalan, kо‘pchilik ayiqtovon-
doshlar, magnoliyadoshlar, kо‘knorguldosh va boshqalarda ustuncha 
taraqqiy etmasdan qoladi.
266


Bunda tumshuqcha tugunchaning ustida turadi va bandsiz 
tumshuqcha deb ataladi. Shamol yordamida changlanadigan ba’zi 
о‘simliklar (g‘alladoshlar)da ham ustuncha taraqqiy etmaydi. 
Ba’zi о‘simliklarda (qulupnay, g‘ozpanja yoki beshbarg) gul tuguni 
baravar о‘smaganligi sababli ustuncha tugunchaning yonidan, 
labguldoshlar, kampirchopondoshlarda esa tuguncha asosidan о‘sib 
chiqadi. 
Urug‘chi (ginetsey) xillari. Bir gulning urug‘chi barglari (meva 
barglari) bir-biri bilan tutashmagan holda, har qaysisi alohida 
urug‘chiga aylansa, bunday urug‘chi 
apokarp
ginetsey deb ataladi. 
Qazilma holda topilgan qadimgi yopiqurug‘li о‘simliklardan 
Degeneriada eng sodda monomer bitta meva bargdan tashkil topgan 
apokarp ginetsey bо‘lgan. Hozirgi о‘simliklardan apokarp ginetsey 
ayiqtovondoshlar, atirguldoshlar, zirkdoshlar va boshqa oilalarning 
vakillarida uchraydi. 








T



Download 10,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish