Sukkulent novdalar.
Barglari sukkulent о‘simliklar. Barglari
etdor oziqa moddalarni tо‘plashga moslashgan. Bu о‘simliklar suv
tanqis chо‘llarda yashashga moslashgan. Novdasining kо‘p qismini
tо‘p barglar egallaydi. Bularning barglarida suv va shilimshiq
moddalar saqlovchi hujayralari mavjud. Metamorfozlashgan kurtakka
karambosh misol bо‘ladi.
205
IRB
4
5
106 – rasm. Epigeogenli (1-3) va gipogeogenli (4-5) ildizpoyalar:
1 –a-v –
Asarum europaeum
ildizpoyalarning rivojlanishi, 2 – a-b-v –
Viola
mirabilis
ildizpoyalarning rivojlanishi, 3 –
Fragaria vesca
, 4 – Agropyrum
repens, 5 – Veronica longifolia. Shartli belgilar: IRB – ildizpoyalarning
rivojlanish bosqichlari.
a
b
a
b
2 v
206
1
107 – rasm. Yer ustki (1) va osti (2-4) stolonlar:
1-
Galeobdolon luteum
, 2 – kartoshka (
Solanum tuberosum
), 3 – stolon
shakllanishi va kartoshka tuganagining rivojlanishi, 4 – Scrophularia nodosa
о‘simligida tuganakli ildipoya.
207
Karam ikki yillik о‘simlik, kalta poyasida joylashgan tо‘p barglari
yashil rangda bо‘lib, bir oz sukkulent. Uchki kurtak tezda о‘sishdan
tо‘xtaydi, barglar eniga о‘sib ichkariga qayrilib karam boshini hosil
qiladi. Ichki barglari rangsiz, kam xloroplastlar saqlaydi. Qishlab
chiqqandan keyin madaniy karamboshning uchki kurtagi rivojlanishini
davom ettirib, uzun gul bandini novdani hosil qiladi.
Poyalari sukkulent о‘simliklar.
Bularga amerika kaktuslari
kо‘pgina Afrika sutlamalari misol bо‘ladi, bu о‘simliklarning barglari
metamorfozlashishi yoki qisqarib ketishi poyasining о‘zgarishiga
sukkulent bо‘lishiga olib kelgan. Suvli qalin poyasi assimilyatsiya va
suv jamg‘arish vazifasini bajaradi. Bularning poyasida parenxima
tо‘qimasi yaxshi rivojlangan, epiderma qalin kutikula bilan qoplangan
(soleros poyasi, kaktuslar) (109-rasm).
Kо‘pchilik kaktuslarda poyasi yumaloq bо‘lib, barg mutlaqo hosil
bо‘lmaydi. Yon shoxlari paydo bо‘lgan joylarda bо‘g‘imlar yaxshi
kо‘rinadi. Brazilyada о‘sadigan Peireskia turkumiga kiruvchi
kaktuslarning poyasi sukkulent emas yashil barglar hosil qiladi, lekin
barg qо‘ltig‘idagi kurtaklar, sukkulent kaktuslardagi kabi
metamorfozlashgan.
Tikonlar.
Kaktuslarning tikonlari barglarning о‘zgarishidan kelib
chiqqan. Zirklarning bargi tikonga aylanib shakli о‘zgargan, uning
qо‘ltig‘ida yaxshi rivojlangan yashil bargli qisqargan novda paydo
bо‘ladi.
Yovoyi
olma,
noklarning
qisqargan
novdalari
metamorfozlashgan bо‘lib, uchlari о‘tkir tikonga aylangan.
Dо‘lona daraxtining tikon barg qо‘ltig‘ida paydo bо‘lgan shakli
о‘zgargan yon novdalardir. Gledichiya darxtining tikonlari uyqudagi
kurtaklardan paydo bо‘lgan (109-rasm). Fillokladi va kladodii –
(fillon – barg, klados – shox). Bular barglarga о‘xshash poyalardir. Bu
Ruscus turkumi turlarini novdasini tangachasimon barglarini
qо‘ltig‘ida yupqa tekis bargsimon fillokladiy rivojlanadi. Fillokladii
barg qо‘ltig‘idan paydo bо‘lgan novdani eslatadi, lekin barg kabi
о‘sishi cheklangan bо‘ladi. Fillokladida barglari hech qachon
uchramaydigan tangacha barglar va tо‘pgullar paydo bо‘ladi.
208
Do'stlaringiz bilan baham: |