G. S. Tursinbayeva, G. M. Duschanova, J. S. Sadinov


Tabiiy va sun’iy vegetativ kо‘payish



Download 10,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet117/185
Sana18.07.2022
Hajmi10,76 Mb.
#818879
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   185
Bog'liq
Botanika kitob

Tabiiy va sun’iy vegetativ kо‘payish.
Bunday kо‘payish 
kо‘pincha urug‘dan kо‘payishi qiyin bо‘lgan о‘simliklarda uchraydi. 
Bu jarayon kо‘pyillik о‘simliklar orasida (о‘t, chala buta, daraxt) tez-
tez kо‘rinadi. Kо‘pincha о‘rmonzorlarda daraxtlarning ostida о‘sishga 
moslashgan о‘tchil о‘simliklarning urug‘lari deyarli pishib yetilmaydi. 
Bunga asosiy sabab yorug‘likning yetarli bо‘lmasligi hamda 
changlatuvchi hasharotlarning ozligidir. Shuning uchun bu xildagi 
о‘simliklar yer osti ildizpoyasi, ildiztugunak, piyozboshlar yordamida 
juda ham tez kо‘payadi va kо‘plab yosh о‘simliklar о‘sib chiqadi 
(landish, qizilmiya (shirinmiya), lola va boshqalar).
Vegetativ kо‘payishning eng kо‘p tarqalgan tabiiy usullari 
quyidagilardir: 
Ildizpoya.
Talaygina kо‘p yillik о‘tchil о‘simliklar ildizpoyalari 
yordamida vegetativ kо‘payadi. Ildiz poyalari kalta va bо‘g‘in oralig‘i 
qisqa bо‘lgan о‘simliklarda (masalan, ajriq, g‘umay, tog‘rayhon, 
kiyikо‘t va boshqalar) kurtaklar bir-biriga yaqin turadi, shuning uchun 
ham yer usti novdalari g‘uj bо‘lib chiqadi. Ildizpoyalari uzun bо‘lgan 
о‘simliklarda kurtaklar bir-biridan uzoq joylashgan, shu sababli 
ulardan chiqadigan yer usti novdalari tarqoq holda joylashadi (qamish, 
qiyoq va boshqalar). 
Tugunaklar.
О‘zbekistonning adir va chо‘llarida о‘sadigan zira, 
hashaki zira va skorsonera o‘simliklar ildizpoyasining yer ostida 
qalinlash (yо‘g‘onlash)gan qismi tugunak deb ataladi. Tugunaklarda 
о‘simlik uchun zarur oziq moddalar tо‘planadi va vegetativ kо‘payish 
vazifasini bajaradi. Bunday kо‘payishni kartoshka, topinambur va 
boshqa о‘simliklarda kо‘rish mumkin. Bu xildagi tugunaklar yer 
ostida joylashganligi uchun yer osti tugunaklar deb ataladi. 
Piyozboshlar
(boshpiyoz). О‘rta Osiyo chо‘l, adir va tog‘ 
о‘simliklari orasida lola, narsiss, chuchmо‘ma, boychechak, liliya 
(piyozgul), piyoz kabilar piyozboshlar bilan kо‘payadi. Ba’zi 
о‘simliklarda piyoz kurtaklari barg kо‘ltiqlari yoki tо‘pgullarida hosil 
bо‘ladi. Sarimsoq va liliya singari о‘simliklarning piyozi mayda 
piyozchalardan iborat, ular tо‘kilsa, undan yangi о‘simlik о‘sadi. 
Ba’zi о‘simliklarning gullarida urug‘ о‘rnida kichkina bargli novdalar 
hosil bо‘ladi va keyinchalik ona о‘simlikdan uzilib ildiz chiqaradi. 
Bunday о‘simliklar bolalovchi о‘simliklar deb ataladi. 
213


Ildizbachkilar
vegetativ kо‘payishning bir vositasi bо‘lib, ildizdagi 
kurtaklardan о‘sib chiqadigan qо‘shimcha bachki poyadir (masalan, 
yantoq, pechak, kakra, olxо‘ri, terak, tol, qayrag‘och va boshqalar). 
Ildizbachkilar, qо‘shimcha ildizlarning endogen usul bilan hosil 
bо‘lgan kurtaklaridan rivojlanadi va juda qisqa muddat ichida katga 
maydonlarni egallaydi. Tabiatda shunday о‘simliklar borki, ular bir 
necha xil vegetativ kо‘payish xususiyatiga ega. Masalan, adir va 
qirlarda о‘sadigan gazakо‘t ildizbachkilar, ildizpoya va partikulyatsiya 
vositasida kо‘payadi (111-rasm). Madaniy о‘simliklarni tabiiy 
kо‘payish xususiyatlarini о‘rganib, vegetativ kо‘paytirish mumkin. 
Masalan, bog‘, park va skverlarda ekiladigan ziynatli, manzarali 
о‘simliklarni ildizpoyalari, ildizbachkilari va tuplarini bо‘lish 
vositasida kо‘paytirish mumkin. Loladoshlar (piyozdoshlar) oilasining 
kо‘pchilik vakillari sun’iy ravishda piyozboshlar, tugunaklar 
yordamida kо‘paytiriladi (masalan, piyoz, sarimsoq, lola, gulisumbul 
(giatsint), ilongul (gladiolus) va boshqalar. 

Download 10,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish