117- rasm. Yо‘sinlarning rivojlanish sikli:
1 – gametofit, 2 – anteridiy, 3 – erkak jinsiy hujayrasi, 4 – arxegoniy,
5 – tuxum hujayra 6 – zigota, 7 – sporofit, 8 – kо‘sakcha, 9 – sporalar,
10 – protonema, 11 – kurtak.
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
118- rasm. Qirqquloqning rivojlanish sikli:
1 – sporofit, 2 – sporangiylar guruhi, 3 – sporangiy, 4 – sporalar, 5 – о‘simta,
6 – tuxum hujayrali arxegoniy, 7 – anteridiy, 8 – spermatozoidlar, 9 – zigota,
10 – gametofit, 11 – novda.
228
Urug‘lanish natijasida hosil bо‘lgan diploid zigota о‘sha zahotiyoq
mitoz bо‘linib, sporofit nasl beruvchi murtak (embrion)
takomillashadi. Murtak avvaliga о‘simta hisobidan oziqlanadi,
keyinchalik ildiz, yer osti poya va barg chiqargandan sо‘ng о‘simta
quriydi.
Yuqoridagi misoldan kо‘rinadiki, qirqquloqlarda yadro davrlarini
almashinishidan tashqari, ularda nasllar ham gallanadi: ya’ni sporofit
jinssiz kо‘payishda ishtirok etuvchi sporalar diploid sonli
xromosomalardan iborat bо‘lib, ularning о‘sishidan jinsiy organlar
(anteridiy va arxegoniy) gaploid sonli xromosomalarga ega bо‘lgan
jinsiy nasl gametofit gallanadi. Biroq, sporofit va gametofit tashqi
kо‘rinishi jihatidan bir-biridan keskin farq qiladi.
Sporofit kо‘p yillik va tamomila mustaqil ravishda yer ustida
о‘sadi. Gametofit esa kichkina differensiallashmagan tallomdan
iborat. U suv sharoitida о‘sishga moslashgan, lekin uzoq о‘smaydi.
Sporofit meyosporalar, gametofit esa gametalar vositasida nasl
qoldiradi. Nasllarning bunday gallanishiga geteromorf (yunon. geteros
– har xil; morfe – shakl) gallanish deyiladi.
29-§ Yuksak o‘simliklarning urug‘lar yordamida kо‘payishi
Urug‘lar yordamida kо‘payish ochiq urug‘li va yopiq urug‘li
о‘simliklarga xos. Ularda urug‘lar yangilanish, kо‘payish va tarqalish
organi bо‘lib xizmat qiladi. Urug‘lar kо‘p miqdorda hosil bо‘ladi,
tarqaladi va ulardan yana о‘shanday о‘simliklar vujudga keladi.
Bunday о‘simliklarda nasllarning gallanishi deyarli butunlay
niqoblangan. Urug‘li о‘simliklar quruqlikka moslashgan bо‘lib,
gametalarning harakatlanishi uchun suvning hojati yо‘q. Shuning
uchun ularda changlanish jarayoni yuzaga kelgan. Urug‘li
о‘simliklarning gametofiti (ayniqsa urg‘ochisi) mustaqil hayot
kechirolmaydi, ular faqat sporofitning hisobiga yashaydilar. Sporofit
о‘simlikda mikro va megasporangiylar, ularning ichida esa
meyosporalar yetiladi. Mikro va megasporalar mikro va
megasporangiylar ichidan tashqariga chiqmasdan о‘sib, gametofitlarni
hosil qiladi. Urug‘, urug‘kurtakdan, yoki urugmurtakdan shakllanadi.
Urug‘kurtak – shakli о‘zgargan megasporangiy bо‘lib, uning ichida
urg‘ochi gametofit rivojlanadi; urug‘lanishdan keyin hosil bо‘lgan
zigotadan yangi sporofit о‘simlikning murtagi shakllanadi.
Urug‘lanishdan keyin yana shu urug‘murtak urug‘ga aylanadi. Ochiq
229
urug‘li о‘simliklarning taraqqiyot davrlari va urug‘ yordamida
kо‘payishi. Bu jarayonni oddiy qarag‘ay (
Pinus silvestris
) misolida
kо‘rish mumkin (119-rasm).
Baland bо‘yli, yorug‘sevar, doimo yashil о‘simlik. Ular bir uyli
о‘simliklardir. Bir о‘simlikning о‘zida erkak va urg‘ochi g‘udda hosil
bо‘ladi. Erkak g‘uddalarning rangi sarg‘ish va yirik boshoqlarga
birikkan. Har bir kichik g‘udda о‘rtasida о‘qi bо‘lib unga spiral
Do'stlaringiz bilan baham: |