G. S. K u t u m o V a I. I. I n o g a m o V g e o d e z I ya va m a r k s h e y d e r L i k I s h I


Plan bilan karta o’rtasidagi farq quyidagilardan iborat



Download 6,42 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/203
Sana01.04.2022
Hajmi6,42 Mb.
#522882
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   203
Bog'liq
fayl 1622 20210825 (1)


Plan bilan karta o’rtasidagi farq quyidagilardan iborat:
1) karta-yer yuzining va uning ayrim katta qismining sferik yuzaga tushurilgan 
proyeksiyasining qog’ozdagi kichraytirilgan tasviri; plan esa yer yuzi kichik 
qismining tekislikdagi gorizontal proyeksiyasining qog’ozdagi kichraytirilgan 
tasviridir; 
2) planda joydagi chiziqlarning uzunligi, obyektlar konturlarining maydoni va 
yo’nalishlar orasidagi burchaklar to’g’ri tasvirlanadi, kartada esa ularning tasvirida 
ma’lum xatolar ro’y beradi; 
3) planning masshtabi uning hamma qismida bir xil bo’ladi, ya’ni planda masshtab 
o’zgarmaydi; kartada esa masshtab kartaning turli qismlaridagina emas, hatto bir 
nuqtadan chiqadigan turli yo’nalishlar bo’yicha ham o’zgarib boradi.
4) karta ma’lum kartografik proyeksiya yoki zonal tizimdagi to’g’ri burchakli 
koordinatada tuziladi, plan esa ko’pincha shartli yoki mahalliy to’g’ri burchakli 
koordinata tizimida tuziladi. 
 


43 
5.2 Kartalar klassifikatsiyasi. Topografik karta va uning elementlari 
Plan va kartalarni mazmuni, masshtabi va xususiyatlariga qarab gruppalarga 
bo’lish mumkin. Yer yuzasi va uning ayrim qismlarining landshafti bir xil aniqlik 
va to’liq tasvirlanadigan plan va kartalar masshtabiga ko’ra uchta asosiy gruppaga 
bo’linadi: masshtabi 1:5000 va undan yirik bo’lsa-topografik plan, masshtabi 
1:10000 dan 1:500000 gacha bo’lsa topografik karta, masshtabi 1:1000000 va undan 
kichik bo’lsa-geografik karta deb yuritiladi. Plan va kartalarning bunday uch 
gruppaga bo’linishi rasmiy instruksiyalarda ko’rsatilgan. Lekin shuni aytish zarurki, 
1:5000 va 1:2000 masshtabdagi topografik planlar shartli to’g’ri burchakli 
koordinatalar tizimida tuzilmay MDH da qabul qilingan to’g’ri burchakli 
koordinatalar zonal tizimida tuzilgan taqdirda har bir 3
o
li zonaning eng chekka 
qismlarida Yerning sferikligidan ro’y beradigan chiziqlar xatoligi sezilarli darajada 
bo’ladi, plan tuzishda bu xatoni e’tiborga olishga to’g’ri keladi. Shunga ko’ra 
bunday paytda 1:5000 va 1:2000 masshtabli topografik planlar topografik karta 
bo’lib hisoblanadi; lekin ishlab chiqarishda bunday kartalarni topografik plan deb 
yuritish qabul qilingan.
Topografik planda va yirik masshtabli topografik kartalarda territoriyalar juda 
aniq va mukammal tasvirlanadi, ulardagi deyarli barcha tafsilotlar masshtabli shartli 
belgilar bilan ko’rsatiladi. Shuning uchun topografik plan va yirik masshtabli 
topografik kartalardan muhandislik ishlarida, territoriyani aniq va mukammal 
o’rganishda, shuningdek aniq o’lchash va hisoblash ishlarida, joyda oriyentirlashda 
va boshqa ishlarda keng foydalaniladi.
Topografik karta va planlar asosan joyda tasvirga olish yoki aerofototasvir 
yo’li bilan tuziladi va barcha boshqa kartalarni tuzishda asos bo’lib xizmat qiladi.
Masshtabi 1:200000 dan 1:500000 gacha bo’lgan kartalar obzor-topografik 
kartalar deb ham yuritiladi. Ularda yer yuzidagi obyektlar yirik masshtabli 
topografik kartalardagiga nisbatan birmuncha umumlashtirib ko’rsatiladi. Masalan, 
topografik kartalarda ayrim bino, ko’cha, maydon, park va boshqalar batafsil 
ko’rsatilsa, obzor-topografik kartalarda aholi yashaydigan punktlar kvartallar tarzida 
tasvirlanadi. Obzor-topografik kartalar asosan topografik kartalar 
yoki 


44 
aerofototasvirlar tasviridan foydalanib tuziladi. Xalq xo’jaligini rivojlantirish 
planlari va loyihalarini tuzishda, yirik qurilish inshootlarining o’rnini belgilashda, 
territoriyani dastlabki o’rganishda ayni shu kartalardan foydalaniladi. Territoriyani 
geografik jihatdan o’rganishda, maxsus kartalar hamda mayda massshtabli kartalar 
va atlaslar tuzishda obzor-topografik kartalarga asoslanadi.
Geografik kartalarda territoriya ancha umumlashtirib tasvirlanadi. Ularda yer 
yuzidagi obyektlarning deyarli barchasi masshtabsiz, shartli belgilar bilan 
ko’rsatiladi. Shuning uchun ham territoriyani umumiy o’rganishda geografik 
kartalardan foydalaniladi. Yer yuzidagi obyektlardan tashqari turli tabiiy va ijtimoiy 
hodisalar ham tasvirlangan geografik kartalar maxsus kartalar deb yuritiladi. Maxsus 
tabiiy geografik kartalarga geologik, gidrologik, geofizik, botanik, ilmiy va boshqa 
kartalarni, maxsus sotsial-iqtisodiy kartalarga esa tarixiy-iqtisodiy, ma’muriy-
siyosiy va boshqa kartalarni misol qilib ko’rsatish mumkin.
Topografik kartalar yirik masshtabli bo’lganligidan ularda territoriya ma’lum 
kattalikdagi qismlarga bo’linib, har bir qism alohida alohida varaqda qabul qilingan 
kartografik proyeksiyada, masshtab hamda ramkada tasvirlanadi. Topografik 
kartaning har bir varag’idagi territoriyaning o’lchami ma’lum qoida va 
nomenklaturaga asosan olinadi. Topografik kartaning ana shu elementlari, 
kartografik to’ri, masshtabi, nomenklaturasiga uning matematik elementlari 
deyiladi; yer yuzining topografik kartada tasvirlanadigan tafsilotlari esa kartaning 
geografik elementlari deb ataladi. Geografik elementlar territoriyaning relyefi
gidrografiyasi, o’simlik va tuproq ko’rsatkichlari, aholi yashaydigan punktlar hamda 
bazi bir xo’jalik, siyosiy ma’muriy elementlardan iborat. Topografik kartadan 
foydalanishni osonlashtirish maqsadida uning ramkasidan tashqarida turli chizma, 
sxema va yozuvlar beriladi. Bular topografik kartaning yordamchi elementlaridir. 

Download 6,42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   203




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish