Reja. Yevropaliklarning Shmoliy Amerkaga kirib kelish



Download 35,44 Kb.
Sana20.11.2019
Hajmi35,44 Kb.
#26546
Bog'liq
Ashurov Yo'ldosh — копия

Mavzu:Mustaqillik urishiga qadar Shimoliy Amerkadagi ingiliz mustamlakalari.

Reja.

1.Yevropaliklarning Shmoliy Amerkaga kirib kelishi.

2.Shmoliy amerkadagi ingiliz mustamlakalari.

3.Angliya mustamlakalaridagi ijtimoiy va istisodiy xayot va qulchilik.

Yevropaliklarning Shmoliy Amerkaga kirib kelishi.

Tarixchilarning taxminicha, Amerikaning dastlabki aholisi hozirgi nndeyeslar va eskimoslarning bundan 20—25 ming yilcha oldin Osiyodan kelgan avlod-ajdodlari bӯlgan. XI—XIV asrlarda asosan grenlandiyalnk islandlar Shimoliy Amerika sohillariga ahyon-ahyonda safar qilib turganlar, Kolumb Amerikani ochganidan keyin kӯp ӯtmay qit’a sistematik tarzda mustamlakaga aylantirila boshlandi va mustamlakalarni egallash uchun Yevropa davlatlari ӯrtasida kurash qizib ketdi. Ayrim territoriyalarni hammadan oldii bosib olgan va tub joy aholini asoratga solib, bu territoriyalarni ӯz qӯlida saqlab qolishga muvaffaq bӯlgan kishilar shu territoriyaning egasi bӯlib qolaveradi. Ammo mustamlakachilar ӯrtasida qurolli tӯqnashuvlar ham bӯlib turar edi.

Garbiy Yevropa mamlakatlari Yangi Dunyoga allakachon boyliklar manbai sifatida karay boshlagandi. Chunki ilk yevropaliiarni olkishlab kugib olgan Amerika kimsasiz chulga sira uxshamayed . Xozir xlsoblashlaricha, usha paytlarda Yerning Garbii Yarim kuracyeida xuddi Garbiy Yevropada bulgani kabi, 40 mshshionga yakin odam istikomat kilgan. Xozirgi Amerika Kushma Shtatlarining yerlari yevropaliklar tomonidan mustamlakalashtirilgan paytda amerikaliklarning soni xar xil xioblarga kura 18 milliongacha deb kursatilmokda. Yevropaliklar bilan bulgan bexisob janglar va 1600 yilgi ocharchilik, dakshatli chechak epidemiyasi axolining kupchiligini kirib yubordi.

Yevropaliklar XVIII acr boshlarida Shimolii Amerikada mustamlakalar tashkil kildilar. Natijada, Yevropa sivilizasiyasi Atlantik okeanining garbiy soxlllariga xam tarkala boshladi. Xristofor Kolumb Karib dengizi soxdliga kadam bosgandan besh yil utgach, ya’ni 1497- yili venesiyalik dengizchi Jon Kebot Britaniya kirolining topshirigiga binoan Nyufaunlendga keldi. Kebotning bu sayoxati umuman katga axamiyat kasb etmasada, keyinchalik Britaniyaning Shimoliy Amerika yerlariga da’vogarlik kilishi uchun asos buldi.

Xristofor Kolumb kashfiyotlari natijasida asos solingan Ispaniya yer mulklaridan Amerikaning yevropaliklar tomonidan uzlashtirilishi boshlanadi. Ulardan daslabkisi, 1513-yili Xuan Pons de Leon boshchiligida ta’sis etilgan gurux bulib, ular usha yili Florida soxillarini uzlashtirishni boshladilar. 1522 yili Meksikaning zabt etilishi b i l a n Ispaniyaning Amerikadagi mavkei yanada mustaxkamlandi.

1539- yili Ernando de Soto ekspedisiyasi Florida orkali Shimoliy Amerikaning janubi-sharkiy kismi buylab to Missisipi daryosigacha kezib chikdi.

Fransiya bayrogi ostida suzgan asli venesiyalik Jovanni de Verazano kabi dengizchilarning sayoxatlari tufayli karam Amerikaning shimoliy kismi kashf etilib bordi. De Verazanoning 1542 yilgi eksnedisiyasidan un yil uach, Sant-Lourens daryosi uzra uyushtirilgan Jak Kartye ekspedisiyasi Fransiyaning Shimoliy Amerika yerlariga to 1763- yilga kadar da’vo kilishiga asos buldi.

1540-yillari fransuzlar Kvebekda (xozirgi Kanadadagi shaxar) ta’sis etgan birinchi mustamlakasi barbod bulganidan sung, oradan yigirma yil utgach, ular Floridaning shimoliy sxsilini ishgol kilishga urindilar, birok bu mustamlaka 1565- yili ispaniyaliklar tomonidan vayron kilindi. Sungra Ispaniya kurolli kuchlarining boshligi Pedro Menendez (1519—1574) tomonidan barpo etilgan Santa Avgustin shaxri yevropaliklarning Shimoliy Amerikadagi doimiy istikomat joyiga aylandi.

Ispaniyaga Meksika, Karib mintakasi va Perudagi mustamlakalardan okib kelgan boyliklar bu joylarga Yevropaning uzga davlatlarida, xususan, Angliya kabi kudratli davlatlarda dam katta kizikish uygotdi.

XVII asrning boshida Ispaniya Shimoliy Amerikada Floridani, Texas, Kolifornnya, Meksikani, bulardan ham oldinroq (Portugaliya egallab olgan Braziliyadan tashqari) butun Markaziy va Janubiy Amerikani bosib oldi. Fransuzlar Kanadada (1604 yildan boshlab), Missisipi daryosi havzasida Luizianada (1699 yildan boshlab) ӯrnashib oldilar. Gollandlar (1609 yildan boshlab) Gudzon daryosi havzasida Yangi Gollandiya mustamlakasiga asos soldilar.



Shmoliy amerkadagi ingiliz mustamlakalari.

Shimoliy Amerikaga XVI asr oxirlarida kelgan inglizlar uzoq tura olmadilar. Doimiy mustamlakaga aylantirish 1607- yildan, ya’ni Virginiya deb nomlangan mustamlaka (qirolicha kari qiz Yelizaveta sharafiga shunday deb nomlangan) barpo qilingandan keyin boshlandi. «May guli» kemasida kelgan mustamlakach puritanlar Nyu-Plimutga asos soldilar.

Angliya revolyusiyasiyaining boshlanib ketishi natijasida mustamlakalar bilan metropoliya ӯrtasidagi aloqa zaiflashib, mustamlakalar bilan kurash kuchayib ketganligi tufayli bu mustamlakalar ichki boshkarish ishlarida tӯla mustaqillikni saqlaganlari holda «Yangi Angliyaning birlashgan mustamlakalari» (1642 — 1643) degan nom ostida ittifoq tuzdilar. Markaziy rayonda Nyu-Jersi (1664), Pensilvaniya (1681) degan mustamlakalar vujudga keldi, Pensilvaniyadan Delaver (1704) ajralib chiqdi. Janubda Virginiyadan tashqari Merilend (1634), Shimoliy Karolina va Janubiy Karolina (1663), Jorjiya (1733) degan mustamlakalar tashkil topdi.

Boshqa mamlakatlarning Shimoliy Amerikadagi mustamlakalaridan farq qilib, inglizlarga qarashli poseleniyalarping aholisi tezroq kӯpaymoqda edi. Bunga dastlabki jamg’arma deb ataladigan prosess --Angliyada dehqonlarning yerdan mahrum qilinishi natijasida ularning mustamlakalarga emigrasiyasining kuchayishi, shuningdek diniy ta’qiblagr sabab bӯldi. Hatto Gollandiya mustamlakalari aholisining yarmiga yaqini inglizlar tashkil qilar edi. Bularning hammasi ingliz mustamlakalarini yanada mustahkamladi va burjua revolyusiyasidan keyin kuchaygan Angliya Shimoliy Amerikadagi ӯz raqiblarini asta-sekin surib chiqarish imkonini berdi. 1664- yildayoq Angliya Yangi Gollandiyani va uning Yangi Amsterdam degan shahrini bosib oldi hamda Yangi Gollandiyani mustamlaka va shaharni Nyu-York deb atayboshladi.

Angliyaning Shimoliy Amerikadagi ilk mustamlakasini 1585- yili Volter Ralley degan kishi Roanok orolida tashkil kildi. Lekin inglizlarning bu yerda doimiy urnashib olishlari uchun yana 20 yilga yakin urinish lozim buldi. 1607- yili Jeymstaunda inglizlarning mustamlakachilik xarakatlari muvaffakiyat kozondi va Shimoliy Amerika yangi davrga kirib keldi.

Ingliz mustamlakachilarining okimi yil sayin oshib bordi. Bu yerda boshpana topish va «Iso podsholigi» xakidagi ta’limotni erkin targib kilishga umid kilgan puritan jamoalari uz nigoxdarini tobora tez-tez Amerikaga karatdilar.

Amerikaga kelayotganlar orasida gov tutish okibatida uz yerlaridan ayrilgan kuplab dexkonlar, xech kanaka xunari yk minglab yoshlar bor edi. Shuningdek, mexnatga yarokpi jinoyatchilar xam xukumat tomonidan mustamlakalarga jushatilar edi.

Shimoliy Amerikada urnashib olgan Angliyaning mustamlakalaridan birinchisi Jeymstaun buldi. Kirol Yakov (Jeyms) I ning kafolat xati bilan imtiyozga ega bulgan Virjiniya (Yosh London) kompaniyasining taxminan 100 kishilik bir guruxi 1607- iili Chesapik kurfazi tomon yul oldi. Bir kator muvaffakiatsizliklardan sung, 1610-yili Xenriko (xozirgi Richmond) shaxri bunyod etildi. 1612- yili Jon Rolf tomonidan Vest-Indiyadan keltirilgan tamakining maxalliy usimliklar bilan chatishtirish natijasida olingan yangi tamaki navi, Virjiniyaning asosii daromad manbaiga asos soldi.

1620- yili uzlarining iktisodiy axvolidan va dinii kamsitilishidan norozi bulgan leydenlik puritanlardan bir guruxi Virjiniya kompaniyasidan yer patentini oldi va 101 nafar puritan (ota-piligrimlar)dan iborat gurux «Meyflauer» kemasida Virjiniyaga keldi. Uzlarini shakllangan davlat konunlari doirasidan tashkarida turganligiga ishongan puritanlar, uzlari tanlagan raxbarlar ishlab chikkan «adolatli va barchaga teng konnlar»ga rioya etishga rasman axdlashib oldilar. Bu kelishuv «Meyflauer axdlashuvi» nomi bilan ma’lum.

Dekabr oyida «Meyflauer» kemasi Plimut portiga kirib keldi Keyinchalik bu yerda Yangi Plimut shaxri kurildi va Yangi Angliya mustamlakalariga asos solindi. Kuchib keluvchilar krgokka tushirilgan kun - «Ota piligrimlar kuni» xar iili AKShda ayram sifatida nishonlanadi.

Kuchib kelganlarga ulkan jasorat, tokat va chidam kerak buldi. Kish edi, shuning uchun kemada yashashga tugri keldi. Ikki-uch oi ichida yashash joyi yukpigidan, singa va boshka kasalliklardan odamlarning yarmi xalok buldi, birok kushni Vamponoad xindulari ularga madad berdi, makkajuxori yetishtirishni urgatdi. Baxor kelishi bilan kuchib kelganlar fakat uz kuchlariga ishonib ishga kirishdilar. Ular yerlarni tozaladilar, ekinlar yetishtirdilar, uylar kurdilar, xujalik yurita boshladilar. Dastlabki paytlarda bunday yerlarda jamoa tartibi saklanib turdi, jamoa omborlari kurildi, ozik-ovkatlar va asbob-uskunalar markazlashgan xolda tarkatildi. Aks xolda yashab kolish mumkin emasdi.

1630- yili, kirol Karl I ning muyetamlaka barpo etish kafolatiga tayangan inglizlarnish- yangi tulkini Massachusets kurfaziga yetib Kuchib keluvchilarning kupchiligi puritanlar bulib, ularning diniy e’tikodlari va amaliyoti Angliyada borgan sari kuprok ta’kib ostiga olmokda edi.

Mustamlakalar tashkil kilingan xududlarda xindu kabilalarining asosan ikki gurudi, irokezlar va algonkinlar yashardi. Ularning umumiy soni 200 ming kishi bulgan, deb taxmin kilinadi.

Mustamlakachilarning soni shimolda nisbatan kam bulib, ular kirgok buylarida yashayotgan paytlarida xindular bilan dustona munosabatda buldilar. Kuchib kelganlarga urmonlarni tozalash va yerga ishlov berishni aynan xindular urgatdilar. Ular ok tanlilarga tamaki, nuxat, makkajuxori, oshkovok, kovun va bodring ekishni, shakar olishni, baliklarning bosh kismidan ugit sifatida foydalanishni, yovvoyi xayvonlarni ovlashni, kayin pustlogidan kayik yasashni (bunday kayiklarsiz mustamla- kachilar xech kachon yovvoyi changalzorlarga kira olmagan bulardi), mollyuskalar iste’mol kilishni urtatdilar. Xindularning sukmoklari kelajakda mustamlakachilarning yullariga aylanishi kerak edi. Bir suz bilan aytganda, xindular yevropaliklarga Yangi Dunyoda kanday yashash kerakligini urgatdilar, ular esa kupchilik xollarda xindularning yerlarini tortib olish bilan javob kaytardi.

Uy xayvonlariga ega bulmagan mustamlakachilar urmonlarni egallab ola boshladilar. Savdogarlar rom yoki fabrika tovarlari evaziga xindulardan kimmatbaxo teri, muyna, yer sotib olardi. Xozirda Nyu-Yorkning markaziy kismi joylashgan orol xammasi bulib 24 dollar turadigan pichoklar va takinchokyaarga sotib olingan.

Mustamlakachilar va xindular urtasidagi uzaro munosabatlar xamkorlik va tuknashuvdan iborat murakkab korishma edi. Asl amerikaliklar yangi texnologiya va savdo-sotikka yakinlashtirilga- nidan foyda kurishiga karamay, kuchib kelganlar uzlari bilan keltirgan kasalliklar va ochkuzlik xindularning azaldan shakllangan xayot tarzlariga zid diy ta’sir kursatdi.

1570- yili shimoliy mintakaiardagi irokezlar uz davrlari uchun eng demokratik davlat - «No-De-No-Sau-Neye», ya’ni Irokezlar Ligasini tashkil kilish maksadida beshta kabila birlashadi.

1600-1700- yillar davomida Liga kudratli kuch bulgan. Liga Angliya bilan muyna savdo-sotik ishlarini olib borib, Amerikaga xukmronlik kilish uchun 1754-1763 yillar mobaynida avj olgan urushda Fransiyaga karshi Buyuk Britaniyaga ittifokdosh bulgan. Irokezlar Ligasining madadi bulmaganda Buyuk Britaniya mazkur urushda golib chikmagan bulishi xam extimoldan xoli emas. Mazkur Liga Amerika inkilobiga kadar uz kuchini saklab turdi.

XVII asr utalarida Angliyada sodir bulgan inkilob muxojir- lar sonini chekladi va metropoliyaniig Amerikadagi monopoliyalarga e’tiborini susaytirdi. Bu xol 1643- yili Massachusets kzufazi, Plimut, Konnektikut xamda Nyu-Xeven mustamlakalari Yangi Liniya Konferedasiyasini tuzishlari uchun imkoniyat tugdirdi. Bu - yevropalik mustamlakachilarning mintakaviy ittifok tuzish borasidagi dastlabki urinishlari buldi.

1660- yili kirol Karl II ning taxtga kayta tiklanishi bilan Angliya yana bir bor Shimoliy Amerikani uz dikkat markaziga oldi. Kiska muddat ichida Karolinaga krib kelgan yevropaliklarning ilk rabotlari bunyod etildi va gollandiyaliklar Nyu-Nederland dan sikib chikarildi. Nyu-York, Nyu-Jersi, Delaver va Pensilva- niyada xususiy mulkchilikka asoslangan yangi mustamlakalar ta’sis etildi.



Angliya mustamlakalaridagi ijtimoiy va istisodiy xayot.

Yangi Angliyaning (Shimoliy Amerikadagi Angliyaga karashli yerlar shunday atala boshlandi) mustamlakalarida kichik fermer xujaliklari kuprok tarkaldi. Asta-sekin kishlok xujaligi bilan boglik bulgan sanoat usib bordi, XVII asr ikkinchi yarmida birinchi manufakturalar paydo buldi (yigiruvchi, tukuv, temirdan buyum yasovchi va x-k.). Yangi katlamlar - burjuaziya va yollanma ishchilar katlamlarining shakllanishi tezlashdi. Janubiy mustamlakalarda yer egalari katta maydonlarni plantasiyalarga aylantirardilar. U yerlarda yetishtiriladigan asosiy ekinlar paxta, tamaki va sholi edi. Birok mustamlakalarda bush ishchi kuchi soni cheklanganligi uchun xam bu yerlarga ishchi kuchlarining ommaviy kiritilishi butun Amerikani tuldirib borardi. Kupgina kambagal-immigrantlar okeandan bu tarafga utish uchun mablaglari yukligidan savdogarlar va kema egalari bilan kullarcha kelishuviga rozi bular, keyi esa xujayinlar ularni Amerikada kayta sotishardi. Bu odamlarni «shartnomalangan xizmatkorlar» deb atashardi, ular yangi xujayinlariga 2 yildan 7 yilgacha ishlab berishlari shart edi. Birok; Yevropadan kul-xizmatkorlarning okib ikelishi xam plantasiyalardagi ishchi kuchi yetishmovchiligini xal kila olmasdi, xindularni ishlashga majbur kilish uchun urinishlar esa foyda bermadi. Asta-sekin «ok kullar»ni negrlar sikib chikardi. Kullar mexnati, ayniksa, plantasiyali xujalikning negizi bulgan janubiy mustamlakalarda keng kullanilar edi.

Amerikacha plantasiya kapitalistik tuzum rivojlanayotgan bir sharoitda kuldorlik davri ekspluatasiya usullari kayta tiklanishniig uzginasi edi. Mustamlakalarga negrlarni olib kelish 1619- yildayok boshlangandi. Mexnat sharoitlari chidab bulmas darajada edi. Kochganlik uchun negrlarni shafkatsiz jazolashardi, xayotdan maxrum kslinishlari xam mumkin edi. Ammo kullarga karshi yunaltirilgan terrorga karamasdan, ular ikki yuz yil davomida (1863 yilgacha) 250 marta isyon va kuzgolonlar kutardilar.

Mustamlakalar burjuacha kadriyatlar negizida tashkil topdi, lekin ingliz kirollari va yer aristokratiyasi ularda feodal tartiblarni urnatishga urinishardi. Angliya kirollari uz yakinlariga mustamlakalardan katga yerlarni tarkatardi. Lord Ferfakslar oilasiga maydoni jixatidan Gollandiyaga teng yer berilgandi, Lord Baltimor Merilendning egasi, gersog Yorkskiy esa Nyu- Iorkning, Uilyam Pen - Pensilvaniyaning egasi va x.k. Bu mulkdorlar uz yerlarida feodal tartiblarni urnatishga urinishardi. Birok bush yerlarning mavjudligi bu siyosatni yukka chikardi. Ishchilar Garbga ketib kolar, u yokda erkin fermer bulishardi.

Angliyada turib mustamlakalarni boshkarar ekan, kirol kupchilik mustamlakalar gubernatorlarini shaxsan uzi tayinlardi. Barcha sud, ijro va oliy konunchilik xokimiyati ularning kullarida edi.

Mustamlaka assambleyalari ikki palatadan: yukori palata - gubernator aristokratlar orasidan tayinlaydigan kengashdan va axoli saylaydigan kuyi palatadan iborat edi. Saylovchilar uchun yukori mulkiy cheklov mavjud bulib, u ovoz berishda va karor kabul kilishda eng kashshok, demakki, axolining eng norozi kismi katnasha olmasligi uchun urnatilgandi. Saylovlar ochik ovoz berish yuli bilan utkazilardi.

XVIII asr ӯrtalarida mustamlakalar ӯzlariga kerakli qishloq xӯjalik mahsulotlarining hammasini ishlab chiqarar edilar. Yangi Angliya va qisman markaziy mustamlakalar ӯzlarining kӯpgina sanoat buyumlariga bӯlgan ehtiyojlarini deyarli tӯla qondirar edilar, bu buyumlarni hatto Vest-Indiyaga va sanoati yaxshi rivojlanmagan Janubiy mustamlakalarga chiqarar edi. Kemasozlik va yog’och ishlash sanoati Yangi Angliyaning dengiz sohilida joylashgan shaharlarida ayniqsa keng rivojlangan edi. Kemalar faqat mustamlakalar uchun emas, balki metropoliyalar uchun ham qurilar edi. Bu yerda kemaning bahosi Angliyadagiga Karaganda ancha arzon edi. 1775- yilga kelib, Angliya bayrog’i ostida suzib yurgan hamma kemalarning uchdan bir qismi Yangi Angliya verflarida qurilgai edi. Metropoliyalar bilan mustamlakalar ӯrtasida qatnaydigan savdo kemalarining tӯrtdan uch qismi mustamlakalarga qarashli edi. Yangi Angliyaning va markaziy mustamlakalarning temir ishlab chiqaradigan zavodlarida tunuka va temir g’ӯla. mix va qishloq xӯjalik asboblari, qurol-yarog’ va temir idishlar, yakorlar va boshqa xil buyumlar ishlab chiqarilar edi. Mis va qӯrg’oshin qazib olinar edi. Chӯyan va temir g’ӯla eksporti ancha kuchaydi. Kalamenka va qisman jun gazlama sanoati, poyabzal ishlab chiqarish rivojlana bordi. Yangi Angliya mustamlakalarida xӯjalikning g’oyat muhim tarmog’i baliqchilik edi.

Dengiz sohilidagi shaharlarda spirtli ichimliklar, ayniqsa rom ishlab chiqarish avj olgan edi, buning uchun Vest Indiyadan potoka import qilinar edi,rom Afrikaga jӯnati lar, bu yerda esa negrlar mayet qilinib, kuch bilan yoki aldaщ yӯli bilan Amerikaga olib kelinar va bu yerda qul qilib sotilar edi. Bu juda serdaromad ish edi. Masalan, «Vinus» kemasining egasi negrlarni bir marta olib borib, qullikka sotishdan 200 ming dollar foyda qildi, shu kemani quriщ esa hammasi bӯlib 30 ming dollarga tushgan edi. Hatto kichkina bir mustamlaka bӯlgan Rod-Aylendda 1770- yilda 150 ta kema qul savdosi bilan shug’ullangan. Ammo mustamlakachi burjuaziya bu ish bilan yashirincha shug’ullangan, chunki negrlarni» sotish Angliya korolining monopoliyasi hisoblanar edi. Kontrabandistlarning metropoliyaga murosasiz dushman ekanligi bejiz emas edi: ular ham foydali qul savdosi bilan shugullanish huquqiga ega bӯlib olish uchun talashar edilar.Mustamlakachi savdogarlar indeyeslar bilan foydali savdo-sotiq ishlarini keng yӯlga qӯygan edilar. Savdogarlar shishadan qilingan mayda-chuyda bezaklar, rom, ishdan chiqqan mushketlar va chirib qolgan tovarlarni olib kelishib, qimmatbaho mӯyna va terilarga ayirboshlab ketar edilar. Mustamlakalar ӯrtasida kabotaj (kemalarda qirgoq bӯylab savdo qilish) keng tarqalgan edi, biroq ichki yӯllar va kӯpriklarning yӯqligi savdoning hamda mamlakatning ayrim rayonlari ӯrtasida aloqalarning rivojlanishiga xalal berar edi.

Mustamlakalardagi aholining kӯpchilik qismini «asoratga tushgan xizmatkortar»—oq tanli ishchilar va negr-qullar, janubda esa aholining deyarli 40 prosentini negr-qullar tashkil egar edi. Xonavayron bӯlib, qarzlarini tӯlolmay qarzdorlar turmasiga tushib qolgan, xӯjayinning ijozatisiz ishdan ketib kolgan va mapda-chuyda narsalarni ӯgirlab qӯlga tushgan kolonistlar majburiy mehnatga hukm qilinar edi. Bu guruhdagi odamlar jumlasiga Angliyada «daydilik qilib yurgan»ligi uchun qamoqqa hukm qilingan yoki siyosiy ta’qib qilingan kishilar kirar edi. Bu kishilarning hammasi 7—14 yilga «majburiy mehnatga tortilganlar» deb ham atalar edi.Bundan tashqari, maxsus agentlar ӯn minglab bolalarni ӯgirlash va ularni mustamlakalarga olib kelib sotish bilan shug’ullanar edilar.

4-7 yilga «ixtiyoriy mehnatga tortilganlar»ning yana bir eng kӯp sonli gruppasi Amerikadan qaytib ketish va ferma sotib olish uchun mablag’i bӯlmagan immigrantlardan iborat zdi. Immigrasiyannng taxminan tӯrtdan uch qismini mana shu oq tanli qullar tashkil etar edi. Kambag’allarning kӯpdan-kӯp bolalari hunar olish uchun 21 yoshgacha va undan kuproq yoshgacha xizmatkor bӯlib ishlashi kerak edi. Mustaqillik uchun kurash boshlangan paytda bir qancha mustamlakalardagi aholining taxminan tӯrtdai uch qismi hozirda yoki ӯtmishda oq tanli qul bӯlgan.



Qullik indeyeslarni qirish singari AQSh tarixida eng dahshatli va sharmandali sahifalardan biridir. Qullar sinfiy kurashining eng keng tarqalgan shakli — qochib ketish edi, qochib ketganlarni esa ushlab olib, yirtqnchlarcha jazolar edilar. Mustamlakalar tarixida qullar juda kӯp marta qӯzg’olon kӯtarishga uringanlar. Bunday urinishlar, masalan, Virginiyada — 1663 va 1681 yillarda, ikkala Karolinada — 1678—1690 yillarda, Bostonda — 1763 yilda, Virginiyada 1672 yilda, mustamlaka Nyu-yorkda 1712 va 1741 yillarda (indeyeslar bilan birgalikda), Pensilvaniyada 1763 yilda, Janubiy Karolinada— 1740 yilda, Jorjiyada 1774 yilda yuz berdi. Negrlar bilan birga kӯp vaqt oq taili qullar ham qӯzg’olon kӯtarganlar.


Download 35,44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish