G. S. K u t u m o V a I. I. I n o g a m o V g e o d e z I ya va m a r k s h e y d e r L i k I s h I


Reykani nuqtaga o’rnatish va undan sanoq olish



Download 6,42 Mb.
Pdf ko'rish
bet97/203
Sana01.04.2022
Hajmi6,42 Mb.
#522882
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   203
Bog'liq
fayl 1622 20210825 (1)

Reykani nuqtaga o’rnatish va undan sanoq olish. 
Nivelirlashda reyka 
qoqilgan qoziqqa yoki metalldan yasalgan boshmoq (9.7-rasm a), temir qoziq-kostil 
(9.7-rasm b) ga tik o’rnatiladi. Nivelirning qarash trubasi orqali reykaga qaraladi, 
shunda reykaning bir qismi va iplar to’ri ko’rinishi lozim. Katta aniqlik talab 
qilinmaydigan hollarda sanoq iplar to’rining o’rta gorizontal ipidan, aniq 
nivelirlashda esa iplar to’rining uchalasidan ham 
sanoq olinadi. Bunda sanoq dastlab iplar torining 
gorizontal chiziqlarigacha yuqoridan pastga tomon 
detsimetr va santimetrlarda, so’ngra ko’z bilan 
chamalab millimetrlarda olinishi lozim. 
Nivelirlashda reyka nuqtaga vertikal holatda 
o’rnatilishi kerak. Shuning uchun aniq nivelirlashda 
ishlatiladigan reykalarning yon qirrasiga doiraviy 
adilak o’rnatilgan bo’ladi. Texnikaviy nivelirlashda 
ishlatiladigan reykalarning ko’pchiligida adilak bo’lmaydi. Bunday reykalar 
nuqtaga ko’z bilan chamalab tik o’rnatiladi. Reyka nuqtaga vertikal o’rnatilmasa, 
sanoq noto’g’ri olinishi mumkin. Reykaning o’rnatilishidagi xatoning ta`sirini 
 
9.7-rasm. Reykani o`rnatish 
shakli 


142 
kamaytirish uchun sanoq olishda reyka sekin-asta oldinga va orqaga tomon 
tebratiladi. Tebratib turilgan reykaga qarash trubasidan qaralganda eng kam sanoq 
reykaning vertikal holatiga to’g’ri keladi. Masalan, reykaning vertikal holatidagi 
sanoq 1078, oldinga tebratilgandagi sanoq 1190, orqaga tebratilgandagi sanoq esa 
1187 dir (9.7-rasm). Lekin shuni aytin o’tish kerakki, reykaning holatiga reyka 
pastki uchining qalinligi ham ta`sir qiladi. Masalan, reykani orqaga tebratganda 
uning nol raqami yuqoriroq ko’tariladi vaa sanoq o’rniga a’ sanoq olinadi. Natijada 
Δa=a-a’ xato ro’y beradi. Bu xatoning qiymati quyidagi formula yordamida topiladi: 
∆a =
c
2
2a
; (9.15)
bu yerda c –reyka pastki uchining qalinligi. Agar c= 3sm, reykadan olingan sanoq 
a=2000 bo’lsa, ro’y bergan xato 0.22 mm gateng bo’ladi.Agar sanoq a= 500 bo’lsa, 
xato 1 mm ga, a=300 bo’lsa 3mm ga teng bo’ladi. Demak reykadan 500 dan kam 
sanoq olish mumkin bo’lganhollarda uni qimirlatishning hojati yo’q. Chunki bunda 
reykaning qalinligi ta`sirida qo’pol xato ro’y berishi mumkin. Reykadan 500 dan 
katta sanoq olish mumkin bo’lganda uni tebratsa bo’ladi. Bunda reykaning vertikal 
o’rnatilmaganligi natijasida ro’y beradigan xatoning ta`siri ancha kamayadi.

Download 6,42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   203




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish