G. R. Akramova



Download 1,19 Mb.
bet203/233
Sana31.12.2021
Hajmi1,19 Mb.
#258205
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   233
Bog'liq
Конфликтология

Tafakkur (arabcha – fikrlash, aqliy bilish) bo‘lib, predmet va hodisalarning umumiy, muhim xususiyatlarini aniqlaydigan, ular o‘rtasidagi ichki, zaruriy aloqalar, ya’ni qonuniy bog‘lanishlari aks etadigan bilishning ratsional bosqichi sanaladi. Tafakkur jarayonida narsa va hodisalarning o‘zaro aloqadorligi, rivojlanish qonuniyatlari, istiqboli haqida bilimlar, g‘oyalar, farazlar, hosil bo‘ladi. Tafakkur jarayonining natijasi hamisha biron-bir fikrdan iborat bo‘ladi. Tafakkurning asosiy shakllari, tushuncha, hukm (mulohaza) va xulosa kabilarda namoyon bo‘lib, masalan, “tolerantlik” tushunchasi o‘z mazmuniga ko‘ra jamiyatdagi ijtimoiy voqelik bilan uzviy aloqadorlikni namoyon etadi. Tolerantlik zamonaviy bag‘rikenglik taffakurining negizini tashkil qiladi.

O‘quvchi-yoshlarda tolerantlik tafakkurini shakllantirish davlatni mustahkamlash, uning havfsizligini muhofaza qilish, yoshlarni turli mafkuraviy yot g‘oyalardan asrash, ularni bag‘rikenglik asoslarida hayotga tayyorlashda katta ahamiyatga ega. Tolerantlik dunyoviylik davlatning eng zarur hususiyatlaridan hisoblanadi. Dunyoviy davlat va fuqarolik jamiyati qurilishi tolerantlik tafakkurining jamiyat a’zolari, xususan, o‘quvchi-yoshlar tafakkurida shakllanganlik darajasiga bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy-ma’naviy voqelik bo‘lib, tolerantlik tafakkurini butun aholi, xususan, o‘quvchi-yoshlar ongida shakllantirishni pedagogika fani oldida turgan eng dolzarb masalaga aylangan.

Tolerantlik boshqa millat, irq, xalq, ularning madaniyati, tili, urf-odati, qarashlari, udumlariga bo‘lgan “qanoatli” va hurmatli munosabatni anglatadi. Tolerantlik tafakkuri qadimdanoq turli xalq va millatlarni bir-biriga moslashtirish va o‘zaro hamjihatlikda yashash zarurati asosida rivojlanib kelgan. XXI asrda dunyo iqtisodiy, ma’naviy, madaniy munosabatlarida bir tomondan, umumlashish va uning asosida yuzaga kelayotgan globalizatsiya jarayonlari, ikkinchi tarafdan, mazkur umumlashish va o‘zaro yaqinlashish asosida davlatlardagi insonlararo va mafkuralararo ziddiyatlarning ortishi dunyo davlatlari va xalqlari o‘rtasidagi munosabatlarga e’tibor qaratilishini ko‘ndalang qo‘ymoqda. Shu bois, tolerantlik bugungi kunda bashariyatning eng zarur zamonaviy qarashlari va tafakkurlaridan biriga aylanmoqda32.

Tarixiy jihatdan tolerantlik insonlarga hamdard bo‘la olish xususiyatlari asosida Sharq sivilizatsiyasi tarkibida shakllangan. Qadimgi xitoy, hind, misr, zardushtiylik madaniyatlarida shakllantirilgan bag‘rikenglik g‘oyalari keyinchalik islom falsafasi orqali qadimgi davrlardan ijodiy o‘zlashtirilgan. Islom madaniyatining G‘arb ilg‘or tafakkuriga ta’siri orqali bag‘rikenglik Renessans davrining insonparvarlik g‘oyalari asosida yangitdan shakllantirilgan. Tolerantlik tushunchasi barcha Yevropa tillarida mavjud bo‘lib, uning lug‘aviy ma’nosi ingliz, ispan, fransuz, nemis tillarida boshqalarga nisbatan sabr-bardoshli bo‘lish, o‘z fikri va mulohazalari, qarashlarining birovlarnikidan o‘zgacharoq bo‘lishi mumkinligini tushunish, birovlarning harakatlari va ongi o‘zinikidan o‘zgacha ekanligini tan olish degan mazmunlarni bildiradi.

Tolerantlik tarixiy ildizlarga ega hodisa hisoblanadi. Tarixan o‘z shakllanish jarayonlarida tolerantlik ma’naviy va diniy bag‘rikenglik g‘oyalariga tayangan. Tolerantlik va dinlar tarixi o‘zaro bog‘liq hodisalar bo‘lib, dunyo dinlari o‘rtasidagi tenglik va o‘zaro hurmat tolerantliksiz rivojlana olmas edi. Tolerantlik diniy e’tiqodlarga bo‘lgan o‘z munosabatini an’anaviy diniy mazhablarning ulug‘lanishi asosiga quradi. Shu nuqtai nazardan, har bir din tarkibida o‘ziga hos tolerantlik tamoyillariga asoslangan konfessional qadriyatlar tizimi shakllanib kelgan.

Xitoy madaniyatida tolerantlik birovlarga nisbatan mehrli munosabatni qabul qila olish va mehribon bo‘la olishlikni bildirgan. Arab va musulmon madaniyatida tolerantlik “tasamul” tushunchasiga mos kelib, kechirimli bo‘lish, yumshoqlik, mehribonlik, hayrixohlik, sabr va qanoat, birovlarga nisbatan hurmatli munosabatni anglatadi. Dunyo dinlari ichida buddizm tolerantlikni birovlarni hurmat qilish, mehrli bo‘lish, o‘z so‘zi ustida turish, birovlarga xuddi o‘zidek izzatli bo‘lish ma’nolarini anglatadi. Xitoy faylasufi Konfutsiy tolerantlikni “O‘zingga nisbatan xohlamagan narsalarni birovlarga ham ravo ko‘rma” aqidasi asosiga quradi. Ana shunday g‘oyani xristianlik, induizm, jaynizm va boshqa diniy konfessiyalarda ko‘rish mumkin. Buddaviylik tolerantlikni “Inson o‘zining qarindoshlari, yoru-birodarlariga bo‘lgan munosabatini besh vosita orqali izhor etishi mumkin: ularga e’zozli, e’tiborli, mehrli, hayrixoh, o‘ziga qaragandek qarash va o‘z so‘zi ustidan chiqish”, induizm - “O‘zingni og‘ritgan narsalarni birovga ravo ko‘rma”, jaynizm - “Baxtsiz onlarda, xursandlik va g‘amginlikda biz har bir jonzotga o‘zimizga bo‘lgani kabi munosabatda bo‘lmog‘imiz darkor” zaroastrizm - “O‘ziga yomon bo‘lgan narsalarni birovlarga ravo ko‘rmagan odamgina yaxshi odam bo‘ladi”, xristianlik -“O‘zingizga qanday munosabatni istasangiz, o‘shanday munosabatni o‘zgalarga ham istang” aqidalari va tamoyillari asosiga quradi. “Birortangiz o‘z birodaringizni o‘zingizdek yaxshi ko‘rmasdan turib, e’tiqodli bo‘lolmaysiz” degan aqida islom dinidagi tolerantlik tushunchasining bosh mazmuni bo‘lib xizmat qiladi.




Download 1,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   233




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish