Vositachilik – bu ko‘ngillilik asosida mahfiy, ya’ni konfiditsial tarzda uchinchi, neytral, ya’ni har ikkala tomoniga ham xolis bo‘lgan tomon - ya’ni vositachi – dallolning bahs qilayotgan tomonlarga konflikt yechimini topishdagi yordami hisoblanadi. Mediator vositachining vazifasi – konflikt nimadan boshlangani, kim aybdor ekanligi, kim xaq kim nohaq ekanligini emas, balki muammoni kelishuvga olib keladigan yo‘llarni o‘rganib, ularni topishdir. Vositachi bahslashuvchi tomonlarga birgalikda ikkala tomonni ham qanoatlantiruvchi hamda ikkala tomon ham o‘zini g‘alabaga erishgan deb hisoblovchi yagona to‘g‘ri yo‘lni topishiga yordam berishdan iboratdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |