Vositachi bu vazifani har ikkala tomon bilan muntazam olib boriladigan muloqotlar orqali amalga oshiradi. Vositachi kelishuv jarayonining har ikkala tomon uchun ma’qul bo‘lgan qonun-qoidalarini belgilab beradi, har ikkala tomonga konflikt kelib chiqishi va muammolari bo‘yicha o‘zining versiyasini so‘zlab berishga imkon yaratadi, diqqat bilan har ikki tomon so‘zlarini eshitadi, qiziqtirgan savollar beradi, kelishuv uchun asos qidiradi hamda aqliy xujum orqali yechimga kelish imkoniyatini topadi. Vositachilik har qanday konfliktlar yechimini qidirish uchun qulay va foydali mexanizmdir. Vositachilik yo‘li bilan tarixda juda ko‘p xalqaro, milliy, huquqiy, ekologik hamda shaxsiy konfliktlar o‘z yechimini topgan.
Vositachilik jarayonining muhim shartlaridan biri vositachi shaxsidir. Masalan, xalqaro konfliktlarda, vositachi rolidagi tomon, har ikkala halqning fikri va o‘ylari, urf-odatlari, stereotip toifalari va xatolari bilan yaxshi tanish bo‘lish lozim. Vositachi eng avvalo har ikkala tomon ham to‘liq ishonadigan, uning xolis ekanligini anglaydigan odam bo‘lishi shart. Kelishuv jarayoni har doim vositachi uchun g‘oliblik nishonasi emas. Masalan, Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Jimmi Karter kelishuv jarayonidan oldin kechgan ko‘pdan-ko‘p detallarga alohida to‘xtalib o‘tgan edi. Masalan: qachon va qaerda muzokaralar o‘tkazish lozim; muhokamalar mahfiy bo‘lishi kerakmi yoki ochiq tarzda o‘tishi lozimmi, kim asosiy vositachi bo‘lishi lozim, kimlar muhokamada qatnashishi kerak, qanday masalalar yozma tarzda bayon etilishi lozim, qaysi yozma materiallarni saqlab qo‘yish va qaysilaridan qutulish lozim, muzokaralar natijalari qaerda va kim tomonidan e’lon qilinish lozim va shu kabilar. Shu bilan birga har qanday konflikt yechimida muhokamaga qo‘yilayotgan masalalar tartibi kelishib olinishi zarur.
Jarayonning murakkabligiga qaramay vositachilik mo‘jizalar yaratadi. Vositachilik juda ko‘p xalqaro konfliktlar yechimida qo‘l kelgan. Vositachilik sizning o‘quv muassasangiz uchun ham juda foydali bo‘lishi mumkin. Dunyo bo‘yicha minglab maktablarda mediatsiya dasturlari mavjud. Agar Siz ham o‘z maktabingizda ana shunday mediatsiya dasturiga muhtoj bo‘lsangiz o‘zingiz uni amalga oshirishingiz mumkin.
Mediatsiya–vositachilikningasosiyqoidalari:
Konflikt yechiminiqidirishgaxohish va iroda;
Faqatxaqiqatniso‘zlash;
Gapnibo‘lmasdaneshitish;
Birovningnuqtainazarigahurmate’tibor, hechqachonuniergaurmaslik;
Ikkitomonlamashartnomaningqarorlariniamalgaoshirishuchunmajburiyatnio‘zzimmasigaolish.
Mediatsiya (vositachilikning) beshasosiyustunliklari:
1. Kelishuv jarayonida Sizni hech kim hafa qilishga, nafsoniyatingizga tegishga harakat qilmaydi. Vositachilik sizning havfsizligingiz va do‘stona muzokaralar jarayonining garovidir.
2. Vositachilik mutlako mahfiy jarayon. Agar siz o‘zingizni nomaqbul tutsangiz ham, sizning harakatlaringizdan hech kim xabar topmaydi.
3. Siz hakiqatdan ham u yo bu narsalarni o‘rganishingiz mumkin. Muhokama jarayoni Sizga qarshi tomonning fikr-o‘ylarini tushunishga, anglashga imkon yaratadi. Siz qarshi tomonni dushman taraf sifatida emas, balki inson sifatida qabul qila boshlaysiz.
4. Vositachilik erkin faoliyatdir.
5. Vositachilik albatta zaruriy ehtiyoj bo‘lib, unda hech kim nima qilish lozimligini aytmaydi. Chunki, siz va opponentingiz har bir qarorni o‘zlaringiz ishlab chiqasiz va o‘zing unga rozilik bildirasiz. Har bir yechim bu sizning va faqat sizning qaroringizdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |