Futbolda o`quv trеnirovka mashg`ulotlarini tashkil etishning mеtodologik asoslari



Download 189,47 Kb.
bet11/21
Sana13.07.2022
Hajmi189,47 Kb.
#785793
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   21
Bog'liq
Futbolda o`quv trеnirovka mashg`ulotlarini tashkil etishning mеt

Harakat tezkorligini tarbiyalash metodikasi. Metodika asoslari. Harakatlar tezkorligini tarbiyalash protsessida organizmning harakat faoliyati xilma-xil turlaridagi (bevosita amaliy va sport faoliyatidagi) tezlik xarakteristikasini belgilovchi funktsional imkoniyatlarini har tomonlama oshirib borish zarur. Inson biror bir faoliyatda namoyon qilishi mumkin bo’lgan maksimal tezlik, shu kishida faqat tezkorlik qanchalik rivojlanganligiga emas, balki bir qator faktorlarga — dinamik kuchning, chaqqonlikning, texnikani egallaganlikning darajasiga va boshqalarga bog’liq. Shuning uchun harakat tezligini tarbiyalash boshqa jismoniy fazilatlarni tarbiyalash hamda texnikani takomillashtirish bilan mustahkam bog’liq bo’lishi kerak.
Maksimal tezlikda bajarish mumkin bo’lgan mashqlardan (bularni odatda tezkor mashqlar deb ataydilar) tezkorlikni tarbiyalash vositasi sifatida foydalaniladi. Ular kam deganda uch talabni qanoatlantirishi kerak:

  1. texnika mashqni juda tez bajarishga imkon beradigan darajada bo’lishi kerak (shuning uchun ko’pgina gimnastik mashqlar, yurish va boshqalar uncha yaroqli emas);

  2. mashqlar harakat vaqtida asosiy irodaviy zo’r berish mashqni bajarish usuliga emas, balki ularni bajarish tezligiga qaratilishi uchun mumkin darajada yaxshi o’zlashtirilgan bo’lishi kerak;

  3. mashqlarning davomiyligi ularni bajarish oxirida charchash tufayli tezlik kamayib ketmaydigan bo’lishi kerak. Tezkor mashqlarni bajarish maksimal quvvatli ishlar toifasidan bo’lib, malakali sportchilar bunday mashqni bajarishga 20—22 sek. sarflaydilar (unchalik tayyorgarlik ko’rmagan kishilarda esa bu vaqt bundan ham kam bo’ladi).

Tezkorlikni tarbiyalash metodlari ichida takroriy mashq metodi keng qo’llaniladi. Bundagi asosiy tendentsiya mashg’ulotda o’z maksimal tezligini oshirib borishga intilishdir. Metodning barcha xususiyatlari (masofaning uzunligi, bajarish intensivligi, dam olish intervallari, takrorlash soni va boshqaar) shunga bo’ysundirilgan. Masofaning uzunligi (yoki mashqning qancha davom etishi) har galgi mashq bajarish oxirida siljish tezligi (ishning intensivlpigi) kamaymaydigan qilib tanlanadn. Harakatlar maksimal tezlikda bajariladi; shug’ullanuvchilar har gal o’zlari uchun eng yaxshi natija ko’rsatishga intiladilar. Mashqni bajarish gallari o’rtasidagi dam olish intervallari kuchning nisbatan to’la tiklanishini ta'qiqlaydigan darajada katta bo’lishi lozim. Harakatlarning tezligi takrorlashlar o’rtasida sezilarli darajada kamaya bormasligi kerak.
Shunday qilib, dam olish intervallari, bir tomondan, markaziy nerv sistemasining qo’zg’aluvchanligi unchalik pasayishga ulgurmaydigan darajada qisqa, ikkinchi tomondan vegetativ funktsiyalar ko’rsatgichi ozmi-ko’pmi to’la tiklanadigan darajada uzoq muddatli bo’lishi kerak. Shunday bo’lishi mumkin ekan, chunki ishdan keyingi davrdagi tiklanish protsesslari bir tekisda bo’lmas
ekan, chunki ish tugagan zahoti tiklanish juda tez bo’lib, keyin esa sekinlashar ekan. Tiklanish davrining boshlang’ich uchdan bir qismiga tiklanishning 70%, ikkinchi uchdan bir qismiga—25%, uchinchisiga esa 5% to’g’ri keladi, deb hisoblash mumkin. Shuning uchun, masalan, 100 m ga yugurgandan keyin tiklanishga 1'2 daq. ketsa, 8 daqutdan keyin sportchining ish qobiliyati 95% tiklangan bo’ladi, bu esa 100 m ga keyingi yugurishni amalda tezlik pasaymasdan boshlashga imkon beradi. Takrorlash o’rtasidagi intervallarda faol dam olishdan foydalanish kerak — bu markaziy nerv sistemasining yetarlicha qo’zg’aluvchan holatda bo’lishiga imkon beradi. Faol dam olish uchun asosiy mashqda ishtirok etadigan muskul guruhlari ishlaydigan, lekin intensivligi kamroq mashqlarni bajarish tavsiya qilinadi. Bu holda afferen impulsatsiyalarning doimiy oqimi mazkur harakatdagi asosiy yuklama to’g’ri keladigan harakat nerv markazlarining yuqori darajada qo’zg’aluvchan bo’lib turishini ta'daqlaydi. Masalan, yugurishda dam olishlar bamaylixotir yurish yoki bemalol sekin yugurishdan, suzishda esa, suvdan chiqmay sekin-asta harakatlar qilishdan iborat bo’lishi kerak.
Tez bajariladigan mashqlarning takrorlanishida to’la tiklanish uchun dam olish intervallarining yetarli bo’lmaganligi sababli charchash nisbatan tez boshlanadi, tashqi tomondan bu tezlikning pasayganligida ifodalanadi. Tezlikning bu pasayishi mazkur mashg’ulotda tezkorlikni tarbiyalashni to’xtatish uchun birinchi signal bo’lib xizmat qiladi: bundan keyin mashqni takrorlash faqat chidamlilikning o’sishiga yordam beradi, xolos.
Tezkorlik yuksak daraja namoyon bo’lishning muhim sharti markaziy nerv sistemasi qo’zg’aluvchanligining optimal holatidir. Bunga shug’ullanuvchilar oldingi faoliyat davomida charchamagan bo’lsalargina erishishi mumkin. Shuning uchun tezkor mashqlar mashg’ulotning boshrog’ida bajariladi; mashg’ulotlar sistemasida esa bu mashqlarni asosan dam olish kunidan keyingi birinchi yoki ikkinchi kunga rejalashtiradilar.
Tezkorlikning namoyon bo’lishi uchun mashg’ulotlarda o’yin va ayniqsa musobaqa metodidan foydalanish katta ahamiyatga ega. Musobaqalar odatda
ko’tarinki ruh paydo qiladi, kishini anchagina zo’r berishga majbur etadi — bu esa ko’p hollarda sport natijalarining yaxshilanishiga olib keladi.
Harakatlar tezligining stabillashuvi va unga qarshi ko’rash yo’llari. Bayon qilingan metodikaning ichki jihatdan qarama-qarshiligi bor. Bir tomondan, biror bir harakatdagi tezlikni oshirish uchun, uni ko’p marta takrorlash kerak, ikkinchi tomondan, ko’p marta takrorlash shu harakatda dinamik steriotip hosil bo’lishiga olib keladi va buning natijasida harakat parametrlari stabillashib qoladi. Bunda harakatning faqat makon xarakteristikalarigina emas, balki vaqt xarakteristikalari ham — tezlik va chastota ham stabillashadi. «Tezlik to’sig’i» deb ataladigan holat paydo bo’ladi (R.I.Nurimov).
Tezlikning stabillashuvi tezkor imkoniyatlarning ancha ortishiga xalaqit beruvchi asosiy sababdir. Sport bilan yangi shug’ullanuvchi va yuqori malakali sportchilarda buning oldini olish yo’llari boshqa-boshqadir.
Yangi shug’ullanuvchilar bilan o’tkaziladigan mashg’ulotlarda bunday yo’l bir necha yillar mobaynida umumiy jismoniy tayyorgarlik bilan shug’ullangandan so’nggina sportning biror turida kechroq ixtisoslashishdan iboratdir.
Yangi shug’ullanuvchilar bilan ishlashning asosiy vazifasi sportchini biror bir alohida mashqni bajarishda ixtisoslashtirmay, balki boshqa vositalarni qo’llab va ularni ko’p jihatdan o’zgartira borib, nisbatan yuqori natijalarga erishishdan iboratdir. Bunda tezkorlik mashqlardan standart, o’zgartirmagan holda emas, balki variativ, o’zgaruvchan sharoit va formalarda foydalanish kerak. Jumladan, harakatli o’yinlar va sport o’yinlari, ochiq joyda bajariladigan mashq va hokazolar ayniqsa foydalidir.
Malakali sportchilar trenirovkasida keyingi yillarda ixtisoslashayotgan mashq turidagi ishlar hajdaqi kamaytirib, tezkor-kuchlilik va boshqa umumiy tayyorgarlik hamda maxsus tayyorgarlik mashqlarini ko’paytirish tendentsiyasi bor. Masalan, balandlikka sakrash bo’yicha peshqadam sportchilar trenirovkasida rejaka ustidan sakrash barcha sakrashlarning 12—15 protsentini tashkil etadi (Sh.T.Iseev ma'lumotlariga ko’ra). Asosiy vaqt shtanga bilan qilinadigan mashqlarga va xilma- xil (standart bo’lmagan) sakrashlarga ketadi. Shu yo’l bilan balandlikka
sakrashdagi depsinish tezligining stabillashuviga qarshilik ko’rsatiladi. Shunga o’xshash tendentsiya qisqa masofaga yugurishda, uloqtirishda, og’ir atletikada ham kuzatiladi.
Shunday bo’lishiga qaramay, tezlikning stabillashuvi ro’y bersa, «tezlik to’sig’i»ni buzish hamda uni so’ndirish kabi maxsus usullar qo’llaniladi. Chegara tezlikdan ortish imkonini beradigan qo’shimcha sharoitlarning yaratilishi «tezlik to’sig’i»ni buzish usullari asosini tashkil etadi. Buning uchun, masalan, qiya yo’lkadan pastga qarab yugurish, yetakchi ketidan qolmay ugurish, tezlanishli yugurish, mexanik og’irlikdan foydalanib yugurish, yengillashtirilgan snaryadlarni uloqtirish, goh og’ir, goh odatdagi snaryadlarni navbatma-navbat uloqtirish, trosi qisqartirilgan bosqon uloqtirish va hokazolar qo’llaniladi.
Bu yengillashtirish ortiq darajada bo’lmasligi kerak. Yengillashtirilgan sharoitdagi tezlik sportchi yaqin vaqt ichida shunday tezlikni odatdagi sharoitda ko’rsata oladigan darajada bo’lishi kerak.
«Tezlik to’sig’i»ni so’ndirish usullari mashq bajarish to’xtatilgandan keyin dinamik stereotip ma'lum xususiyatlarining so’nish (unutilish) vaqti turlicha bo’lishiga asoslangan. Jumladan, harakatning makoniy xarakteristikalari vaqt xarakteristikalariga qaraganda birmuncha barqarordir. Ma'lum vaqtgacha asosiy mashq bajarilmasa, «tezlik to’sig’i» yo’qolishi mumkin, lekin harakatlar texnikasining makoniy xususiyatlari saqlanib qoladi. Agar bu davr ichida tezkor kuchlilik fazilatlari boshqa vositalar yordamida oshirilsa, shundan keyin bir oz vaqt o’tgach, natija yaxshilanishini kutish mumkin.
Shunday qilib, biror bir harakatda asosan ikki yo’l bilan tezlikni oshirish mumkin: 1) maksimal tezlikni oshirish hisobiga, 2) maksimal kuchni oshirish hisobiga. Tajriba ko’rsatadiki, maksimal kuchni sezilarli oshirish juda ham qiyin; kuch imkoniyatlarini oshirish esa birmuncha yengil hal qilinadi. Shuning uchun amalda tezlik darajasini oshirish uchun kuch oshiradigan mashqlardan keng foydalaniladi. Harakat vaqtida yengish lozim bo’lgan qarshilik qanchalik ko’p bo’lsa, bu mashqlarning samaradorligi shunchalik yuqori bo’ladi.
Harakatlar tezligini oshirishga qaratilgan kuch oshirish tayyorgarligi protsessida ikki asosiy vazifa hal qilinadi:

  • maksimal muskul kuch darajasini (kuch qobiliyatlarining o’zini) oshirish;

  • tez harakatlar sharoitida eng ko’p kuch namoyon qilish qobiliyatini (tezkor- kuchlilik qobiliyatlarini) tarbiyalash.

Tez harakatlar sharoitida eng ko’p kuch namoyon qilish qobiliyatini tarbiyalashda takroriy orta boruvchi mashq metodidan foydalaniladi. Bu holda biror bir chegara darajada bo’lmagan og’irlikni eng yuksak tezlikda harakatlantirish vositasida kuch jihatdan maksimal zo’r berishga erishiladi. Bunda mashqlarni bajarishdagi harakatlar amplitudasi to’liq bo’lishi kerak. Agar harakatlar cheklangan amplituda bilan («to’xtatib turib») bajarilsa, nomatlub koordinatsion munosabatlar mustahkamlanib qolishi mumkin. Shuning uchun masalan, cho’qqayishlarni yuqori tomon sakrash bilan tugallash, uloqtirish mashqlari, zarb harakatlari va boshqaardan keng foydalanish tavsiya etiladi.
Tezkor-kuchlilik mashqlarini kuch mashqlarining o’ziga asoslanib, ular bilan birgalikda qo’llash kerak. Faqat tezkor-kuchlilik mashqlaridan foydalanganda maksimal kuch darajasini sezilarli ravishda oshirib bo’lmaydi, chunki harakatlar juda tez bo’lganda nerv-muskul apparatiga ta'sir etish vaqti juda ham qisqa muddatli bo’ladi. Tezlikni tarbiyalash uchun kuch mashqlaridan foydalanishda kuch yuklamalari juda ko’p bo’lgan sharoitda harakatlar tezligining vaqtincha kamayishini e'tiborga olish kerak. Bu yuklamalar to’xtatilgandan yoki keskin kamaytirilgandan keyin 2—6 hafta o’tgach, harakatlar tezligi orta boshlaydi (R.A.Akramov va boshq.). Bu davrda asosan chegara darajasida bo’lmagan og’irliklar bilan bajariladigan tezlik mashqlaridan foydalaniladi.
Texnik tayyorgarlik. Tezlik harakatlarini bajarayotgan vaqtda holatlarni his etish va tuzatish ancha qiyinlashishi qayd qilingan edi. Shuning uchun harakatlarni katta tezlikda texnik jihatdan to’g’ri bajarish juda murakkab masaladir. Amalda harakatlarni tez bajarish texnikasini harakatni sekin bajarib o’rganadilar (keyinchalik tezlik maksimal ravishda oshiriladi) yoki mashqni maksimal tezlikda bajarib, texnikani o’zlashtirishga urinib ko’radilar. Bu har ikkala yo’lning ham o’z
kamchiliklari bor. Birinchi holda harakatlarni sekinroq bajarishga o’rgangan o’quvchi keyinchalik uni maksimalga yaqin tezlikda texnik jihatdan to’g’ri bajara olmaydi. Bu shu tufayli sodir bo’ladiki, sekinroq va maksimal tezlikda bajariladigan harakatlar, makon xususiyatiga ko’ra o’xshash bo’lsalar-da, tezkor- kuchlilik parametrlari jihatidan bir-biridan keskin farq qiladi. Ikkinchi holda o’quvchi o’z diqqat-e'tiborini harakatlarni tezroq bajarish istagi bilan uni to’g’riroq bajarish istagi o’rtasida taqsimlay olmaydi, buning ustiga vazifaning texnik jihatdan murakkabligi uni juda qiynab qo’yadi. Natijada u to’g’ri texnikani egallab ololmaydi.
Bundan qutilish uchun ikki shartga rioya qilish tavsiya qilinadi. Birinchidan, o’rgatishni maksimal tezlikka yaqin bo’lgan tezlikda (buni «kuchning 9/10 qismicha» deyishadi) o’tkazish kerak. Bunda harakatlarning tezkor-kuchlilik strukturasi maksimal tezlik holatdagidan farq qilmasligi, lekin, shu bilan birga, harakatlar texnikasini nazorat qilish imkoni bo’lishi kerak. Bunday tezlik «Nazorat qilinadigan» tezlik degan nom olgan. Ikkinchidan, harakatlarni nisbatan kichik tezlikdan maksimal darajagacha o’zgartira borib, har xil tezlikda bajarish kerak.

Download 189,47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish