Futbolda o`quv trеnirovka mashg`ulotlarini tashkil etishning mеtodologik asoslari



Download 189,47 Kb.
bet8/21
Sana13.07.2022
Hajmi189,47 Kb.
#785793
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   21
Bog'liq
Futbolda o`quv trеnirovka mashg`ulotlarini tashkil etishning mеt

Bir-biriga yaqin mashg’ulotlar sistemasidagi kuch mashqlari. Yuqorida aytib o’tilganidek, ma'lum vaqt davomida mashqlarning turlari va qo’shib bajarish tartibi o’zgartirmay kelinsa, ko’nikish (adaptatsiya) shunchalik tez bo’ladi. Shu nuqtai nazardan kuch mashqlarining doimiy bir xil kompleksini faqat og’irlik miqdorini va uni necha marcha ko’tarishni o’zgartira borib takrorlash maqsadga muvofiqdir. Biroq bir xil kompleksdan uzoq vaqt davomida foydalanish shunga olib keladiki, kishi uni bajarishga odatlanib qoladi va u kishida juda kam adaptatsion o’zgarishlar hosil qiladi. Bunda kuch asosan ish hajdaqi oshirish hisobiga ortadi, bunga esa har doim erishib bo’lmaydi va bu maqsadga muvofiq
ham emas. Shuni ham nazarda tutish kerakki, bir xildagi mashqlarni o’zgartirmay bajarish kishini psixologik jihatdan juda charchatib qo’yadi. Shuning uchun bir necha qo’shni mashg’ulotlar sistemasida kuch mashqlarining biror bir kompleksidan foydalanilar ekan, vaqt-vaqti bilan bu komplekslarni o’zgartirib turish kerak. Turli sharoitlarda mashq komplekslarini almashtirib turish muddati turlichadir — taxdaqan 2—6 haftada bir marta.
Har xil sport turlaridagi trenirovka mikrotsikllarida kuch mashqlari turli kunlarda o’tkaziladi. Sportning tezkor-kuchlilik turlarida kuch mashqlarini siklning dam olish kunidan keyingi birinchi kunidayoq o’tkazish tavsiya qilinadi (K.M.Mahkamjonov). Shunda mazkur mashqlar markaziy nerv sistemasi optimal holatda bo’lganida, oldingi mashg’ulotlardan charchash sezilmagan vaqtlarda bajariladi, shuning uchun mashqlarning bu vaqtda o’tkazilishi eng ko’p samara beradi. Bundan tashqari, mikrotsikl bunday tuzilishining afzalligi oqibat holat deyiladigan hodisadan foydalanishdadir.
Kuch mashqlari bajarish mashg’ulotlari chastotasi qator faktorlarga, jumladan, shug’ullanuvchilarning tayyorgarlik darajasiga bog’liqdir. Tajribalar yangi shug’ullanuvchilar bilan haftada 3 mashg’ulot o’tkazish samarali bo’lishini, lekin haftada 1, 2 yoki 5 mashg’ulot o’tkazish esa foydaliroq bo’lishini ko’rsatadi. Malakali sportchilarda mashg’ulotlar chastotasi ortiqroq bo’lishi mumkin.
Bu tavsiyalar barcha muskullarga ta'sir etadigan kuch mashqlariga taalluqlidir, chunki eng yirik muskul guruhlaridagi ishchanlik qobiliyati nisbatan sekin tiklanadi. Mayda muskul guruhlari kuchining tiklanishi esa tezroq bo’ladi, shuning uchun ma'lum bir joyga ta'sir qiladigan kuch mashqlarini tezroq bajarib turish mumkin (K.M.Mahkamjonov). Yirik muskul guruhlarida ishchanlik qobiliyatining ancha sekin tiklanishini musobaqalarga tayyorlanish vaqtida ham hisobga olish kerak. Shuning uchun ko’pchilik sportchilar yirik musobaqalardan oldin (ko’pincha musobaqaga 7—10 kun qolganda) chegara og’irlikdagi shtanga bilan o’tirib turish mashqlarini trenirovkadan chiqarib tashlaydilar.
Tezkorlikni tarbiyalash tezkorlik jismoniy fazilat ekani. Tushunchaning ta'rifi. Tezkorlikning namoyon bo’lish formalari. Tezkorlik deganda kishidagi
harakatlarning tezlik xarakteristikasini, shuningdek, harakat reaktsiyasining vaqtini bevosita va asosan belgilovchi funktsional xususiyatlar kompleksi tushuniladi. Tezkorlik namoyon bo’lishining uchta asosiy (yoki elementar) formalari mavjuddir:

  1. harakat reaktsiyasining latent (yashirin) vaqti;

  2. ayrim harakatlar tezligi (tashqi qarshilik kichik bo’lganda);

  3. harakatlar chastotasi.

Tezkorlik namoyon bo’lishining elementar formalari bir-biriga nisbatan bog’liq emas. Bu ayniqsa harakat reaktsiyasining harakat tezligi ko’rsatgichlariga ko’pincha aloqador bo’lmaydigan vaqt ko’rsatgichlariga taalluqlidir.
Ko’rsatib o’tilgan uchta formaning birgalikda kelishi tezkorlik namoyon bo’lishining barcha hollarini belgilaydi. Masalan, sprinter yugurishdagi natija start olishdagi reaktsiya vaqtiga, ayrim harakatlarninr (depsinish, sonni oldinga o’tkazish va boshq.) tezligiga va qadamlar sur'atiga bog’liq. Amalda esa tezkorlik namoyon bo’lishining aytib o’tilgan elementar formalari emas, balki yaxlit harakatlarning (yugurish, suzish va hokazolarning) tezligi katta ahamiyatga ega, albatta. Biroq murakkab-koordinatsion yaxlit harakatlardagi tezlik faqat tezkorlik darajasiga emas, balki boshqa sabablarga ham bog’liq. Masalan, yugurishda ilgarilab ketish tezligi qadam uzunligiga bog’liqdir, qadam uzunligi esa, o’z navbatida, oyoqning uzunligi va depsinish kuchiga bog’liq. Shuning uchun yaxlit harakat tezligi kishining tezkorligini faqat bilvosita xarakterlaydi, mufassal tahlil qilishda esa faqat tezkorlik namoyon bo’lishining elementar formalarigina ahamiyatliroqdir.
Maksimal tezlikda bajariladigan ko’p harakatlarda ikki fazani bir-biridan farq qiladilar: 1) tezlikning brtib borish fazasi (tezlashib ketish fazasi) va 2) tezlikning nisbatan stabillashish fazasi. Start tezlanishi birinchi fazaning, masofadagi tezlik esa ikkinchi fazaning xarakteristikasidir. Tezlikni tez oshira borish qobiliyati va masofani katta tezlikda o’tish qobiliyati — nisbatan bir-biriga bog’liq emas. Start tezlanishi yaxshi bo’lgani holda masofadagi tezlik kam bo’lishi yoki, aksincha, ko’p bo’lishi mumkin.
Kishining tezlik qobiliyatlari umuman ancha spetsifik bo’ladi. Faqat bir-biriga o’xshash harakatlardagina tezkorlik to’g’ridan-to’g’ri yoki bevosita bir-biriga ko’chishi mumkin. Jumladan, turgan joydan sakrash natijalarining anchagina yaxshilanishi oyoqni rostlashning ahamiyati katta bo’lgan sprintcha yugurish, yadro turtish va boshqa mashqlardagi ko’rsatgichlarga darhol ijobiy ta'sir etadi; ayni vaqtda suzish, boksda zarb berish, mashinkada yozish tezligiga bularning ta'siri sezilmaydi. Asosan jismoniy jihatdan bo’shroq tayyorlangan kishilarda tezkorlik ko’proq ko’chib o’tadigan bo’ladi.

Download 189,47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish