Futbolda o`quv trеnirovka mashg`ulotlarini tashkil etishning mеtodologik asoslari



Download 189,47 Kb.
bet9/21
Sana13.07.2022
Hajmi189,47 Kb.
#785793
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   21
Bog'liq
Futbolda o`quv trеnirovka mashg`ulotlarini tashkil etishning mеt

Harakatlantiruvchi reaktsiya tezkorligini tarbiyalash metodikasi. Oddiy reaktsiya tezkorligini tarbiyalash. Harakatlantiruvchi reaktsiya tezligi ta'sirga javob berishning latent vaqti bilan belgilanadi. Reaktsiyalar oddiy va murakkab bo’ladi. Oddiy reaktsiya oldindan ma'lum bo’lgan (to’satdan paydo bo’ladigan) signalga ilgaridan ma'lum bo’lgan harakat bilan javob berishdir. Bunga yugurishda start olish, pistoletdan siluetlarga qarab tezkor otish va boshqaar misol bo’la oladi. Reaktsiyalarning qolgan barcha tiplari murakkab reaktsiyalardir.
Harakatlantiruvchi reaktsiyaning tezkorligi katta amaliy ahamiyatga ega. Hayotda biror bir signalga daqimal vaqt ichida javob berish talab qilinadigan hodisalar tez-tez uchrab turadi. Masalan, hozirgi zamon texnikasi ko’pchilik hollarda tez reaktsiya bo’lishiga yuqori talablar qo’yadi.
Tezkorlikning juda ko’p o’tishi (boshqa biror harakatga o’tishi) oddiy reaktsiyalar uchun xarakterlidir: ayrim vaziyatlarda tezda biror qarorga keluvchi kishilar boshqa sharoitlarda ham tezroq biror fikrga keladilar. Tez bajariladigan xilma-xil mashqlar bilan shug’ullannsh oddiy reaktsiya tezkorligini yaxshilaydi. Biroq teskari yo’nalishda ko’chish sodir bo’lmaydi: reaktsiya tezkorligiga doir mashqlar amalda harakatlarning tezligiga ta'sir etmaydi.
Harakatlantiruvchi reaktsiya tezkorligini anchagina yaxshilash g’oyat murakkab vazifadir.
Aslida gap sekundning yuzdan, ba'zida esa o’ndan bir bo’lagini yutish to’g’risida bormoqda. Ko’rib harakat qilish reaktsiyasi vaqti sport bilan shug’ullanmaydigan kishilarda o’rtacha 0,25 sek. ga teng bo’lib, 0,25 sek. dan 0,35
sek. o’rtasida o’zgarib turadi. Sportchilarda bu vaqt kamroq — 0,15—0,20 sek., ba'zilarda esa 0,10—0,12 sek. ga teng. Tovush signaliga reaktsiya ko’rsatish vaqti odatda birmuncha kamroq bo’ladi: mashq qilmagan kishilarda taxdaqan 0,17— 0,27; xalqaro toifadagi ba'zi bir sprinterlarda esa 0,05—0,07 sek. ga teng (Leuvil). Ko’p hollarda (masalan, faqat umumiy jismoniy tayyorgarlik mashg’ulotlarida) harakat reaktsiyasi tezkorligining rivojlanishiga maxsus mashqlar orqali ta'sir etishning zarurati qolmaydi, bunda tezkorlik reaktsiyasi tezlik mashqlariga doir mashg’ulotlardan ko’chgani hisobiga yaxshilanishining o’zi yetarli bo’ladi. Bu ma'noda xilma-xil harakatli o’yinlar va sport o’yinlari (bular orasida basketbol alohida ahamiyatga ega) ayniqsa qimmatlidir.
Oddiy reaktsiya tezkorligini tarbiyalashda bir necha metodlardan foydalaniladi. Bulardan eng ko’p tarqalgani to’satdan paydo bo’ladigan signalga yoki tevarak- atrofdagi vaziyatning o’zgarishiga qayta, mumkin qadar tezroq, reaktsiya ko’rsatish metodidir. Misollar: yugurishda past start olishni qayta bajarish, o’qituvchining signaliga binoan harakat yo’nalishini o’zgartirish, boksda raqibining avvaldan ma'lum bo’lgan hujum zarbiga javoban himoyalanish va hokazo. Bu metod yangi shug’ullanuvchilar bilan o’tkaziladigan mashg’ulotlarda tez orada ijobiy natijalar ko’rsatadi. Afsuski, shundan keyin reaktsiya tezkorligi stabillashib qoladi va uning yaxshilanishi ancha qiyin bo’ladi.
Reaktsiya tezkorligi katta ahamiyatga ega bo’lgan hollarda uni takomillashtirish uchun maxsus metodikalardan foydalaniladi. Bu metodikalardan biri — analitik yondashish metodikasi — resaktsiya tezkorligini yengillashtirilgan sharoitlarda va undan keyingi harakat tezligini ayrim-ayrim takomillashtirishdan iboratdir. Masalan, yengil atletika yugurishlarida past startdagi reaktsiya vaqti boshlang’ich harakatni bajarish qiyin bo’lganligi uchun birmuncha cho’zilib ketadi. Chunki sprinterning qo’liga anchagina og’irlik (bosim) ta'sir qiladi, shu sababli uni tayanchdan tez olish ancha qiyin. Bunday vaqtlarda start signaliga binoan qilinadigan harakatlardagi reaktsiya tezkorligini oshirish yuzasidan alohida (masalan, qo’llarni biror bir buyumga tirab turib, yuqori start olgan holatda) hamda
start signalisiz boshlang’ich harakat tezligini oshirish yuzasidan alohida mashq qilish foydalidir. Bunday analitik yondashish yaxshi natijalar beradi.
Boshqa metodika — uni shartli ravishda «sensomotor metodika» deb ataymiz—reaktsiya tezkorligi bilan sekundning o’ndan bir va hatto yuzdan bir bo’lagigacha qisqa muddatli intervallarni farq qila bilish qobiliyatining mustahkam aloqasiga asoslangan.Vaqt mikrointervallarini yaxshi idrok qiluvchi kishilarda odatda reaktsiya tezkorligi yuqori bo’ladi. Bu holda metodika vaqtni juda aniq idrok qilish qobiliyatini o’stirishga va buning yordamida reaktsiya tezkorligini oshirishga qaratilgan bo’lishi kerak.
Mashq uch bosqichda olib boriladi:

  • Birinchi bosqichda shug’ullanuvchilar signalga maksimal tezlikda reaktsiya ko’rsatishga intilib harakat qiladilar (masalan, startdan 5 m gacha otilib borish). har bir urinishdan so’ng o’qituvchi shug’ullanuvchiga uning ko’rsatgan vaqtini ma'lum qiladi.

  • Ikkinchi bosqichda ham reaktsiya va undan keyingi harakatlar eng katta tezlikda bajariladi. Lekin bu gal o’qituvchi o’quvchidan uning fikricha harakatni qancha vaqtda bajarganligini so’raydi. Shundan so’ng unga mashqni bajarishdagi haqiqiy vaqt ma'lum qilinadi. Mashqni bajarishdagi haqiqiy vaqt bilan o’zi his qilgan vaqtni doimo taqqoslab borish vaqtni aniq idrok qilishni takomillashtiradi.

  • Uchinchi bosqichda shug’ullanuvchiga topshiriqlarni oldindan belgilangan xilma-xil tezlikda bajarish tavsiya etiladi. Natijada u reaktsiya tezkorligini bemalol boshqarishga o’rganadi.


Download 189,47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish