Futbolda o`quv trеnirovka mashg`ulotlarini tashkil etishning mеtodologik asoslari



Download 189,47 Kb.
bet6/21
Sana13.07.2022
Hajmi189,47 Kb.
#785793
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
Futbolda o`quv trеnirovka mashg`ulotlarini tashkil etishning mеt

Asosiy metodik yo’nalishlarning xarakteristikasi. Maksimal darajada zo’r berishni turli yo’llar bilan hosil qilish mumkin:

  1. chegaraga yaqin bo’lmagan og’irliklarni (qarshiliklarni) yengishni chegara darajada ko’p marta takrorlash;

  2. tashqi qarshilikni chegara darajada oshirish (dinamik va statik rejimda);

  3. qarshiliklarni chegara darajada tezlik bilan yengish. Shunga muvofiq kuchni tarbiyalash metodikasida bir necha yo’nalishlar mavjud.

Chegaradan kam og’irliklarni chegara miqdorda takrorlashdan foydalanish. Yuqorida aytganimizdek, chegaradan kam og’irliklar bilan bajariladigan harakatlar o’z fiziologik mexanizmlariga ko’ra chegara og’irliklar bilan bajariladigan harakatlardan farq qiladi. Biroq kishi charchagan sari bu hol o’zgarib boradi. Bitta XB namoyon etadigan kuchlanish pasayib ketadi. Mashqni bajarishda ko’proq XB lardan foydalaniladi va oxirgi takrorlashlarda ularning soni maksimumga qadar ortadi. Bunda effektiv razryadlar chastotasi ko’payib boradi va ularning sinxronlashuvi ro’y beradi. Birinchi gallarda osonlikcha ko’tarish mumkin bo’lgan og’irlik chegara og’irlikka yaqinlashib boradi va katta kuchli fiziologik qo’zg’ovchiga aylanadi. Zo’r berish kontsentratsiyasi o’zgaradi. Natijada fiziologik holat chegara zo’r berish vaqtidagiga o’xshab qoladi.
Koordinatsiyaning ko’p jihatlari bilan shunga o’xshab ketishi chegaradan kam og’irlikni «holdan toyguncha» ko’p ko’tarish muskul kuchini trenirovka qiladigan ta'sir ko’rsatishining asosiy sababidir.
Og’irliklar bilan mashq qilayotganda keyingi ko’tarishlardagi o’xshashlik yetakchi omil bo’lganligi uchun xuddi shu so’nggi ko’tarishlarni bajarish foydaliroq ekani ayondir. Binobarin, bu holda mashqlarni charchoq yaqqol sezilguncha, ya'ni «holdan toyguncha» bajarish shart. Trenerlarning «Sportchi bunday mashklarni qurbi yetguncha bajarishi, undan so’ng yana uch marta takrorlashi kerak» degan hazillari bejiz emas, albatta.
Mashg’ulotlar o’tkazish vaqti uzayishi bilan maksimal ogirliklarning afzalliklari tobora aniq sezila boradi. Malakali sportchilarning trenirovkalarida chegaradan kam og’irliklar bilan mashq qilish asosan qo’shimcha mashqlar sifatida ishlatiladi. Bunda ularning ko’p vaqt olishini hisobga olib, odatda, faqat ma'lum bir joyga ta'sir etadigan mashqlar qo’llaniladi. Bunday paytlarda ko’tarilgan og’irlikning jami miqdori unchalik katta bo’lmaydi.
Qarshilik miqdori odatda «katta» va «o’rtacha katta»ga yaqin qilib belgilanadi. Kuchning rivojlanib borishiga qarab qarshilik miqdori ham shunga yarasha o’zgarib boradi.
Misol: o’quvchi qo’llarini gimnastik skameykaga tirab yotgan holda bukadi va yoyadi. U bu harakatni 10—12 marta bajara oladigan bo’lganda mashq faqat 4—7 marta bajarish mumkin bo’ladigan qilib murakkablashtiriladi (masalan, qo’llarni polga tirab turib bukish va rostlash, so’ngra shunnng o’zini oyoqlarni gimnastik skameykaga tirab bajarish va boshqalar).
Chegara og’irliklaridan va unga yaqin og’irliklardan foydadalanish (dinamik rejimda). Bu metodik yo’nalish malakali sportchilar trenirovkasida asosiy yo’nalishdir.
Agar 30—40 yil muqaddam og’ir atletikachilar chegaradan ham og’irlikdagi shtangani ko’p marta ko’tarishga alohida ahamiyat bergan bo’lsalar, hozirgi vaqtda ko’tarish mumkin bo’lgan chegara og’irlik va unga yaqin og’irliklar bilan mashq qilishga ko’proq e'tibor bermoqdalar. Bu ko’pgina boshqa sport turlari uchun ham xarakterlidir. Masalan, balandlikka eng kuchli sakrovchilar, shtanga bilan mashq qilganlarida, eng yuqori og’irlikka yaqin, og’irliklar bilan shug’ullanadilar (K.M.Mahkamjanov). Malakali sportchilarning trenirovkasida bu metodik yo’nalishning juda yaxshi natijalar berishi isbotlangan deb hisoblash mumkin. Chegaraga yaqin va chegara og’irliklar bilan trenirovka qilishga o’tish sportdagi natijalarniing ancha o’sishiga olib keldi.
«Chegara og’irlik» tushunchasi haqida bir-ikki og’iz gapirib o’tish lozim. Chegara og’irlik deganda (agar boshqa alohida izohlab qo’yilmasa) trenirovka qilinadigan chegara og’irlik, ya'ni ortiqcha emotsional xayajonsiz ko’tarish
mumkin bo’lgan eng katta og’irlik tushuniladi. Tegishli psixologik moslashish hisobiga bu og’irlikni ko’paytirish ham mumkin, bu holda shu og’irlik haqiqatan ham chegara og’irlik bo’ladi, biroq tajriba ko’rsatishicha, bunday og’irliklar bilan mashq qilishning foydasi kamroq. Kishi bunday og’irliklar bilan mashq qilganda emotsional jihatdan charchaydi va yuklamaning hajmi esa yetarli bo’lmaydi. Shuning uchun asosan emotsional ortiqcha hayajonlanmay 1—2 marta, ko’pi bilan
3 marta ko’tarish mumkin (bu og’irlik odatda maksimal og’irlikdan 10—15% kam) bo’lgan chegara va chegaraga yaqin og’irliklar bilan trenirovka qilinadi.
Trenirovka qilinadigan chegara og’irlikdan, katta og’irliklardan juda kam foydalaniladi; ko’p hollarda 7—14 kunda bir marta. Lekin bunda individual farqlar bo’ladi. Trenirovka qilinadigan chegara og’irlik va sportchining eng yaxshi natijasi o’rtasidagi individual farq ham ancha katta bo’ladi; odatda yengil vaznli sportchilarda bu farq kam, og’ir vaznlilarda esa ko’p bo’ladi.

Download 189,47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish