Futbolda o`quv trеnirovka mashg`ulotlarini tashkil etishning mеtodologik asoslari



Download 189,47 Kb.
bet12/21
Sana13.07.2022
Hajmi189,47 Kb.
#785793
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   21
Bog'liq
Futbolda o`quv trеnirovka mashg`ulotlarini tashkil etishning mеt

Chidamlilikni tarbiyalash. Tushunchaning ta'rifi. Charchoq va chidamlilik. Chidamlilik turlari. Agar kishi biror bir og’ir ishni bajarayotgan bo’lsa, u birmuncha vaqtdan so’ng bu ishni bajarish tobora qiynnlashib borayotganini sezadi. Chetdan qaraganda bu kishining holati ancha o’zgarganligini ko’rish mumkin. Bu o’zgarishni mimika muskullari kuchlanishida, ter paydo bo’lishida ko’rish mumkin. Ayni vaqtda uning organizmida bir-muncha jiddiy fiziologik o’zgarishlar ham ro’y beradi. Qiyinchiliklar ko’payib borishiga qaramasdan, kishi iroda kuchi hisobiga dastlabki ish intensivligini birmuncha vaqt saqlab turishi mumkin. Bunday holatni kompensatsnyali charchoq fazasi deyiladi. Agar, iroda kuchi ortganiga qaramay ish intensivligi pasaysa, dekompensatsiyali charchoq fazasi boshlanadi. Ishlash natijasida kishi ishlash qobiliyatining vaqtinchalik kamayishi charchoq deb ataladi. Bu qiyinchilik ortishida yoki ishni avvalgidek samarador bajarish mumkin bo’lmay qolishida ifodalanadi. Agar bir necha kishiga bir xil vazifani bajarish tavsiya etilsa, ular turli vaqtdan so’ng charchaydilar.
Bunga sabab shu kishilardagi chidamlilik darajasining xilma-xil bo’lishidir. Biror bir faoliyatda charchoqqa qarshilik ko’rsatish qobiliyati chidamlilik deb ataladi.
Faoliyat turlarining spetsifikasiga qarab charchoqning bir necha tiplari mavjuddnr. Bular aqliy, sensor (his-tuyg’u organlariga tushadigan yuklama bilan bog’liq), emotsional va jismoniy charchoqdan iborat. Har qanday faoliyatda charchoqning aytib o’tilgan barcha tiplarining komponentlari ishtirok etsada, jismoniy tarbiya sohasi uchun muskul faoliyati tufayli hosil bo’lgan jismoniy charchoq ko’proq ahamiyatga ega. Bundan buyon gap charchoqning mana shu tipiga nisbatan bo’ladigan chidamlilik haqida boradi.
Kishi faoliyatining belgilangan intensivligini qachongacha saqlay olishini ko’rsatadigan vaqt chidamlilikning asosiy o’lchovidir. Chidamlilik bevosita va bilvosita usullar bilan o’lchanadi. Bevosita o’lchash usulida tekshirilayotganlarga biror bir topshiriqni bajarish (masalan, berilgan tezlikda yugurish) tavsiya etiladi va ish qancha vaqtgacha berilgan intensivlikda bajarilishi (tezlik pasaya boshlangunga qadar) aniqlanadi. Chidamlilikni bevosita usulda o’lchash amalda doimo qulay emas. Shuning uchun ko’pincha bilvosita usuldan foydalaniladi. Chunonchi, sport praktikasida chidamlilnk biror bir uzun masofani (masalan, 10000 m ga yugurishda) o’tish vaqtiga qarab aniqlanadi.
Chidamlilikni ko’chirish. Umumiy deb ataladigan chidamlilik. Kishining chidamlilikni talab qiladigan mashqlardagi funktsional imkoniyatlari bir tomondan, tegishli harakat malakalari, texnikani egallash darajasi bilan belgilansa, ikkinchi tomondan organizmning aerob va anaerob imkoniyatlari bilan belgilanadi. Nafas olish imkoniyatlari uncha spetsifik emas, ular harakatlarning tashqi formasiga juda ham bog’liq bo’lmaydi. Shuning uchun, agar kishi mashqlar yordamida, masalan, yugurishda o’zining aerob imkoniyatlari darajasini oshirgan bo’lsa, bu boshqa harakatlarni bajarishga — yugurishga, eshkak eshish yoki chang’ida yugurishga ham ta'sir etadi. Mazkur sportchi organizdaqing vegetativ sistemalarining ishlash imkoniyatlari barcha shunga o’xshash harakatlarni bajarishda ham yuqori bo’ladi. Shartli qilib aytganda, «vegetativ» mashq ko’rganlikning umumlashgan bu xarakteri chidamlilikni ko’chirish uchun keng
miqyosda qulay sharoitlar yaratadi. Biroq har bir ayrim holda ko’chishning mavjudligi yoki yo’qligi organizmning energetik imkoniyatlariga va harakatlarning barcha sifat xususiyatlariga bo’lgan talablar bilangina emas, balki harakat malakalari o’rtasidagi o’zaro hamkorlik xarakteri bilan ham belgilanadi.
Chidamlilikni tarbiyalash metodikasining asoslari. Chidamlilikning tarbiyalash protsessida organizmning umumiy chidamlilikni va chidamlilikning maxsus turlarini belgilab bradigan funktsional xususiyatlarini har tomonlama o`stirishning bir qator vazifalarini hal etish talab qilinadi. Ish protsessida charchoq paydo bo’lganiga qaramay, mashqni davom ettirish, albatta zarur bo’ladigan, katta hajmdagi, anchagina zerikarli va og’ir ishni bajarmay turib, bu vazifalarni hal kilishni tasavvur etish ham qiyin. Shu munosabat bilan irodaviy fazilatlarga alohida talablar qo’yiladi. Chidamlilikni tarbiyalash mehnatsevarlikni, katta yuklamalarga va nihoyatda horg’inlik hissiga bardosh berishga tayyor turishni tarbiyalash bilan birga olib boriladi.
Chidamlilikni tarbiyalashda yuklamalar kriteriysi va komponentlari. Sportchilar mashg’ulot jarayonida ma'lum daraja charchoq his qilsalargina ularda chidamlilik ortib boradi. Bunday holda organizm shunga o’xshash holatga ko’nikib boradi. Bu esa tashqi tomondan chidamlilikning ortib borishida ko’rinadi. Moslashuv o’zgarishlarining miqdori va qay maqsadga qaratilganligi trenirovka yuklamalari natijasida hosil bo’ladigan reaktsiyalar darajasi va xarakteriga mos bo’ladi. Turli yuklamalarda charchoq boshqa-boshqa bo’lganligi uchun, charchoqning xususiyati haqidagi masala muhim ahamiyat kasb etadi.
Ko’pgina mashqlarni, jumladan siklik mashqlarni bajarishdagi yuklama quyidagi beshta komponent bilan nisbatan to’la xarakterlanadi: 1) mashqning absolyut intensivligi (harakat tezligi); 2) mashqning davomiyligi; 3) dam olish intervallarining davomiyligi; 4) dam olish xarakteri (faol yoki passiv dam olish hamda faol dam olish formalari); 5) mashqning takrorlanish soni;
Bu komponentlarning birgalikda qo’shilib kelishiga qarab organizm javob reaktsiyalarining miqdorigina emas, balki asosiy sifat xususiyatlari ham har xil
bo’ladi. Aytib o’tilgan komponentlarning ta'sirini siklik mashqlar misolida qarab chihamiz.

  1. Mashqning absolyut intensivligi (tezligi) faoliyatni energetik jihatdan ta'daqlash xarakteriga to’g’ridan-to’g’ri ta'sir etadi. Sekin harakat qilayotganda (siljish tezligi kam bo’lganda) kam energiya sarflanib va kislorodga bo’lgan talab miqdori sportchining aerob imkoniyatlaridan kam bo’lib, iste'mol qilinayotgan kislorod ehtiyojni to’la qoplaydi—ish haqiqiy barqaror holat sharoitida bajariladi. Bunday tezliklar subkritik degan nom olgan. Subkritik tezlik zonasida kislorodga bo’lgan talab harakat tezligiga proportsionaldir. Agar sportchi tezroq harakat qilsa, u kritik tezlikka erishadi, bu vaqtda kislorodga bo’lgan ehtiyoj uning aerob imkoniyatlariga teng bo’ladi. Bunday holda ish kislorod iste'mol qilish maksimal darajasi sharoitida bajariladi. Sportchining nafas olish imkoniyatlari qanchalik ko’p bo’lsa kritik tezlik darajasi shunchalik yuqori bo’ladi. Kritik tezlikdan ham yuqori tezliklar o’ta kritik tezlik degan nom olgan. O’ta kritik tezlikda kislorodga bo’lgan ehtiyoj sportchining aerob imkoniyatlaridan oshib ketadi va bunday holda ish aepob beruvchilar xisobiga bajariladi.

  2. Mashqning davomiyligi o’tiladigan bo’lakning uzunligi va masofa bo’ylab siljish tezligi bilan aniqlanadi. Davomiylik o’zgarishining ikki xil ma'nosi bor. Birinchidan, ishning qancha davom etishini bilish orqali faoliyat qaysi energiya manbai hisobiga bajarilishi aniqlanadi. Agar ishning davom etishi 3—5 daga yetmasa, nafas olish protsesslari yetarlicha tezlasha olmaydi va kuchning energetik ta'daqlashini anaerob reaktsiyalar o’z zimmasiga oladi. Mashqning davom etishi kamaya borgan sari nafas olish protsesslarining roli tobora kamayib boradi va dastlab glikolitik, keyin esa kreatinfosfokinaz reaktsiyalarning ahamiyati ortib boradi. Shu sababli glikolitik mexanizmlarni takomillashtirish uchun 20 sek — 2 daq.lik yuklamalardan, fosfokreatin mexanizmni rivojlantirish uchun esa 3—8 sek. lik yuklamalardan foydalaniladi. Ikkinchidan, ishning qancha davom etishi o’ta kritik tezlikda kislorod yetishmasligining miqdorini, subkritik tezlikda esa kislorod kelishi va undan foydalanishni ta'daqlaydigan sistemalarning zo’r berib ishlash

vaqtini belgilaydi. Uzoq vaqt mobaynida bu sistemalarning tartibli ishlashi organizm uchun ancha qiyinlik tug’diradi.

  1. Dam olish intervallarining davomiyligi organizmning yuklamaga beriladigan javob reaktsiyalarining miqdori hamda xususiyatini aniqlashda juda katta rol o’ynaydi. Takror ishda har bir keyingi yuklamaning organizmga ko’rsatadigan ta'siri bir tomondan, bundan oldingi ishga, ikkinchi tomondan, har gal o’rtasidagi dam olishning qanchalik davom etishiga bog’liq.

Subkritik va kritik tezlikda bajariladigan mashqlarda dam olish intervallari fiziologik funktsiyalar nisbatan normallashuvi uchun yetarli bo’lsa, har qaysi navbatdagi galda mashqni bajarish taxdaqan birinchi galdagidek fonda boshlanadi. Bu demak, dastlab energetik almashinuv fosfokreatii mexanizmi ishga tushadi, bundan so’ng 1—2 daq. o’tgach, glikoliz maksimumga yetadi, nihoyat 3—4 daqutlarga borib nafas olish protsesslari kuchayadi. Ish qisqa davom etganda nafas olish protsesslari yetarli darajaga ko’tarila olmasliklari mumkin. Bu holda ish anaerob sharoitda bajariladi. Agar dam olish intervallari kamaytirilsa, nafas olish protsesslarining faoliyati unchalik kamaymaydi va bundan keyingi ish kislorod yetkazib beruvchi sistemalarning (qon aylanishi, tashqi nafas olish va boshqalarning) juda faolligida boshlanadi. Bundan shunday xulosa kelib chiqadi: subkritik va kritik tezlikda bajariladigan intervalli mashqlarda dam olish intervallarining kamayishi yuklamani birmuncha anaerob yuklamaga aylantiradi. Aksincha, o’ta kritik tezlikda harakat qilayotganda va kislorod yetishmasligini bartaraf etishga yetarli bo’lmagan dam olish intervallarida kislorod yetishmasligi har bir takrorlanishda oldingisiga qo’shilib boradi. Shuning uchun bunday sharoitda dam olish intervallarining qisqartirilishi aerob protsesslarini oshirib yuboradi, yuklamani ko’proq anaerob yuklamaga aylantiradi.

  1. Dam olish xarakteri, jumladan pauzalarni faoliyatning boshqa, qo’shimcha turlari (masalan, asosiy yugurish o’rtasida lo’killab chopishni kiritish) bilan to’ldirish asosiy ish turiga va qo’shimcha ishning intensivligiga qarab organizmga xilma-xil ta'sir etadi. Kritik tezlikka yaqin tezlikda ishlashda, sekin intensivlikdagi qo’shimcha ish nafas olish protsesslarini ancha yuqori darajada saqlab turishga va

shu tufayli tinch holatdan birdaniga ishlash holatiga (va aksincha) o’tmaslikning oldini olishga imkon beradi. O’zgaruvchan mashq metodining xarakterli tomonlaridan biri ham mana shundan iboratdir.

  1. Takrorlashlar soni yuklamaning organizmga ta'sir etishining yig’indi miqdorini belgilaydi. Aerob sharoitlarda ishlayotganda takrorlashlar sonining ortishi yurak-tomir va nafas olish sistemalari faoliyatini uzoq vaqt yuksak darajada saqlab turishga majbur etadi. Anaerob sharoitlarda takrorlashlar sonining ortishi ertami-kech kislorodsiz mexanizmlarning ishdan chiqishiga olib keladi. Bunday holda ish yo to’xtaydi yoki uning -intensivligi keskin pasayadi.

Yuklama komponentlaridan har birining sxematik ko’rinishdagi ta'siri shundan iborat. Aslida esa bularning ta'siri ancha murakkab, chunki odatda har qaysi komponent alohida emas, balki besh komponent o’zgaradi. Bu esa organizmga xilma-xil ta'sir etish uchun juda katta imkoniyatlar yaratadi.

Download 189,47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish