Futbolda o`quv trеnirovka mashg`ulotlarini tashkil etishning mеtodologik asoslari



Download 189,47 Kb.
bet13/21
Sana13.07.2022
Hajmi189,47 Kb.
#785793
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   21
Bog'liq
Futbolda o`quv trеnirovka mashg`ulotlarini tashkil etishning mеt

Yakkama-yakka bahslashuv va sport o’yinlarida chidamlilikni tarbiyalashning xususiyatlari. Bunday mashq turlarida ham intensivligi, ham harakat formalari doimo o’zgarib turadigan ishlar xarakterlidir. Bunday sport turi bilan shug’ullanadigan kishilarda organizmning ham aerob, ham anaerob imkoniyatlari muhim ahamiyatga ega bo’ladi. Agar alohida zo’r berish daqiqalarida faoliyat asosan energiyaning anaerob manbalari hisobiga bajarilsa nisbatan «sokinlik» davridagi tiklanish tezligi aerob mexanizmlarning quvvati bilan belgilanadi. Yakkama-yakka bahslashuv va o’yin protsesslarining o’zida organizmning ayrim funktsiyalariga tanlab ta'sir etishga erishish qiyin; yuklamani aniq me'yorlash ham ancha qiyin. Shuning uchun bunday sport turi bilan shug’ullanuvchilar chidamlilikni (avvalo uning aerob imkoniyatlarini) tarbiyalash uchun xilma-xil siklik mashqlardan — chang’ida yurish, kross, yugurish, qayiq xaydash va hokazolardan keng foydalanadilar. Biroq faqat shu mashqlar yordamida, o’z sport turidagi mashqlardan foydalanmay turib, maxsus chidamlilikni yuqori darajaga ko’tarib bo’lmaydi. Shu munosabat bilan tanlangan faoliyatda intervalli mashq metodi diqqatga sazovordir. Yakkama-yakka bahslarda va sport o’yinlarida bu quyidagilardan iborat bo’ladi. O’yin yoki uchrashuvning umumiy vaqti bir qancha
davrlarga bo’linadi (uchrashuv g’alabagacha davom etadigan voleybol, tennis, nayzabozlikda uchrashuvning taxdaqiy o’rtacha vaqti olinadi). Masalan, futbol o’yini vaqti (2x45 daq) har qaysisi 15 daqutdan 6 davrga bo’linadi. Shug’ullanuvchilarga yuqori sur'atda o’ynash topshiriladi. Uyinchilarning mashq ko’rganlik darajasi oshgan sari davrlar oralig’idagi dam olish vaqti (musobaqa qoidalarida belgilangan tanaffus vaqtidan tashqari) acta-sekin qisqartiriladi.
Kuchlilik xarakteridagi mashqlarda chidamlilikni tarbiya-lash xususiyatlari. Biror bir kuch mashqlaridagi chidamlilik odatda bu mashqni mumkin bo’lgancha takrorlashlar soni (gavdani yuqori tortishni, tayangan qo’llarni bukish va yozishni, bir oyoqda cho’qqayishni mumkin qadar ko’p takrorlash va h.k.) bilan xarakterlanadi. Boshqa shunga o’xshash barcha hollardagi kabi bunda ham chidamlilikning absolyut va portsial ko’rsatgichlari mavjuddir. Absolyut ko’rsatkichlar ko’proq kuchga bog’liq: kuchliroq kishilar, odatda, kuch mashqlarini ko’proq marta takrorlashlari mumkin. Lekin bu bog’liqlik kuch ishlatish miqdori ancha yuqori: maksimal kuch darajasidan kamida 25—30% bo’lgandagina kuzatiladi. Kichik og’irliklar bilan mashq qilishda mumkin bo’lgan takrorlashlar soni juda tez o’sib boradi va amalda maksimal kuchga bog’liq bo’lmaydi. Kuchga chidamlilikning portsial ko’rsatkichlari (mazkur holda bu ko’rsatgichlar kuch fazilatlarining individual darajasi nuqtai nazaridan hisobga olinadi) kuchga bog’liq emas; buning ustiga ko’pincha ular o’rtasida manfiy korrelyatsiya mavjud deb hisoblaydilar.
Aytilganlarni quyidagi misoldan tushinish mumkin: aytaylik, ikki sportchidan biri 100 kg li shtangani, ikkinchisi 60 kg li shtangani jim qilishda yaxshi natijaga ega. 50 kg li shtangani birinchi sportchi ko’proq marta jim qila oladi, bu yerda uning chidamliligining absolyut ko’rsatkichlari ikkinchi sportchinikidan yuqori bo’ladi. Agar shu sportchilarning o’ziga, masalan, 10 kg (ularning maksimal kuchidan 20% kam) shtangani jim qilish taklif etilsa, ularning qaysi biri chidamliroq ekanini oldindan aytish mumkin emas. Bunday holda chidamlilik (takrorlash soni) sportchilar kuchi darajasiga bog’liq emas. Nihoyat, har ikki sportchi o’zlarining maksimal kuchlarining 50% teng bo’lgan (birinchisi 50 va
ikkinchisi 30 kg) og’irlikni jim qilsalar, bunda ham kimning chidamliroq ekanligi ma'lum emas. Bu yerda ham chidamlilik kuchga bog’liq bo’lmaydi.
Na kundalik hayotda, na sportda hech qachon kishilarni ularning kuchiga qarab taqqoslanmagani sababli, bizni chidamlilikning faqat absolyut ko’rsatgichlari qiziqtiradi. Yuqorida qayd qilinganidek, bu ko’rsatgichlar kuchning darajasiga bog’liq; shu bilan birga qanchalik ko’p qarshilik qaytarishlar sonini yengishga to’g’ri kelsa, bu bog`liqlik shuncha ko`p bo`ladi. Shuning uchun, anchagina (maksimal kuchga nisbatan taxdaqan 75—80% dan ko’p) qarshiliklarni takror yengish zarur bo`lsa, bu holda chidamlilik kuchning ortishi natijasida go`yo avtomatik ravishda rivojlanadi. Kamroq qarshiliklarda esa, ham kuchni, ham chidamlilikni tarbiyalashga maxsus e'tibor berishga to’g’ri keladi. Masalan, gimnastikachi 3 sek mobaynida halqada qo’llarini yon tomonga tirab («krest» hosil qilib) tura olmasa, u holda chidamlilikni emas, balki kuchni o’stirish kerak. Biroq, gimnastikachi bir kombinatsiyada bir martagina «krest» qilsa-yu, ikki va undan ko’p marta bajara olmasa, unda chidamlilikni (kuch bilan birga) tarbiyalash kerak. Bunday holda chidamlilikni tarbiyalashda maksimal qarshilikning 35—80% tashkil etadigan qarshilikdagi kuch mashqlarini takror bajarishdan foydalaniladi. Bu mashqlap holdan toyguncha bajariladi.

Download 189,47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish