Futbolda o`quv trеnirovka mashg`ulotlarini tashkil etishning mеtodologik asoslari



Download 189,47 Kb.
bet19/21
Sana13.07.2022
Hajmi189,47 Kb.
#785793
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
Futbolda o`quv trеnirovka mashg`ulotlarini tashkil etishning mеt

Chaqqonlik va epchillikni tarbiyalash xususiyatlari. Dastlabki tayyorgarlik va boshlang’ich sport ixtisoslashuvi bosqichlarida chaqqonlik va epchillik tarbiyalash koordinastiyasiga ko’ra murakkab bo’lgan harakat amallarini muvaffaqiyatli egallab olish uchun asos yaratadi. Bu O’yinda harakatli o’yinlar,
to’p bilan bajariladmgan mashqlar, akrobatika mashqlari, uncha murakkab bo’lmagam to’siqlar osha yugurish, sakrash, kichikroq balandlikda muvozanat saqlash mashqlari tipik mashqlardir.
Yugurib ketayotib birdan to’xtash, burilish, yo’nalishni o’zgartirish va tezlikda bajarish talabi kabi qo’shimcha topshiriqlar bilan bajariladigan mashqlar katta ahamiyatga ega.
Mushaklarning tabiiy elastikligini va bo’g’inlardagi harakatchanlikni keng ko’lamda yengil harakatlar qilish bilan bajariladigan mashqlar yordamida (epchillikning optimal me’yorini saqlagan holda) saqlab turish kerak.
Jiddiy mashg’ulot qilish va takomillashuv bosqichlarida mashqlarni yangilash va o’zgartirish, ularni yangi, ancha murakkab sharoitlarda bajarish maqsadga muvofiqdir. Sport o’yinlari (basketbol, gandbol, xokkey) alohida ahamiyat kasb etadi.
Epchillikni tarbiyalashda predmetlarsiz hamda yengil predmetlar bilan (bular keng ko’lamda bajariladi) bajariladigan mashqlardan, bo’g’inlar va paylarni mustahkamlaydigan mashqlar bilan qo’shib bajarmaydigan epchillik mashqlaridan, shuningdek, mushaklarni bo’shashtirishga oid mashqlardan foydalaniladi.
17-18 yoshli futbolchilar bilan o’tkaziladigan mashg’ulotlarda ikki-uchta yengil prujinasimon sapchish bilan tugallanadigan, harakatning to’liq amplituda bilan bajariladigan (juft-juft bo’lib va og’irdiklar bilan) yetarlicha samarali bo’lgan maxsus chaqqonlik mashqlari qo’llaniladi.


    1. Jismoniy sifatlarni rivojlantirish natijalari


Jismoniy tayyorgarlik o’quv-trenirovka jarayonining muhim bo’limi hisoblanadi. Jismoniy tayyorgarlik organizmning funktsional imkoniyatlari umumiy darajasini oshirish, har tomonlama jismoniy rivojlantirish, sog’liqni mustahkamlash bilan uzviy bog’liq bo’lgan jismoniy qobiliyatlarni tarbiyalash jarayonidir. Jismoniy tayyorgarlik umumiy va maxsus tayyorgarlikka bo’linadi. O’quv-trenirovka ishida umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlik vazifalari
uzviy bog’liqdir. Futbolchilarning umumiy jismoniy tayyorgarlik jismoniy qobiliyatlarini har tomonlama tarbiyalash, umumiy ish qobiliyatini oshirish vazifalarini hal qiladi. Umumrivojlantiruvchi mashqlar va shug’ullanuvchilar organizmiga umumiy ta'sir ko’rsatuvchi sportning boshqa turlaridan olingan mashqlar bunda asosiy vosita sifatida qo’llaniladi. Bunda mushak paylarining rivojlanishi va mustahkamlanishiga, ichki a'zo va tizimlar funktsiyasining takomillashishiga, harakatlar koordinatsiyasi va harakat sifatlari umumiy darajasining oshirilishiga erishiladi.
Umumiy jismoniy tayyorgarlikni oshirish maqsadida qo’llaniladigan ko’pgina mashqlar organizmga har tomonlama ta'sir ko’rsatadi, ayni chog’da ularning har biri u yoki bu sifatlarni ko’proq rivojlantirishga qaratilgan bo’ladi. Jumladan, baland-past joylarda uzoq muddat yugurish ko’proq chidamlilikni, qisqa masofalarda jadal yugurish esa tezlikni rivojlantirishga, gimnastika mashqlari chaqqonlikni o’stirishga qaratilgandir. Bu mashqlar mashg’ulotning tarkibiy qismiga, ulardan ba'zilari esa ertalabki mashg’ulotga kiritiladi.
Maxsus jismoniy tayyorgarlikning maqsadi - futbolchi uchungina xos bo’lgan jismoniy sifatlar va funktsional imkoniyatlarni rivojlantirish hamda takomillashtirishdan iboratdir. Futbolchilarning faoliyati bajarayotgan harakati intensivligining doim o’zgarib turishi bilan ifodalanadi. Mushaklar ishining yuksak intensivligi faollikning pasayishi va nisbatan tinch holatga o’tish bilan almashib turadi. Jadal yugurish, ilgari tashlanish, sakrashlar yengil yugurish, yurish, to’xtash bilan almashinadi, harakat yo’nalishi, maromi va sur'ati o’zgarib turadi. Bunday faoliyat muayyan jismoniy yuklamani amalga oshirish bilan bog’liq bo’lib, vegetativ jarayonlar, birinchi navbatda, modda almashinuvi, nafas olish va qon aylanishidagi jiddiy funktsional o’zgarishlar bilan davom etadi.
Biroq futbolchilarning o’yin faoliyati faqat sakrash, yugurish va yurishdan iborat emasligini ham hisobga olish kerak. Futbolchilar harakati anchagina murakkab. Yakkama-yakka qattiq kurash sharoitida, eng katta tezlikda va uzoq vaqt davomida g’ayritabiiy (sirpanish, sakrash, bir oyoqqa tayangan holda) bo’lish futbolchiga ayni paytda murakkab taktik vazifani xal qilgan holda to’pni
samarali egallab olishga monelik qilmasligiga kerak. Futbolchilar to’pni qanchalik yaxshi olib yursalar, maydonda qanchalik o’ylab ish tutib harakat qilsalar, futbol tomosha sifatida shuncha qiziqarli bo’ladi. Shuning uchun futbolchilarning jismoniy tayyorgarligi ularning o’yin faoliyati harakatini hisobga olgan holda shunday tashkil qilinishi kerakki, bu ularning texnik va taktik mahoratini takomillashtirish uchun asos bo’lsin.
Ko’proq muayyan jismoniy sifatlarni rivojlantirishga qaratilgan maxsus mashqlar yordamida yo’l-yo’lakay ayrim texnik usullar ijrosini takomillashtirish mumkin. Buning uchun, odatda, bajarish harakteri va tuzilishiga ko’ra u yoki bu texnik usul yohud uning alohida elementlariga o’xshash bo’lgan maxsus mashqlar qo’llaniladi. Jismoniy tayyorgarlik mashg’ulotlarida ko’proq takroriy, oralatib o’tkaziladigan, o’zgaruvchan, o’yin va musobaqa uslublari qo’llanib turadi.
Yillik trenirovka siklida avval umumiy jismoniy tayyorgarlik, keyin shu asosda maxsus jismoniy tayyorgarlik ko’rish tavsiya qilinadi.
Futbol bilan ko’p yil shug’ullanish mobaynida umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlik nisbati, shuningdek, ularning muayyan mazmuni, sport mahoratini o’stirish yuzasidan maxsus tayyorgarlik salmog’i asta-sekin ortib borish tomon o’zgartirilayotir. Futbolchilarning umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarligida kuch, tezkorlik, chaqqonlik, epchillik asosiy o’rin tutadi. Ayni shu jismoniy sifatlar futbolchilarning harakat imkoniyatlari darajasini ifodalaydi.
Futbolchilarda jismoniy sifatlarni rivojlantirish va aniqlash uchun quyidagi test me'yorlaridan foydalandik: 100 m ga yugurish 4x10 m ga mokisimon yugurish.
3 000 m ga yugurish to`ldirma to`pni uloqtirish, o`rnidan uzunlikka sakrash, egiluvchanlikni aniqlash uchun o`tirgan holda oyoqlarni 30 sm ga kerib oldinga engashish.
Dastlabki olingan ma'lumotlar natijalarini bir biriga yaqin ekanligi ayrim ko`rsatkichlarda nazorat guruhi ko`rsatkichlari yuqori ekanligini ham namoyon qildi. Masalan, 100 m ga yugurishda 0,1 soniya, mokisimon yugurishda 0,2
soniya, faqat to`ldirma to`pni otishda 11 sm, tajriba guruhi natijasi balandroq ekanligi namoyon bo`ldi.

Download 189,47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish