Fuqarolik huquqi savollar javoblar


Интеллектуал фаолият натижаларига қуйидагилар киради



Download 205,45 Kb.
bet8/44
Sana24.02.2022
Hajmi205,45 Kb.
#247133
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   44
Bog'liq
fuqarolik huquqi18

Интеллектуал фаолият натижаларига қуйидагилар киради:
- фан, адабиёт, санъат асарлари, ижролар, фонограммалар, эфир ёки кабель орқали кўрсатув ёки эшиттириш берувчи ташкилотларнинг кўрсатувлари ёки эшиттиришлари;
- электрон ҳисоблаш машиналари учун дастурлар ва маълумот-лар базалари;
- ихтиролар, фойдали моделлар, саноат намуналари;
- селекция ютуқлари;
- ошкор этилмаган ахборот, шу жумладан, ишлаб чиқариш сир-лари (ноу-хау).
Фуқаролик муомаласи иштирокчиларининг товарлари, ишлар ва хизматларнинг хусусий унсурларини акс эттирувчи воситаларга нисбатан бўлган ҳуқуқпарга ҳам мутлақ ҳуқуқлар ҳақидаги қоидалар қўлланилади. Маълумки, фуқаролик муомаласида турли-туман субъектлар иштирок этади, айни вақтда, муомалада хилма-хил маҳсулот­лар ва хизматлар ҳам ҳаракатда бўлади. Мана шундай шароитда субъектлар, улар ишлаб чиқарган товарлар ва кўрсатадиган хизматлар алоҳида фарқлаш белгиларига эга бўлиши шарт, акс ҳолда, турли англашилмовчилик, қийинчиликлар вужудга келиши мумкин. Ана шундай фарқлаш белгилари фуқаролик муомаласи иштирокчиларининг ўзларини, унинг ишлаб чиқарган товарлари, бажарадиган ишлари ва кўрсатадиган хизматларининг хусусий аломатларини (индивидуал белгиларини) акс эттирувчи воситалар бўлиб ҳисобланади. Бундай алоҳида фарқлаш белгиларининг қуйидаги турлари мавжуд:
- фирма номлари;
- товар (хизмат кўрсатиш) белгилари;
- товар чиқарилган жой номи.
Маълумки, интеллектуал фаолият энг тез ривожланиб бораётган динамик жараён ҳисобланади. Юксак суръатлар билан давом этаётган бу жараён натижасида интеллектуал фаолиятнинг янги маҳсуллари вужудга келмоқда. Масалан, топограл(улчаш) ва интеграл(ҳисоблаш) микросхемалар. Гарчи улар мавжуд қонунларда назарда тутилмаган бўлса ҳам уларга нисбатан ФКнинг 1031-моддаси 3-қисмида белгиланган қоидалар мазмунидан келиб чиқиб, интеллектуал мулк ҳақидаги қоидалар қўлланилади. Фуқаролик муомаласи иштирокчиларининг улар ишлаб чиқараётган товарлар, кўрсатадиган хизматларининг янги фарқлаш белгилари вужудга келиши мумкин ва бундай ҳолда ҳам уларга нисбатан ФКнинг IV бўлимига тегишли қоидалар қўлланилади.

15. Transport vositalari ijarasi shartnomasi (tushunchasi, huquqiy belgilari) Ekspeditsiya lotincha “expeditio” so'zidan olingan bo'lib, jo'natish,


yuborish degan ma’nolami anglatadi2.
Ular yuk tashuvchi va ularning mijozlari o'rtasida vositachi sifatida
harakat qiladilar. Transport tashkilotlarining mijozlarini xizmat qilish
bo'yicha bunday faoliyat ekspeditsiyali xizmat deyiladi.
Transport ekspeditsiyasi shartnomasi xizmat ko'rsatish bilan bog'liq
shartnomalari turkumiga kiradi.
Ekspeditsiya xizmatlarini ko'rsatish bilan bog'liq huquqiy
mumosabatlar fuqarolik huquqi normalari bilan, aniqrog'i, transport ekspeditsiya shartnomalari orqali rasmiylashtiriladi hamda u transport
xizmatlarini ko'rsatish bilan bog'liq qo'shimcha shartnomalar turiga kiradi.
Bu bilan uning qo'llanilish doirasi va subyektlar (ekspeditor va mijoz)
funksiyalari belgilanadi. Bu shartnoma barcha yuk tashish bilan bog'liq
munosabatlarga ham qo'llanavermaydi. Transport ekspeditsiyasi bo'lishi
uchun albatta yuk tashishni tashkil etish xizmatini amalga oshirish talab
etiladi. Bu shartnomaning mazmuni shundan iboratki, jo'natuvchilar va
qabul qiluvchilarni ularga aloqador bo'lmagan yuk tashib o'tish jarayonini
tashkillashtirish va o'tkazish operatsiyalarini bajarishdan ozod etadi.
Ekspeditorga yuklatilgan asosiy funksiya esa aynan jo'natuvchi va qabul
qilib oluvchi ozod etilgan harakatlarni haq evaziga bajarishni tashkil
etish hisoblanadi.
Mazkur shartnoma ekspeditsiya (ya’ni, yuk tashish xizmatlari) bilan
shug'ullanuvchi korxonalar bilan munosabatlarni ifodalovchi vosita sifatida
ko'riladi. Shartnomadan maqsad ekspeditsiya xizmatlarini ko'rsatuvchi
korxona - ekspeditor fuqarolar yoki yuridik shaxslar bilan shartnoma
tuzganida o'ziga topshirilgan jo'natmani tayinlangan manzilga yuborish
yoxud ularni qabul qilib olib, xaridorga topshirishdir. Ekspeditor yuk
(jo'natma) ni transport korxonalariga topshirish uchun yoki o'zining transport
vositalari, ishchi kuchlari bilan tayinlangan manzilga, aytilgan shaxsga
yetkazish uchun mijozdan qabul qiladi yoxud uni mijozga topshirish uchun
transport tashkilotidan qabul qiladi. Mazkur shartnoma aralash shartnoma
bo'lib, u tufayli mijozlar ba’zi bir tashkiliy-xo'jalik ishlaridan, ya’ni yuklami
qabul qilib olLsh, yetkazib berish, jo'natish, tushirib olish kabilardan ozod
bo'ladilar. Ekspeditor mana shunday turdagi xizmatlarni ko'rsatishga
ixtisoslashgan. Shu sababli uning xizmatidan foydalanish mijoz uchun har
taraflama foydali, qulay bo'lib, uni qo'shimcha majburiyatlardan xalos
qiladi. Ekspeditorda bunday majburiyatlami sifatli amalga oshirish
imkoniyatlari mavjud. Mijozning ham vaqti, ham mablag'i tejaladi. Transport
ekspeditsiyasi shartnomalarining amalda keng qo'llanilishi uni yanada
kengroq huquqiy tartibga solinishiga ham olib keldi. FKning 726-moddasida transport ekspeditsiyasi shartnomasi
tushunchasi berilgan. Unga ko'ra, transport ekspeditsiyasi shartnomasi
bu — ekspeditor haq evaziga va mijoz (yuk jo'natuvchi yoki yuk oluvchi)
hisobidan ekspeditsiya shartnomasida belgilangan yuk tashish bilan bog'liq xizmatlarni bajarish yoki bajarishni tashkil etish majburiyatini olish bilan
bog'liq shartnomadir.
Maxsus belgilarga qarab shartnomalar quyidagi tarzda tasniflanadi:
haq evaziga va tekinga tuziladigan shartnomalar; ommaviy shartnoma va
qo'shilish shartnomasi; asosiy va dastlabki shartnomalar; uchinchi shaxs
foydasiga tuziladigan shartnomalar; bir tomonlama va o'zaro shartnomalar1. Transport ekspeditsiyasi shartnomasi ham o'zining maxsus belgilariga
ko'ra quyidagi huquqiy belgilarga ega:
- birinchidan, shartnomada ekspeditor va yuk tashuvchi boshqaboshqa
shaxs bo'lgan hollarda konsensual, yuk tashuvchi va ekspeditor
bir shaxs bo'lgan hollarda esa real bo'lishi mumkin.
Transport ekspeditsiyasi shartnomasi konsensual (huquq va
majburiyatlami o'zaro kelishish va bunday kelishuvni lozim tartibda
rasmiylashtirish paytda vujudga keltiradigan shartnoma) bo'lishi mumkin.
Chunonchi, ekspeditor ekspeditsiya xizmatlarini bajarishni tashkil qilishida
taraflarning huquq va majburiyatlari shartnoma tegishli tartibda
rasmiylashtirilgandan so'ng vujudga keladi.
Ayrim hollarda agar ekspeditorning o'zi shartnoma bo'yicha yuk
tashuvchi bo'lgan hollarda shartnoma real bo'lishi mumkin. Transport ekspeditsiyasi real bo'lishi uchun taraflarning o'zaro kelishuviga muvofiq
yukni topshirish paytida taraflarda huquq va va majburiyatni vujudga
kelishi lozim bo'ladi.
-ikkinchidan, transport ekspeditsiyasi taraflarining erklari
ifodalanishiga qarab, ikki tomonlama shartnoma hisoblanadi, ya’ni
taraflarning har birida muayyan huquq va majburiyatlar vujudga keladi.
Transport ekspeditsiyasi shartnomasida ekspeditor ham mijoz (yuk
jo'natuvchi yoki yuk oluvchi) ham bir paytning o'zida ham qarzdor,
ham kreditor bo'ladi. Masalan, ekspeditor haq evaziga shartnomada
belgilangan yuk tashish bilan bog'liq xizmatlarni bajarish yoki bajarishni
tashkil etish majburiyatini olsa, mijoz bu majburiyatlarni talab qilish
huquqiga ega. Mijoz bajarilgan xizmatlar uchun o'z vaqtida kelishilgan
haqni to'lash majburiyatini olsa ekspeditor shartnomada shartlashilgan
haqni o'z vaqtida to'lanishini talab qilish huquqiga ega.
-uchinchidan, shartnoma bo'yicha muqobil ijro mavjud, binobarin,
u haq evaziga tuziladi. Shartnomaning mazkur belgisi to'g'ridan-to'g'ri
FKning yuqorida keltirilgan 726-moddasida ifodalangan, ya’ni ekspeditor
haq evaziga yoki mijoz hisobidan shartnomada ko'rsatilgan yuk tashish
bilan bog'liq xizmatlarni bajaradi yoki bajarishni tashkil qilish
majburiyatini oladi.
16. Loyiha va qidiruv ishlari pudrati (tushunchasi va huquqiy belgilari) Loyiha va qidiruv ishlari pudrati shartnomasi o'zining predmetiga
ko'ra pudrat shartnomalarining mustaqil turi hisoblanadi.
Loyiha va qidiruv ishlari pudrati shartnomasi o'zining mohiyatiga ko'ra
qurilish shartnomasi bilan uzviy bog'liq hisoblanadi, chunki loyiha va (qidiruv
ishlari pudrati shartnomasi bo'yicha pudratchi loyihalovchi, qidiruvchi)
buyurtmachining topshirig'i bo'yicha shamomada belgilangan muddatda loyihasmeta
hujjatlarini ishlab chiqish va (yoki) qidiruv ishlarini bajarish majburiyatini,
buyurtmachi esa uni qabul qilib olish va haq to'lash majburiyatini oladi
(FKning 686-moddasi). Bu shartnoma ko'p hollarda qurilish pudrati shartnomasi
tuzilishidan oldin tuziladi Loyiha va qidiruv ishlari pudrati shartnomasining predmeti bo'lib
loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va (yoki) qidiruv ishlarini bajarish
hisoblanadi. Shartnoma predmeti sifatida odatda qurilish loyihlarini va
mazkur qurilishning loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish asosiy ahamiyat
kasb etadi. Loyiha-smeta h u jja tla ri hajmiy-rejali, amaliy va texnikaviy
yechimlarni, binolar, inshootlar va boshqa obyektlarning qurilishi,
rekonstruksiyasi hamda kapital ta ’mirlanishi, shuningdek obodonlashtirish
ishlari qiymatini belgilaydi.
Loyiha-smeta hujjatlari shaharsozlik hujjatlari, shaharsozlik normalari
va qoidalariga muvofiq ishlab chiqiladi, qonun hujjatlariga muvofiq
O'zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo'mitasining
tegishli tarkibiy bo'linmalari, sanitariya-epidemiologiya xizmatlari,
yong'inga qarshi nazorat xnzmatlari, tabiatni muhofaza qilish organlari
va boshqa xizmatlar bilan kelishib olinadi.
Loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish, moliyalashtirish, tasdiqlash
va ulardan foydalanish tartibini belgilash, ularga o'zgartishlar va
qo'shimchalar kiritish buyurtmachining tashabbusi bilan va uning
hisobidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Belgilangan tartibda tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlari obyektlar
qurilishi uchun ruxsatnoma berishga asos bo'ladi.
Pudratchi o'z faoliyatining yakuni sifatida buyurtmachiga tegishli
texnik hujjatlarni yoki hisobotlarni buyutmachiga topshirish shart.
Shartnoma har bir holatda o'ziga xos xususiyatlarga ega bo'lganligi
17. Vorislik huquqi (Meros huquqining obyektlari) Мерос ҳуқуқининг асосий ўзига хос белгилари қуйидагилардан иборат:
1) мерос ҳуқуқи фуқароларнинг хусусий мулки ва мулкий ҳуқуқ ҳамда мажбуриятларини ҳимоя қилиш, уни мустаҳкамлаш воситаси ҳисобланади;
2) мерос қолдирувчи ўзининг хусусий мулк ҳуқуқини вафотидан кейин ҳам сақланиши, кўпайиши, ривож топиши билан оилавий ва қариндошлик ришталарини мустаҳкамлашдаги омилларини ҳисобга олган ҳолда, меросни кимга ўтишига бефарқ қарай олмайди.
3) қонунда белгилаб қўйилган меросхўрлар бўлиб, асосан мерос қолдирувчининг қариндошлик муносабати билан боғланган шахслар, унинг оила аъзолари ва қарамоғидаги меҳнатга қобилиятсиз, ёрдамга муҳтож шахслар ҳисобланадилар;
4) мерос мулкидан олинадиган ҳисса эркаклар учун ҳам, аёлллар учун ҳам, қайд қилинган никоҳдан туғилган болалар учун ҳам, қонун билан белгиланган тартибда оталиги аниқланган болалар учун ҳам, фарзандликка олинганлар учун ҳам, баробардир;
5) васият бўйича меросхўрлар доирасини белгилаш мерос қолдирувчининг мутлақ ҳуқуқи бўлиб, у нафақат жисмоний шахслардан, шунингдек, юридик шахслардан ҳам иборат бўлиши мумкин;
6) қонун бўйича ҳам, васият бўйича ҳам ворислик амалга оширилмаган ҳолларда мерос мулк тақдири суднинг қарори билан ҳал қилинади.
Шундай қилиб, мерос ҳуқуқи фуқаролик ҳуқуқининг ажралмас ва якунловчи қисми ҳисобланиб, фуқароларнинг хусусий мулк ҳуқуқи билан чамбарчас боғланган.
Фуқаролик қонунчилигида мерос ҳуқуқи: ворислик асослари, мерос таркиби, мероснинг очилиши, меросхўрлар тизими ва нолойиқ меросхўрларни меросдан четлатиш асослари, васият бўйича ворисларнинг умумий қоидалири, меросдан мажбурий ҳисса олиш ҳуқуқ­ни, меросни муҳофаза қилиш, уни бошқариш, меросни эгаллашнинг умумий қоидалари, меросга бўлган ҳуқуқни тасдиқлаш, меросни тақсимлаш, меросдан воз кечиш ҳуқуқлари, ҳозир бўлмаган ворисларнинг ҳуқуқлари, мерос-мулкка нисбатан имтиёзли ҳуқуққа эга бўлган шахслар, мерос мулкдан қилинадиган харажатлар, эгасиз қолган мерос мулкининг тақдирини белгилаш ва бошқа меросга оид ҳуқуқий нормалар йиғиндисидан иборатдир.

18. Intellektual mulk (Intellektual mulk obyektlariga nisbatan mutlaqhuquqlar ) 1034-модда. Интеллектуал мулк объектларига нисбатан мутлақ ҳуқуқлар


Интеллектуал фаолият натижасига ёки хусусий аломатларни акс эттирувчи воситага нисбатан мулкий ҳуқуқлар эгасига ана шу интеллектуал мулк объектидан ўз хоҳишига кўра ҳар қандай шаклда ва ҳар қандай усулда мутлақ қонуний фойдаланиш ҳуқуқи тегишли бўлади.

Download 205,45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish