Fuqarolik huquqi savollar javoblar


Prokat shartnomasining muddati



Download 205,45 Kb.
bet5/44
Sana24.02.2022
Hajmi205,45 Kb.
#247133
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44
Bog'liq
fuqarolik huquqi18

Prokat shartnomasining muddati Fuqarolik Kodeksining 559-moddasida
belgilab berilgan. Unga ko'ra, prokat shartnomasi bir yilgacha muddatga
tuziladi. Mulk ijarasi shartnomasini nomuayyan muddatga qaytadan tuzish
va ijaraga oluvchining mulk ijarasi shartnomasini qaytadan tuzishga imtiyozli
huquqi haqidagi qoidalar prokat shartnomasiga nisbatan qo'llanmaydi.
Prokat shartnomasida baho. Prokat shartnomasi bo'yicha molmulkdan
foydalanganlik haqi vaqti-vaqti bilan yoki bir yo'la to'lanadigan
qa t’iy summadagi to'lovlar shaklida belgilanadi (FKning 562-moddasi 1-
qismi). Ushbu qoidadan ko'rinib turibdiki, ijaraga oluvchi ijaraga olingan
mol-mulkdan foydalanganligi uchungina haq to'laydi. Shartnomada haq
to'lashning ikki turi nazarda tutilgan:
1. Vaqti-vaqti bilan to'lanadigan pul summasi shaklida;
2. Bir yo'la to'lanadigan qat’iy summadagi to'lov shaklida.
Ijaraga oluvchi mol-mulkni muddatidan oldin qaytargan taqdirda
ijaraga beruvchi unga mol-mulkdan foydalanganlik uchun olingan haqdan
tegishli qismini mol-mulk amalda qaytarilgan kunning ertasidan boshlab
hisoblagan holda qaytaradi.
7. Qurilish pudrati shartnomasi (shartnomaning turlari) Qurilish pudrati shartnomasi pudrat shartnomasining bir turi
hisoblanadi. Chunonchi, O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining
666-moddasida qurilish p u d ra ti shartnomasi bo'yicha p u d ratch i
shartnomada belgilangan muddatda buyurtmachining topshirig'i bilan
muayyan obyektni qurish yoki boshqa qurilish ishini bajarish majburiyatini
oladi, buyurtmachi esa pudratchiga ishni bajarish uchun zarur sharoit
yaratib berish, ishni qabul qilish va kelishilgan haqni to'lash majburiyatini
oladi. Qurilish pudrati shartnomasi mamlakat iqtisodiyotida ko'p qo'llanishi
bilan va o'ziga xos jihatlarga egaligi bilan maishiy pudrat, loyiha va
qidiruv ishlari pudrati, ilmiy tekshirish, tajriba-konstruktorlik va
texnologiya ishlari pudrati shartnomalaridan ajralib turadi.
Qurilish pudrati shartnomasi murakkab tuzilishga ega. Chunonchi
ushbu shartnoma boshqa pudrat shartnomalaridan farqli ravishda tartibga
solish doirasi keng qamrovli hamda boshqa shartnomalarning ham
elementlarini o'zida mujassam etadi.
Qurilish pudrati shartnomasi korxonalami, turar-jorylami bino va
inshootlarni qurish, qayta tamirlash va rekonstruksiya qilish, montaj
ishlarini amalga oshirish maqsadida tuziladi.
Pudrat shartnomalari ichida qurilish pudrati huquqiy tartibga solish
manbalariga boyligi bilan ajralib turadi. Chunki bu shartnomaviy
munosabatlarni, uning subyektlarini huquqiy tartibga soluvchi bir qator
qonun hujjatlari qabul qilingan.
Pudrat shartnomasi tarixiga nazar tashlaydigan bo'lsak sobiq ittifoq
d a v rid a q u rilish p u d r a ti b ilan bog'liq m u n o sa b a tla r umuman
rivojlanmasdan qoldi. To'g'ri bu davrda qurilish pudrati shartnomasi alohida shartnoma ekanligi aytilsa-da, unda albatta rejali asos majburiy
ekanligi va sotsialistik korxonalar o'rtasida amalga oshirilishi aytib o'tilgan.
Faqatgina 1952-yilga kelib qu rilish p u d ra ti sh a rtn om a si p u d ra t
shartnomasini bir shakli emas, balki alohida shartnoma ekanligi ta ’kidlandi
va bunga huquqiy asos yaratildi. Qurilish pudrati shartnomasining asosiy huquqiy belgilari:
birinchidan, bu shartnoma sonsensual, ya’ni taraflar o'rtasida o'zaro
kelishuvga erishilgan va shartnomada tuzilgan paytdan boshlab taraflarda
huquq va burchlarni vujudga kelt.iradigan shartnomalar guruhiga
mansabdir;

Download 205,45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish