Fuqarolik huquqi savollar javoblar


Mulk ijarasi shartnomasida taraflar



Download 205,45 Kb.
bet20/44
Sana24.02.2022
Hajmi205,45 Kb.
#247133
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   44
Bog'liq
fuqarolik huquqi18

Mulk ijarasi shartnomasida taraflar. Mulk ijarasi shartnomasida
ha r doim taraf sifatida ijaraga beruvchi va ijaraga oluvchi ishtirok
etadi. Fuqarolik Kodeksining 538-moddasida kimlar ijaraga beruvchi
bo'lishi nazarda tutilgan, jumladan mol-mulkini ijaraga berish huquqi
shu mol-mulk egasiga tegishlidir. Qonun yoki mulkdor tomonidan molmulkni
ijaraga berish vakolati berilgan boshqa shaxslar ham ijaraga
beruvchi bo'lishlari mumkin.
Ijaraga oluvchi o'z faoliyatida zarur bo'lgan mol-mulkni ehtiyojni
qondirish maqsadida haq evaziga vaqtincha o'ziga olib turgan shaxsdir.
Ijara munosabatlarida taraflar sifatida, jismoniy va yuridik shaxslar,
davlat, chet el yuridik shaxslari, xorijiy davlatlar ishtirok etishi mumkin. Mulk ijarasi shartnomasi muddati. Mulk ijarasi shartnomasi taraflar
kelishuvi bilan belgilanadigan muayyan muddatga tuziladi. Fuqarolik
Kodeksining 540-moddasiga muvofiq, mulk ija rasi sh a rtn om a si
shartnomada belgilangan muddatga tuziladi. Agar mulk ijarasining muddati shartnomada belgilanmagan bo'lsa,
shartnoma nomuayyan muddatga tuzilgan hisoblanadi. Bunda taraflardan
har biri boshqa tarafni bir oy oldin, ko'chmas mulk ijarasida esa - uch
oy oldin yozma ravishda ogohlantirib, istagan paytda shartnomadan
voz kechishi mumkin. Qonun yoki shartnomada nomuayyan muddatga
tuzilgan mulk ijarasi shartnomasini bekor qilish haqida oldindan
ogohlantirishning boshqa muddatlari ham belgilab qo'yilishi mumkin.
82. Zarar yetkazishdan kelib chiqadigan majburiyatlar (tushunchasi va belgilari) Zarar yetkazishdan kelib chiqadigan majburiyat tushunchasiga
fuqarolik qonunchiligida ta’rif berilmagan. Biroq, mazkur tushuncha
bevosita, g'ayriqonuniy harakat (harakatsizlik) tufayli fuqaroning shaxsiga
yoki mol-mulkiga yetkazilgan zarar, shuningdek, yuridik shaxsga
yetkazilgan zarar, shu jumladan boy berilgan foyda zararni yetkazgan
shaxs tomonidan toiiq hajmda qoplanishi lozimligi tarzda FKning 985-
moddasida o‘z ifodasini topgan. Mazkur normadan zarar yetkazgan
shaxsning yetkazilgan zararni toiiq qoplash majburiyati, hamda
jabrlanuvchining yetkazilgan zararni qoplashni talab qilish huquqi
mavjudligini anglash mumkin. Bu esa o‘z navbatida majburiyatning
an’anaviy tuzilishi (konstruksiyasi) - kreditor va qarzdor munosabatlari
mavjudligini bildiradi. Mazkur holatda zarar yetkazuvchi - qarzdor
hisoblansa, jabrlanuvchi (mulkiga, hayoti yoki sog‘lig‘iga zarar yetgan
shaxs) - kreditor hisoblanadi. Shu bilan birga zarar yetkazilganda
jabrlanuvchining talab qilishi huquqi zarar yetkazuvchi uchun majburiyat
sifatida namoyon boiadi.
Zarar yetkazishdan kelib chiqadigan majburiyatlarga muvofiq, shaxs
(jismoniy yoki yuridik shaxs) ning hayoti va sogiig'i yoki mol-mulkiga
zarar yetkazgan shaxs yetkazilgan zarar toiiq qoplanishi majburiyatini
oladi, jabrlanuvchi esa o‘ziga yetkazilgan zarar qoplanishi talab qilishi
huquqiga ega boiadi. Zarar yetkazishdan kelib chiqadigan majburiyatlarning quyidagi
o'ziga xos belgilari mavjud:
a) bu majburiyatlarning ta’sir doirasi zararni qoplash moddiy
xususiyatlarga ega bo'lishiga qaramasdan, mulkiy hamda shaxsiy nomulkiy
munosabatlarni qamrab ■ oladi; b) ular mutlaq xarakterga ega bo‘lgan mulkiy huquqlar ( mulk
huquqi, umrbod egalik qilish huquqi, yuritish huquqi, operativ
boshqarish huquqi va boshqalar) yoki shaxsiy nomulkiy manfaatlaming
buzilishi natijasida kelib chiqadi;
v) garchi huquq jabrlanuvchi bilan shartnomaviy munosabatlarida
bo'lgan shaxs tomonidan buzilgan bo‘lsa-da, majburiyatlar mutlavq
huquqlar buzilganligi tufayli shartnomasiz xarakterga ega bo'ladi;
g) bu majburiyatlar zarar kim tomonidan kimga yetkazilgani, zarar
qay ko'rinishda yetkazilgani va zararni qoplash usullaridan qat’iy nazar,
to'liq qoplanishini nazarda tutadi;
d) qonunda nazarda tutilgan hollarda zararni to'lash majburiyati
boshqa shaxslarga ham yuklatilishi mumkin.
83 Kredit shartnomasi (tushunchasi, huquqiy belgilari va shakli) Kredit shartnomasi tushunchasi va mohiyati. Kredit shartnomasi
bo'yicha bir taraf, ya’ni bank yoki boshqa kredit tashkiloti (kredit
beruvchi, kreditor) ikkinchi tarafga (kredit oluvchiga) shartnomada
nazarda tutilgan miqdorda va shartlar asosida pul mablag'lari (kredit)
berish, qarz oluvchi esa olingan pul summasini qaytarish va uning
uchun foizlar to'lash majburiyatini oladi (FKning 744-moddasi). Kredit shakllari. Hozirda kreditning bir necha shakllari mavjud.
Kredit aloqalari pul egasi bilan qarz oluvchi o'rtasida bevosita va bilvosita
bo'lishi mumkin. Birinchi holda ular to'g'ridan-to'g'ri muomalaga kirishadi.
Ikkinchi holda esa bu vositachilar orqali yuz beradi. Masalan, kredit
olish uchun uchinchi shaxslarning kelajakda kafil bo'lishligi asosida va
hokazo.
Kredit quyidagi:
a) tijorat krediti;
b) bank krediti;
v) iste’molchi krediti;
g) davlat krediti;
d) xalqaro kredit shakllari orqali kredit munosabatlari subyektlar
o'rtasida amalga oshiriladi.
84. Maishiy pudrat shartnomasi (tushunchasi va huquqiy belgilari) Maishiy pu d rat shartnomasi eng ko‘p qo'llaniladigan ommaviy
sha rtnoma lardan biri hisoblanadi. FKning 656-moddasiga asosan
tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan pudratchi maishiy pudrat
shartnomasi bo'yicha buyurtmachi - fuqaroning topshirig'i bilan uning
maishiy yoxud boshqa shaxsiy ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan ma’lum
ishlarni bajarish majburiyatini, buyurtmachi esa ishni qabul qilish va
haqini to'lash majburiyatini oladigan shartnoma hisoblanadi.
Maishiy pudrat shartnomasining huquqiy belgilari quyidagilami tashkil
etadi:S hartnoma ikki tamonlama shartnoma, haq evaziga tuziladigan
konsessual shartnoma hisoblanadi. Maishiy pudrat shartnomasini tuzish FK va O'zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 12-oktabrdagi 399-son qarori bilan
tasdiqlangan O'zbekiston Respublikasi aholisiga maishiy xizmat ko'rsatish
Qoidalariga asosan amalga oshiraladi1.
Maishiy pudrat shartnomasi ommaviy shartnomalar jumlasiga kiradi.
Chunki pudratchi buyurtma berishni istab o'ziga murojaat qiladigan har
bir shaxsga nisbatan amalga oshirishi shart bo'lgan vazifalari belgilab
qo'yiladigan shartnoma hisoblanadi.
85. Transport ekspedisiyasi shartnomasi (tushunchasi, huquqiy belgilari) 726-модда. Транспорт экспедицияси шартномаси Транспорт экспедицияси шартномаси бўйича экспедитор ҳақ эвазига ва мижоз (юк жўнатувчи ёки юк олувчи) ҳисобидан экспедиция шартномасида белгиланган юк ташиш билан боғлиқ хизматларни бажариш ёки бажаришни ташкил этиш мажбуриятини олади.
Транспорт экспедицияси шартномасида экспедиторнинг экспедитор ёки мижоз танлаган транспортда ва йўналишда юк ташишни ташкил этиш мажбурияти, мижоз ёки ўзининг номидан юк ташиш шартномаси (шартномалари)ни тузиш, юкнинг жўнатилишини ва олинишини таъминлаш мажбурияти, шунингдек ташиш билан боғлиқ бошқа мажбуриятлари назарда тутилиши мумкин.
Қўшимча хизматлар сифатида транспорт экспедицияси шартномасида экспорт ёки импорт учун талаб қилинадиган ҳужжатларни олиш, божхона расмиятчиликлари ёки ўзга расмиятчиликларни бажариш, юкнинг миқдорини ва ҳолатини текшириш, уни ортиш ва тушириш, мижоз зиммасига юклатиладиган божлар, йиғимлар ва бошқа харажатларни тўлаш, юкни сақлаш, уни белгиланган манзилда олиш каби юкни етказиб бериш учун зарур бўлган ҳаракатларни амалга ошириш, шунингдек шартномада белгиланган бошқа операциялар ва хизматларни бажариш назарда тутилган бўлиши мумкин.
Ушбу бобнинг қоидалари транспорт экспедицияси шартномасига мувофиқ экспедиторнинг мажбуриятларини ташувчи бажарган ҳолларга ҳам тааллуқлидир.
Транспорт экспедицияси шартномасини бажариш шартлари, агар транспорт-экспедиция фаолияти тўғрисидаги қонун ҳужжатларида бошқача тартиб белгиланган бўлмаса, тарафларнинг келишуви билан аниқланади.
86. Meros huquqi (vasiyat va uning belgilari) 1120-модда. Умумий қоидалар
Фуқаронинг ўзига тегишли мол-мулкни ёки бу мол-мулкка нисбатан ҳуқуқини вафот этган тақдирда тасарруф этиш хусусидаги хоҳиш-иродаси васият деб эътироф қилинади.
Васиятнома шахсан тузилиши лозим. Васиятноманинг вакил орқали тузилишига йўл қўйилмайди.
Фуқаро ўзининг барча мол-мулкини ёки унинг муайян қисмини қонун бўйича меросхўрлар доирасига кирадиган, шунингдек кирмайдиган бир ёки бир неча шахсга, шу билан бирга юридик шахсларга, давлатга ёки фуқароларнинг ўзини ўзи бошқариш органларига васият қилиши мумкин.
Васият қилувчи қонун бўйича меросхўрлардан биттасини, бир нечасини ёки ҳаммасини изоҳ бермаган ҳолда меросдан маҳрум қилишга ҳақли. Қонун бўйича меросхўрни меросдан маҳрум этиш, агар васиятномадан бошқа ҳол келиб чиқмаса, бу васият қилувчининг тақдим этиш ҳуқуқи бўйича ворислик қиладиган авлодларига нисбатан татбиқ этилмайди.
Мерос қолдирувчи ҳар қандай мол-мулк тўғрисидаги фармойишни ўз ичига оладиган васиятнома тузишга ҳақли.
Мерос қолдирувчи васият қилаётган пайтида ўзига тегишли бўлмаган мол-мулк тўғрисидаги фармойишни ўз ичига оладиган васиятнома тузишга ҳақли. Агар мерос очилган пайтга келиб, бундай мол-мулк унга тегишли бўлиб қолса, тегишли фармойиш ҳақиқий ҳисобланади. O'zbekiston Respublikasining 1996 yil 29 avgustda qabul qilinib,
o'tgan o'n yil davomida o'zining hayotiyligini ko'rsatgan fuqarolik
kodeksining merosga oid huquqiy normalarini tahlil etish natijasida
vasiyatning quyidagi belgilarini e’tirof etishlari lozim.:
• Birinchidan, vasiyatnoma, o'z-o'zidan ma’lumki u yozma shaklda tuzilgan hujjat;
• Ikkinchidan, hujjat albatta vasiyat qoldiruvchi tomonidan shaxsan
tuzilgan bo'lishi kerak, uni vakil orqali tuzilishiga yo'l qo'yilmaydi;
• Uchinchidan, vasiyatnoma qoida tariqasida shaxsan yozilib imzo
qilinish kerak;
• To'rtinchidan, vasiyatnoma bir tomonlama bitim bo'lib, faqat meros
qoldiruvchining erki bilan tuziladi, merosxo'rning erki bilan olinadi;
• Beshinchidan, mol-mulkni kimga vasiyat qilish meros
qoldiruvchining mutlaq huquqi hisoblanadi;
• Oltinchidan, vasiyatnomada vasiyat bo'yicha huquq oluv oldiga
faqat qonuniy talab va shartlami qo'yishi mumkin;
• Ettinchidan, vasiyatnomani xohlagan paytda va izoh bermay
o'zgartirish, bekor qilish mumkin;
• Sakkizinchidan, vasiyatnoma, albatta, notarius yoki boshqa qonun
bilan huquq berilgan mansabdor shaxslar tomonidan guvohlantirilishi
shart;
• To'qqizinchidan, vasiyatnoma faqat meros ochilgandan keyingina
amal qila boshlaydi;
• O'ninchidan, vasiyatnoma bo'yicha huquqiy oqibat — ikki
tomonning -vasiyat qoldiruvchi va merosxo'rlarning xohish-irodasi amalga
oshirilgan holda vujudga keladi.
87.Zarar yetkazishdan kelib chiqadigan majburiyatlar (fuqarolik-huquqiy javobgarlik) Fuqarolik huquqiy javobgarlik deganda, mulkiy tusdagi
sanksiyalarni huquqbuzarga nisbatan tatbiq etish tushuniladi. Fuqarolik
huquqining umumiy asoslariga muvofiq, fuqarolik-huquqiy javobgarlik
mulkiy tusga ega bo'lib4, shartnomali majburiyatlarga ham, shartnomadan
tashqari vujudga keladigan majburiyatlarga ham tatbiq etiladi. Biroq,
shartnomali majburiyatlarda javobgarlik ikkilamchi tusga ega boiadi.
Fuqarolik-huquqiy javobgarlik shartnomali majburiyatlarni ≪kuzatib boradi≫ va majburiyat buzilgandagina qo'llaniladi. Agar majburiyat lozim
darajada bajarilsa, javobgarlik masalasi vujudga kelmaydi.
Zarar yetkazishdan vujudga keladigan majburiyatlarda esa,
javobgarlik huquqbuzarlik fakti asosida vujudga keladi. Ya’ni, zarar
yetkazishdan vujudga keladigan majburiyat vujudga kelishi bilan u o'z
mazmunida javobgarlikni, buquqbuzarga sanksiya qo'llash imkoniyati
mavjudligini ifodalaydi. Albatta bu vaziyatda javobgarlik boshqa bir
majburiyatni to'ldirmaydi, ≪kuzatmaydi≫ (shartnomali majburiyatlardagi
kabi), u zarar yetkazishdan kelib chiqadigan majburiyatlardagi huquqbuzar
majburiyatining mazmunini tashkil etadi.
88. Hadya shartnomasi (tuushunchasi, huquqiy belgilari) Hadya deb shunday shartnomaga aytUadiki, unga ko‘ra bir taraf (hadya
qiluvchi) boshqa taraf (hadya oluvchi) ga ashyoni tekinga mulk qilib beradi
yoki berish majburiyatini oladi yoxud unga o‘ziga yoki uchinchi shaxsga
nisbatan mulk huquqi (talabini) beradi yo berish majburiyatini oladi yoxud
uni o'zi yoki uchinchi shaxs oldidagi mulkiy majburiyatdan ozod qiladi yoyinki
ozod qilish majburiyatini oladi (FKning 502-moddasi). Uning mohiyati shundaki,
bunda mulk tekin topshiriladi, ya’ni hadya qiluvchining tasarrufida boigan
ashyo hadya oluvchiga mol-mulk qilib o'tkaziladi Hadya shartnomasi odatdagi shartnomalardan ba’zi huquqiy belgilariga
ko'ra farq qiladi. Aytaylik, buni mazkur turdagi shartnomaning haqiqiy
sanalmasligi hollarida ham ko'rish mumkin. Bitimlaming haqiqiy sanalishi
uchun odatdagi qo'yiladigan shartlardan tashqari, hadyada, birinchidan,
ashyo, mulk huquqi yoki mulkiy majburiyatdan ozod qilish shaklidagi
hadya ashyosini (predmetini) aniq ko'rsatish kerak; ikkinchidan, hadya
predmeti hadya oluvchiga hadya qiluvchining tirikligida topshirilishi kerak.
Shuningdek, yuqoridagi uchta holat bo'yicha tuzilgan shartnomalar, albatta,
oddiy yozma shaklda tuzilishi, ko'chmas mulklami hadya qilish esa, ayni
paytda, notarial tasdiqlanishi va davlat ro'yxatidan o'tkazilishi ham kerak.
Haqiqiy sanalmaslik holati hadya oluvchining nomi va narsasi
k o 'r s a tilm a g a n h a d y a n i v ak il tom o n id an amalg a o sh irilu v c h i
ishonchnomalarga ham taalluqli.
89. Qurilish pudrati shartnomasi (tushunchasi va huquqiy belgilari) Qurilish pudrati shartnomasi pudrat shartnomasining bir turi
hisoblanadi. Chunonchi, O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining
666-moddasida qurilish p u d ra ti shartnomasi bo'yicha p u d ratch i
shartnomada belgilangan muddatda buyurtmachining topshirig'i bilan
muayyan obyektni qurish yoki boshqa qurilish ishini bajarish majburiyatini
oladi, buyurtmachi esa pudratchiga ishni bajarish uchun zarur sharoit
yaratib berish, ishni qabul qilish va kelishilgan haqni to'lash majburiyatini
oladi. Qurilish pudrati shartnomasi mamlakat iqtisodiyotida ko'p qo'llanishi
bilan va o'ziga xos jihatlarga egaligi bilan maishiy pudrat, loyiha va
qidiruv ishlari pudrati, ilmiy tekshirish, tajriba-konstruktorlik va
texnologiya ishlari pudrati shartnomalaridan ajralib turadi. Qurilish pudrati shartnomasining asosiy huquqiy belgilari:

Download 205,45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish