Олдинги таҳрирга қаранг. Асарнинг мазмунини ташкил этувчи қоидаларни (ихтироларни, бошқа техникавий, иқтисодий, ташкилий ва шу каби ечимларни) амалий қўллаш асардан муаллифлик ҳуқуқи маъносида фойдаланганлик деб ҳисобланмайди.
71 Qarz shartnomasi (shakli; shakliga rioya qilmaslik oqibatlari) 733-модда. Қарз шартномасининг шакли Олдинги таҳрирга қаранг. Фуқаролар ўртасида қарз шартномаси, агар бу қарзнинг суммаси базавий ҳисоблаш миқдорининг ўн бараваридан ортиқ бўлса, оддий ёзма шаклда тузилиши шарт, шартномадаги тарафлардан бири юридик шахс бўлганида эса суммасидан қатъи назар, ёзма шаклда тузилиши шарт.
(733-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2019 йил 3 декабрдаги ЎРҚ-586-сонли Қонуни таҳририда — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 04.12.2019 й., 03/19/586/4106-сон) Қарз шартномасининг ёзма шаклига риоя қилмаслик ушбу Кодекснинг 109-моддасида назарда тутилган оқибатларга олиб келади.
Агар қарз олувчининг тилхати ёки унга қарз берувчи томонидан муайян сумма ёки муайян миқдордаги ашёлар топширилганлигини тасдиқлайдиган бошқа ҳужжат мавжуд бўлса, қарз шартномаси ёзма шаклда тузилган ҳисобланади.
Агар қарз мажбурияти қарз олувчи томонидан берилган вексель, облигация ёки қарз суммасини ва қарз берувчининг уни ундириб олиш ҳуқуқини белгилайдиган бошқа қимматли қоғоз билан тасдиқланган бўлса, қарз шартномасининг ёзма шаклига риоя қилинган ҳисобланади.
72. Pudrat shartnomasi (pudrat bo’yicha bajariladigan ishlar) Pudrat shartnomasi ishni bajarish bilan bog'liq munosabatlardan
kelib chiqadigan majburiyatlar turkumiga kirganligi sababli uning
p redme ti moddiy ko'rinishga ega bo'lgan ashyoni y a ra tish yoki
ta ’mirlashga qaratiladi.
FKning 632-moddasiga asosan pudrat shartnomasi ashyoni tayyorlash
yoki uni qayta ishlash (ishlov berish) yoxud boshqa ishni bajarib, natijasini
buyurtmachiga berish yoki boshqacha tarzda topshirish haqida tuziladi.
Agar pudrat shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan
bo'lmasa, ish pudratchining materiallari, uning kuchi va mablag'lari
hisobidan bajariladi.
Agar buyurtmachi bergan materialdan foydalangan holda ishni
bajarish shartnomada nazarda tutilgan bo'lsa pudratchi buyurtmachi
bergan materialdan tejab-tergab va rejali foydalanishi, ish tugaganidan
so'ng ishlatilgan material to'g'risida buyurtmachiga hisobot berishi,
shuningdek uning qoldig'ini qaytarib berishi yoxud o'z ixtiyoridagi
fo y d a lan ilm ay q olgan m a te ria ln in g q iym a tin i hisobga olib,
buyurtmachining roziligi bilan ishning bahosini kamaytirishi shart.
Pudratchi buyurtmachi bergan materialni tegishli suratda qabul
qilib olayotganida undagi kamchiliklarni aniqlash mumkin bo'lmaganligini
isbot qila olmasa, u buyurmachi bergan materialning kamchiliklari tufayli
ishning lozim darajada bajarilmaganligi uchun javobgar bo'ladi.
Pudrat shartnomasini bajarish munosabati bilan buyurtmachi bergan
material, uskuna, qayta ishlashga (ishlov berishga) topshirilgan ashyo va pudratchi ixtiyoriga o'tgan boshqa mol-mulk saqlanmaganligi uchun
pudratchi javobgar bo'ladi.
Agar pudrat shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan
bo'lmasa, buyurtmachining topshirig'ini bajarish usullarini pudratchi
mustaqil belgilaydi.
Pudratchi o'zi bergan materiallar va uskunalarning sifati tegishli
darajada boimaganligi uchun, shuningdek uchinchi shaxslar huquqlari
bo'lgan materiallar va uskunalarni berganligi uchun javobgar bo'ladi.
Pudratchi bajargan ish pudrat shartnomasining shartlariga, shartlar
bo'lmaganida yoki to'liq bo'lmaganida esa, odatda tegishli turdagi ishlarga
qo'yiladigan talablarga mos kelishi kerak. Agar qonun hujjatlarida yoki
shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo'lmasa, bajarilgan ish
natijasi buyurtmachiga topshirish paytida shartnomada ko'rsatilgan yoki
odatda qo'yiladigan talablar bilan belgilangan xususiyatlarga ega bo'lishi
va oqilona m u d d a t davomida sha rtnomada nazarda tu tilg an id ek
foydalanish uchun, agar u shartnomada belgilangan bo'lmasa, bunday
turdagi ishning natijasidan odatdagidek foydalanish uchun yaroqli bo'lishi
kerak.A gar qonun hujjatlarida pudrat shartnomasi bo'yicha bajariladigan
ishga qo'yiladigan majburiy talablar nazarda tutilgan bo'lsa, tadbirkor
sifatida ish olib borayotgan pudratchi ishni bunday majburiy talablarga
amal qilgan holda bajarishi shart.
Pudratchi belgilangan majburiy talablarga nisbatan sifat jihatidan
birmuncha yuqori talablarga javob beradigan ishni bajarishni pudrat
shartnomasi asosida o'z zimmasiga olishi mumkin.
Qonun h u jja tla r id a yoki p u d r a t sh a rtn om a sid a p u d ra tc h i
buyurtmachiga ishning sifatiga kafolat berishi nazarda tutilgan bo'lsa,
pudratchi butun kafolat muddati davomida FK 647-moddasining birinchi
qismi talablariga mos keladigan ish natijalarini buyurtmachiga topshirishi
shart. Agar pudrat shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan
bo'lmasa, ishlar natijasining sifatiga berilgan kafolat ishning natijasini
tashkil etuvchi hamma narsaga tegishli bo'ladi. Ishning bajarish muddati va bahosi Pudrat shartnomasining muhim shartlaridan biri uning muddatidir.
Pudrat shartnomasida ishni bajarishning boshlang'ich va oxirgi muddatlari
ko'rsatiladi. Aksariyat hollarda shartnomada ishning yakunlash qismi
ko'rsatiladi. Pudratchi mazkur muddatdan kelib chiqib ishni o'ziga rejalashtirib
oladi. Ammo tara fla r kelishuvi asosida, shartnomada ishning ayrim
bosqichlarini tugallash muddatlari (oraliq muddatlar) ham nazarda tutilishi mumkin. Bu oraliq muddatlar pudratchining muyayan ishning ma’lum bir
qismini bajarish va uni topshirishi bilan bog‘liq bo'ladi. Pudrat shartnomasida
ko'rsatilgan ishni bajarishning boshlang'ich, oxirgi va oraliq muddatlari
shartnomada nazarda tutilgan hollarda va tartibda o'zgartirilishi mumkin.
Pudrat shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo'lmasa,
pudratchi ishni bajarishning boshlang'ich va oxirgi, shuningdek oraliq
muddatlarini buzganligi uchun javobgardir. Ayrim hollarda shartnomada
belgilangan oxirgi muddatda ish natijasi buyurtmachi lozim darajada
topshirilsa, oraliq muddatda yuzaga kelgan javobgarlikdan ozod etiladi.
Taraflar kelishuvisiz shartnoma muddatini o'zgartirishga yo'l
qo'yilmaydi. Muddatlarni o'zgartirish o'zaro kelishuvga ko'ra shartnomada
nazarda tutilgan hollarda va tartibda o'zgartirilishi mumkin.
Pudrat shartnomasida bajariladigan ishning bahosi yoki uni aniqlash
usullari ko'rsatiladi. Pudrat shartnomasida baho nazarda tutilmagan bo'lsa
shartnomani bajarganlik uchun o'xshash vaziyatlarda odatda shunday
tovarlar, ishlar yoki xizmatlar uchun olinadigan baho bo'yicha haq
to'lanishi lozim bo'ladi.
Pudrat shartnomasidagi ishning bahosi pudratchining chiqimlarini va
unga to'lanadigan haqni o'z ichiga oladi. Pudratchining chiqimlari ish
natijasini yaratish uchun buyurtmachi biror material bermaganlik natijasida
pudratchi tomonidan ishni bajarish uchun qilgan sarf xarajatlari kiradi.
Masalan, poyafzalni ta ’mirlashda usta tomonidan ishlatilgan yamash, tikish
uchun materiallar, mix qoqishi, yelimlashi natijasida ularning qiymatini
o'z-o'zidan pudrat qiymatiga kiritib yuboradi. Ish bajarganlik uchun to'langan
haq pudratchining mehnatida rag'batlantirish hisoblanadi. Bu ikkisi bir
bo'lib shartnoma bahosini tashkil etadi. Ayrim hollarda pudratchining
chiqimlarisiz ham shartnomaning bahosi belgilanishi mumkin. Bunda
buyurtmachi pudratchini barcha materiallar bilan ta’minlashi lozim bo'ladi
73. Haq evaziga xizmat ko’rsatish shartnomasi (yuk tashish shartnomasi tushunchasi va turlari) 61savol
74. Meros huquqining subyektlari (Noloyiq merosxo’rlarni merosdan chetlatish) 1119-модда. Нолойиқ меросхўрларни меросдан четлатиш Мерос қолдирувчини ёки эҳтимол тутилган меросхўрлардан бирортасини қасддан ўлдирган ёки уларнинг ҳаётига суиқасд қилган шахслар васият бўйича ҳам, қонун бўйича ҳам мерос олиш ҳуқуқига эга эмаслар. Васият қилувчи ўз ҳаётига суиқасд қилинганидан кейин васиятнома берган шахслар бундан мустасно.
Мерос қолдирувчи ўзининг охирги хоҳиш-иродасини амалга оширишига қасддан тўсқинлик қилган ва шу орқали ўзларининг ёки ўзларига яқин шахсларнинг ворисликка чақирилишига ёхуд мероснинг ўзларига ёки ўзларига яқин шахсларга тегишли улуши кўпайтирилишига имкон яратган шахслар васиятнома бўйича ҳам, қонун бўйича ҳам мерос олиш ҳуқуқига эга эмаслар.
Болаларига нисбатан ота-оналик ҳуқуқларидан маҳрум этилган ва мерос очилган пайтда бу ҳуқуқлари тикланмаган ота-оналар ана шу болалардан қолган мулкка ворис бўлиш ҳуқуқига эга эмаслар, шунингдек мерос қолдирувчига таъминлаб туриш юзасидан қонунга кўра зиммаларига юклатилган мажбуриятларини бажаришдан бўйин товлаган ота-оналар (фарзандликка олувчилар) ва вояга етган болалар (фарзандликка олинганлар) қонун бўйича ворислик қилиш ҳуқуқига эга эмаслар.
Нолойиқ меросхўрларни ворисликдан четлатиш учун асос бўладиган ҳолатлар бундай четлатиш келтириб чиқарадиган ворислик билан боғлиқ мулкий оқибатларга дахлдор шахснинг даъвоси бўйича суд томонидан белгиланади.
Ушбу модда қоидалари васият мажбуриятига нисбатан ҳам қўлланилади.
Ушбу модданинг қоидалари ҳар қандай меросхўрларга, шу жумладан мажбурий ҳисса олиш ҳуқуқига эга бўлган меросхўрларга ҳам тааллуқлидир.
75. Mualliflik huquqi (Mualliflik shartnomasi) 1067-модда. Муаллифлик шартномаси Ушбу Кодекс 1056-моддасининг учинчи қисмида назарда тутилган мулкий ҳуқуқлар фақат муаллифлик шартномасини тузиш йўли билан ҳуқуқ эгаси томонидан бошқа шахсга ўтказилиши мумкин, ушбу Кодексда ва бошқа қонунларда белгиланган ҳоллар бундан мустасно.
Муаллифнинг мулкий ҳуқуқларини бошқа шахсга ўтказиш мутлақ ҳуқуқларни бошқа шахсга ўтказиш тўғрисидаги муаллифлик шартномаси асосида ёки мутлақ бўлмаган ҳуқуқларни бошқа шахсга ўтказиш тўғрисидаги муаллифлик шартномаси асосида амалга оширилиши мумкин.
Мутлақ ҳуқуқларни бошқа шахсга ўтказиш тўғрисидаги муаллифлик шартномаси фақат ушбу ҳуқуқлар ўтказилаётган шахс асардан муайян усулда ва шартномада белгиланган доирада фойдаланишига рухсат беради.
Мутлақ бўлмаган ҳуқуқларни бошқа шахсга ўтказиш тўғрисидаги муаллифлик шартномаси фойдаланувчига асардан шундай ҳуқуқларни бошқа шахсга ўтказган мутлақ ҳуқуқлар эгаси ва (ёки) бу асардан айни шундай усулда фойдаланиш учун рухсат олган бошқа шахслар билан тенг равишда фойдаланишга ижозат беради.
Муаллифлик шартномаси бўйича бошқа шахсга ўтказиладиган ҳуқуқлар, агар шартномада бевосита бошқача қоида назарда тутилган бўлмаса, мутлақ бўлмаган ҳуқуқлар ҳисобланади.
Асарга бўлган муаллифлик ҳуқуқи асар акс эттирилган моддий объектга бўлган мулк ҳуқуқи билан боғлиқ эмас.
Моддий объектга бўлган мулк ҳуқуқини ёки моддий объектга эгалик қилиш ҳуқуқини бошқа шахсга ўтказиш шу объектда акс эттирилган асарга бўлган бирон-бир муаллифлик ҳуқуқининг ўз-ўзидан бошқа шахсга ўтказилишига сабаб бўлмайди.
77. Pudrat shartnomasi (bahosi va muddati) Ishning bajarish muddati va bahosi Pudrat shartnomasining muhim shartlaridan biri uning muddatidir.
Pudrat shartnomasida ishni bajarishning boshlang'ich va oxirgi muddatlari
ko'rsatiladi. Aksariyat hollarda shartnomada ishning yakunlash qismi
ko'rsatiladi. Pudratchi mazkur muddatdan kelib chiqib ishni o'ziga rejalashtirib
oladi. Ammo tara fla r kelishuvi asosida, shartnomada ishning ayrim
bosqichlarini tugallash muddatlari (oraliq muddatlar) ham nazarda tutilishi mumkin. Bu oraliq muddatlar pudratchining muyayan ishning ma’lum bir
qismini bajarish va uni topshirishi bilan bog‘liq bo'ladi. Pudrat shartnomasida
ko'rsatilgan ishni bajarishning boshlang'ich, oxirgi va oraliq muddatlari
shartnomada nazarda tutilgan hollarda va tartibda o'zgartirilishi mumkin.
Pudrat shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo'lmasa,
pudratchi ishni bajarishning boshlang'ich va oxirgi, shuningdek oraliq
muddatlarini buzganligi uchun javobgardir. Ayrim hollarda shartnomada
belgilangan oxirgi muddatda ish natijasi buyurtmachi lozim darajada
topshirilsa, oraliq muddatda yuzaga kelgan javobgarlikdan ozod etiladi.
Taraflar kelishuvisiz shartnoma muddatini o'zgartirishga yo'l
qo'yilmaydi. Muddatlarni o'zgartirish o'zaro kelishuvga ko'ra shartnomada
nazarda tutilgan hollarda va tartibda o'zgartirilishi mumkin.
Pudrat shartnomasida bajariladigan ishning bahosi yoki uni aniqlash
usullari ko'rsatiladi. Pudrat shartnomasida baho nazarda tutilmagan bo'lsa
shartnomani bajarganlik uchun o'xshash vaziyatlarda odatda shunday
tovarlar, ishlar yoki xizmatlar uchun olinadigan baho bo'yicha haq
to'lanishi lozim bo'ladi.
Pudrat shartnomasidagi ishning bahosi pudratchining chiqimlarini va
unga to'lanadigan haqni o'z ichiga oladi. Pudratchining chiqimlari ish
natijasini yaratish uchun buyurtmachi biror material bermaganlik natijasida
pudratchi tomonidan ishni bajarish uchun qilgan sarf xarajatlari kiradi.
Masalan, poyafzalni ta ’mirlashda usta tomonidan ishlatilgan yamash, tikish
uchun materiallar, mix qoqishi, yelimlashi natijasida ularning qiymatini
o'z-o'zidan pudrat qiymatiga kiritib yuboradi. Ish bajarganlik uchun to'langan
haq pudratchining mehnatida rag'batlantirish hisoblanadi. Bu ikkisi bir
bo'lib shartnoma bahosini tashkil etadi. Ayrim hollarda pudratchining
chiqimlarisiz ham shartnomaning bahosi belgilanishi mumkin. Bunda
buyurtmachi pudratchini barcha materiallar bilan ta’minlashi lozim bo'ladi
Ishning bahosi smeta tuzish yo'li bilan aniqlanishi mumkin.
Ish pudratchi tomonidan tuzilgan smeta bo'yicha bajarilgan taqdirda,
smeta buyurtmachi tomonidan tasdiqlangan paytdan boshlab kuchga
ega bo'ladi va pudrat shartnomasining bir qismi bo'lib qoladi.
Ishning bahosi (smeta) taxminiy yoki qat’iy bo'lishi mumkin. Pudrat
shartnomasida bunday ko'rsatma bo'lmasa, ishning bahosi (smeta) qat’iy
hisoblanadi.
Agar qo'shimcha ishlarni bajarish zarur bo'lib qolsa va shu sababli
ishning taxminan belgilangan bahosini (taxminiy smetani) ancha oshirishga
to'g'ri kelsa, pudratchi bu haqda buyurtmachini vaqtida ogohlantirishi
shart. Buyurtmachi pudrat shartnomasida ko'rsatilgan ishning bahosini (smetani) oshirishga rozi bo'lmagan taqdirda, shartnomadan voz kechishga
haqli. Bunday hollarda pudratchi buyurtmachidan ishning bajarilgan
qismining bahosini to'lashni talab qilishi mumkin.
Buyurtmachini pudrat shartnomasida ko'rsatilgan ishning bahosini
(smetani) oshirish zarurligi to'g'risida o'z vaqtida ogohlantirmagan
pudratchi ish uchun shartnomada ko'rsatilgan baho bo'yicha haq olish
huquqini saqlab qolgan holda shartnomani bajarishi shart.
Pudratchi, qoida tariqasida, qat’iy baho ( qat’iy smeta)ni oshirishni,
buyutmachi esa uni kamaytirishni talab qilishga, shu jumladan bajarilishi
kerak bo'lgan ishning to'la hajmini yoki buning uchun zarur xarajatlarni
pu d rat shartnomasi tuzilayotgan paytda nazarda tutish imkoniyati
bo'lmagan hollarda ham, haqli emas.
Pudratchi tomonidan taqdim qilinishi kerak bo'lgan materiallar va
uskunalar, shuningdek uchinchi shaxslar tomonidan unga ko'rsatiladigan
xizmatlar bahosi ancha oshgan va buni shartnoma tuzish vaqtida nazarda
tu tish mumkin bo'lmagan hollar ham uchrab turadi. Bu holatlar
vaziyatning jiddiy o'zgarishi hisoblanadi. Pudrat shartnoma tuzishda
taraflar uchun asos bo'lgan vaziyatning jiddiy o'zgarishi, agar boshqacha
tartib shartnomada nazarda tutilgan bo'lmasa yoki uning mohiyatidan
anglashilmasa, shartnoma bahosini (smetani) o'zgartirish mumkin. Bu
holatlar yuz bersa FKning 383-moddasi talablaridan kelib chiqib,
pudratchi belgilangan ish bahosini (smetani) oshirishni talab qilishga,
b u y u rtm a ch i bu talabni b a ja rish d an bosh tortg an taq d ird a esa,
shartnomani bekor qilishni talab qilishga haqli.
Agar taraflar shartnomani jiddiy o'zgargan vaziyatga muvofiqlashtirish
yoki uni bekor qilish haqida kelisha olmagan bo'lsalar, quyidagi hollarda
shartnoma manfaatdor tarafning talabi bilan sud tomonidan bekor qilinishi
yoki o'zgartirilishi mumkin:
1) pudrat shartnomasini tuzish paytida taraflar ish uchun ketadigan
materiallarning narx-navosida bu darajada o'zgarish yuz bermaydi, deb
hisoblagan bo'lsalar;
2) vaziyatning o'zgarishini keltirib chiqargan sabablarni, ular paydo
bo'lganidan keyin manfaatdor taraf (pudratchi, buyurtmachi) pudrat
shartnomasining xususiyatiga va muomala shartlariga ko'ra o'zidan talab
qilinadigan d a ra jad a vijdoniylik va ehtiyotkorlik qilgan bo'lishiga
qaramay, bu sabablarni yenga olmagan bo'lsa;
3) p u d r a t sh a rtn om a s in i uning baho haq id ag i s h a r tla r in i
o'zgartirmasdan bajarish taraflar mulkiy manfaatlarining shartnomaga
mos keladigan nisbatini buzsa va manfaatdor tarafga zarar yetkazsa, natijada ular shartnoma tuzishda umid qilishga haqli boigan narsadan
ko‘p darajada mahrum boisalar;
4) ish muomalasi odatlaridan yoki shartnomaning mohiyatidan
vaziyatning o'zgarishi xavfiga manfaatdor ta ra f uchrashi kerakligi
anglashilmasa.
78 Qarz shartnomasi (tushunchasi va turlari) 71 savolda Obligatsiyalar. Obligatsiyalar ularning egasi pul mablag'lari
berganligini tasdiq etuvchi va qimmatli qog'ozlarning belgilangan
qiymatini ularda ko'rsatilgan muddatda, qayd etilgan foiz to'langan
holda, basharti obligatsiyalarni chiqarish shartlarida o'zgacha qoidalar
nazarda tutilmagan bo'lsa, qoplash majburiyatini tasdiqlovchi qimmatli
qog'ozlardir.
Quyidagi turlardagi obligatsiyalar chiqarilidi:
respublika ichki zayomlarining va mahalliy zayomlarning
obligatsiyalari;
korxonalaming obligatsiyalari.
Obligatsiyalar oddiy va yutuqli, foizli va foizsiz (maqsadli), erkin
muomalada yuritiladigan yoki muomala doirasi cheklangan qilib
chiqarilishi mumkin. Maqsadli obligatsiyalarning rekviziti obligatsiyalar
qaysi mollar (xizmatlar) uchun chiqarilgan bo'lsa, shu mollarni (xizmatlarni)
aks ettirishi shart. Veksel. Veksel beruvchining yoxud vekselda ko'rsatilgan boshqa
to'lovchining vekselda nazarda tutilgan muddat kelganda veksel egasiga
muayyan summani to'lash yuzasidan qat’iy majburiyatini tasdiqlovchi
qimmatli qog'oz veksel hisoblanadi.
Veksellar oddiy va yuboriladigan veksellarga bo'linadi.
Veksel beruvchining muayyan summadagi pulni veksel oluvchiga
yoxud uning buyrug'iga binoan belgilangan muddatda yoki uning talabiga
ko'ra to'lashdan iborat qat’iy majburiyatini o'z ichiga olgan hujjat
oddiy veksel hisoblanadi.
Veksel oluvchining muayyan summadagi pulni oluvchiga yoxud
uning buyrug'iga binoan boshqa shaxsga belgilangan muddatda yoki
uning talabiga ko'ra to'lash to'g'risidagi qat’iy buyrug'idan iborat
to'lovchiga qaratilgan hujjat yuboriladigan veksel hisoblanadi.
Veksellarni (xazina veksellaridan tashqari) chiqarish, ro'yxatdan
o'tkazish qoidalari, ularni chiqarish va muomalada yuritish shartlarini
Markaziy bank Moliya vazirligi bilan birgalikda belgilaydi. Xazina
veksellarini chiqarish va muomalada yuritish qoidalarini O'zbekiston
Respublikasi Moliya vazirligi belgilaydi.
Veksellarni chiqarish huquqi tijorat banklariga faqat O'zbekiston
Respublikasi Markaziy banki ruxsati bo'yicha beriladi.
79. Meros huquqi (Merosdan majburiy ulush olish huquqi) 1142-модда. Меросдан мажбурий улуш олиш ҳуқуқи Мерос қолдирувчининг вояга етмаган ёки меҳнатга қобилиятсиз болалари, шу жумладан фарзандликка олган болалари, шунингдек меҳнатга қобилиятсиз эри (хотини) ва ота-онаси, шу жумладан уни фарзандликка олганлар, васиятноманинг мазмунидан қатъи назар, қонун бўйича ворис бўлганларида улардан ҳар бирига тегиши лозим бўлган улушнинг камида ярмини (мажбурий улуш) мерос қилиб оладилар.
Мажбурий улуш олиш ҳуқуқига эга бўлган меросхўр бирон-бир асос бўйича меросдан оладиган ҳамма нарса, шу жумладан оддий уй жиҳозлари ва рўзғор буюмларидан иборат мол-мулкнинг қиймати ҳам, бундай меросхўр фойдасига қилинган васият мажбуриятининг қиймати ҳам мажбурий улушга қўшилади.
Меросдан мажбурий улуш олиш ҳуқуқига эга бўлган меросхўр учун васиятномада белгиланган ҳар қандай чеклашлар ва шартлар унга тегадиган мероснинг мажбурий улушдан ортиқча қисмига нисбатангина ҳақиқийдир.
80 Mulk ijarasi shartnomasi (shakli va muddatlari) Mulk ijarasi shartnomasining shakli.Qonunda mulk ijarasi
shartnomasining shakliga alohida ahamiyat berilgan. Agar mulk ijarasi
shartnomasi bir yildan ortiq muddatga tuzilishi mo'ljallangan bo'lsa,
taraflardan birontasi yuridik shaxs bo'lgan hollarda esa, muddatidan
qat’iy nazar, yozma shaklda tuzilishi shart.
Ko'chmas mulk ijarasi shartnomasi notarial guvohlantirilishi va davlat
ro'yxatidan o'tkazilishi lozim.
Mulk huquqining kelgusida ijarachiga o'tishini nazarda tutuvchi
mulk ijarasi shartnomasi, bunday mulkning oldi-sotdi shartnomasi uchun
nazarda tutilgan shaklda tuziladi (FKning 539-moddasi).