T/r
|
Pensiya va nafaqa oluvchilarning toifasi
|
Jami soni
|
shundan, yangi tayinlangan
|
Jami:
|
3 885 915
|
333 450
|
1
|
Yoshga doir pensiya oluvchilar
|
2 849 007
|
224 140
|
2
|
Nogironlik pensiya oluvchilar
|
386 555
|
29 660
|
3
|
Boquvchisini yo‘qotganlik pensiya oluvchi oilalar
|
189 067
|
21 309
|
4
|
Nafaqa oluvchilar
|
400 286
|
58 341
|
Shundan:
|
4.1
|
Yoshga doir nafaqa oluvchilar
|
42 519
|
12 167
|
Mazkur jadval ma’lumotlariga qaraydigan bo’lsak, yoshga doir pensiya oluvchilar soni 3 mln.ga yetmoqda. Bunda ishlamaydigan pensionerlarga pensiya to’lash xarajatlari eng katta salmoqqa ega.
Keling endi 2021-yil 1-mart holatiga nisbatan berilgan statistikaga to’xtalib o’tsak.
2021 yil 1 mart holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda pensiya va nafaqa oluvchilar soni 3,8 million kishini tashkil etmoqda.
Qayd etilishicha, mart boshida jami pensiya oluvchilar 3,4 million kishini, nafaqa oluvchilar esa 410,5 ming kishini tashkil etdi.
2021 yilning 1 yanvar holatiga nisbatan pensiya oluvchilarning umumiy soni 2021 yil mart holatiga 39,6 ming nafar (0,4 foiz)ga ortdi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga hamda O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash haqida” 2011-yil 7-apreldagi 107-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: Shundan. yoshga doir pensiya oluvchilar soni 21,8 ming, nogironlik pensiyalari 4,3 ming, boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi oluvchi oilalar soni 3,5 mingtaga ortdi.
So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, yoshga doir pensiya oluvchilar 2,8 million kishi, nogironlik pensiyasi oluvchilar 390,8 ming kishi, boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi oluvchi oilalar 192,5 mingtani tashkil etmoqda.
2021 yilning 1 yanvar holatiga nisbatan jami nafaqa oluvchilar soni 2021 yil 1 mart holatiga 9,9 ming nafar (0,3 foiz)ga ortdi. Shundan yoshga doir nafaqa oluvchilar soni 2,3 ming kishiga, nogironlik nafaqasi oluvchilar soni 6,5 ming kishiga va boquvchisini yo‘qotganlik nafaqasini oluvchi oilalar soni 1 ming 32 taga ortgan. Joriy yilning yanvar–fevral oylarida 11,5 mingta yangi nafaqalar tayinlangan.
Ma'lum qilinishicha, mart boshida O‘zbekistonda nogironlik nafaqasi oluvchilar soni 328,9 ming kishi, yoshga doir nafaqa oluvchilar 45,1 ming nafar, boquvchisini yo‘qotgan nafaqa oluvchilar (oilalar) 36,4 mingtani tashkil etmoqda.
Pensiya jamg‘armasi statistikasida respublikadagi pensiya va nafaqa oluvchi jami erkak va ayollar ulushi ham keltirilgan. Hisob-kitoblarga ko‘ra, mart oyi boshida jami pensiya va nafaqa oluvchi erkaklar 1,6 millionni (43,2 foiz) tashkil etmoqda. Ma'lum qilinishicha, O‘zbekistonda pensiya va nafaqa oluvchi ayollar jami 2,1 millionga (56,8 foiz) yetdi6
Do'stlaringiz bilan baham: |