III. Pensiyalar tayinlash uchun ish stajini hisoblab chiqish va tasdiqlash tartibi
35. Pensiya olish huquqini beradigan ish stajiga quyidagilar qo‘shib hisoblanadi:
Oldingi tahrirga qarang.
a) faoliyat turi, mulkchilik va xo‘jalik yuritish shakllaridan qat’i nazar, xodim davlat tomonidan ijtimoiy sug‘urtalangan holda bajargan har qanday ish, agar u:
2019-yil 1-yanvarga qadar bo‘lgan davr uchun — O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari to‘lagan;
2019-yil 1-yanvardan keyingi davr uchun — mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlar hisoblangan bo‘lsa.
1965-yilgacha bo‘lgan davrda jamoa xo‘jaligidagi ish stajini hisoblab chiqishda, ushbu yildagi mehnat bilan qatnashish kunlari sonidan qat’i nazar, har bir ishlab berilgan yil ish stajiga bir kalendar yil sifatida qabul qilinadi.
1965-yildan keyingi davr uchun jamoa xo‘jaligidagi ish stajini hisoblab chiqishda, agar jamoa xo‘jaligi a’zosi uzrsiz sabablarga ko‘ra jamoa xo‘jaligida belgilangan mehnatda ishtirok etish minimumini bajarmagan bo‘lsa, ishlangan vaqtning amalda davom etgan davri hisobga olinadi. Agar jamoa xo‘jaligi a’zosi jamoa xo‘jaligida mehnatda ishtirok etishning belgilangan minimumini jamoa xo‘jaligi a’zolari tarkibiga qabul qilish (chiqish) yilida bajargan bo‘lsa, u holda uning ish staji jamoa xo‘jaligi a’zolari tarkibiga qabul qilingan sanadan boshlab (chiqish sanasigacha) qabul qilinadi.
Jamoa xo‘jaligida mehnatda ishtirok etishning belgilangan minimumini tasdiqlaydigan hujjatlar mavjud bo‘lmasa, mehnatning amaldagi davomiyligi bo‘yicha ish vaqti olti kunlik ish haftasidan kelib chiqib hisobga olinadi.
Ijodiy faoliyat bilan mashg‘ul bo‘lgan ijodiy uyushmalar a’zolariga 1991-yil 1-yanvargacha ish staji agar ana shu muallifning asari birinchi marta e’lon qilingan yoki jamoat oldida ijro etilgan (namoyish etilgan) kundan e’tiboran, 1991-yil 1-yanvardan boshlab esa — ular faqat O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari to‘lagan bo‘lsalar, ijodiy uyushmalarning boshqaruvlari tomonidan belgilanadi.
Ish stajiga, o‘tgan davr uchun biryo‘la qo‘shib hisoblash (to‘lash)dan qat’i nazar, uning uchun:
2019-yil 1-yanvarga qadar bo‘lgan davr uchun — sug‘urta badallari;
Oldingi tahrirga qarang.
2019-yil 1-yanvardan keyingi davr uchun — yagona ijtimoiy to‘lov to‘langan oylar qabul qilinadi, dehqon xo‘jaliklari a’zolari hamda qoramol yetishtirish hamda tomorqa va dehqon xo‘jaliklarida yetishtirilgan chorvachilik mahsulotlarini sotish, shuningdek, tomorqa xo‘jaliklarda qishloq xo‘jalik mahsulotlarining boshqa turlarini (o‘simlikshunoslik, chorvachilik, baliqchilik mahsulotlarini) yetishtirish bilan band bo‘lgan shaxslar bundan mustasno;
(35-bandning “a” kichik bandi o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 23-iyundagi 391-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.06.2021-y., 09/21/391/0590-son)
(35-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-oktabrdagi 889-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.10.2019-y., 09/19/889/3945-son)
b) harbiy xizmat (shu jumladan safarbarlik chaqirig‘i rezervidagi harbiy xizmat) va partizanlar otryadlari va qo‘shilmalarida bo‘lish, davlat xavfsizligi organlaridagi va ichki ishlar organlaridagi xizmat;
v) harbiylashtirilgan soqchilikda, maxsus aloqa organlarida va idoraviy bo‘ysunuvidan qat’i nazar, kon-qutqaruv qismlaridagi xizmat;
Oldingi tahrirga qarang.
g) O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari to‘lagan bo‘lsa, yakka tartibdagi mehnat faoliyati yoki qoramol yetishtirish hamda tomorqa va dehqon xo‘jaliklarida yetishtirilgan chorvachilik mahsulotlarini sotish bo‘yicha faoliyat;
(35-bandning “g” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 23-iyundagi 391-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.06.2021-y., 09/21/391/0590-son)
d) qarab turish vaqti:
I guruh nogironiga yoki 16 yoshgacha nogiron bolaga qarab turish;
o‘zgalarning parvarishiga muhtoj bo‘lgan qariyalarga qarab turilgan vaqt — 80 yoshga to‘lgan qariya o‘zganing parvarishiga muhtoj bo‘lgan davr.
Bunda I guruh nogironini yoki 16 yoshgacha nogiron bolani, shuningdek o‘zgalarning parvarishiga muhtoj bo‘lgan 80 yoshga to‘lgan keksaga qarab turish vaqti pensiya tayinlash uchun zarur bo‘lgan ish stajiga faqat qarab turgan va qarab turishga muhtoj bo‘lgan shaxs bilan birga yashagan shaxslardan biriga qo‘shib hisoblanadi;
Do'stlaringiz bilan baham: |