Fuqarolarning pensiya ta’minotini amalga oshirishda byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi va uning hududiy



Download 44,56 Kb.
bet17/18
Sana28.10.2022
Hajmi44,56 Kb.
#857592
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
hisbotot tayyor 3-kurs

Oldingi tahrirga qarang.
44. Agar dehqon xo‘jaligi a’zosi yoki sovxoz xodimi ushbu yilda 12 oy ishlagan va kamida 9 oy mobaynida:
2019-yil 1-yanvarga qadar bo‘lgan davr uchun — O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari to‘lagan;
2019-yil 1-yanvardan keyingi davr uchun — mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlar hisoblangan bo‘lsa, dehqon xo‘jaligi a’zosining, shuningdek, sovxoz xodimining ish stajiga bir kalendar yil qo‘shib hisoblanadi.
Boshqa hollarda ish staji:
2019-yil 1-yanvarga qadar bo‘lgan davr uchun — sug‘urta badallari to‘langan;
2019-yil 1-yanvardan keyingi davr uchun — mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlar hisoblangan oylar soniga mutanosib ravishda hisobga olinadi.
(44-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-oktabrdagi 889-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.10.2019-y., 09/19/889/3945-son)
Oldingi tahrirga qarang.
45. Fermer xo‘jaligi a’zosi va qishloq xo‘jaligi kooperativi (shirkati) xodimining ish staji:
2019-yil 1-yanvarga qadar bo‘lgan davr uchun — O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari to‘lanishining;
2019-yil 1-yanvardan keyingi davr uchun — mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlar hisoblanishining amaldagi davri bo‘yicha aniqlanadi.
(45-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-oktabrdagi 889-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.10.2019-y., 09/19/889/3945-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
46. Qoramol yetishtirish hamda shaxsiy yordamchi va dehqon xo‘jaliklarida yetishtirilgan chorvachilik mahsulotlarini sotish‚ shuningdek, tomorqa xo‘jaliklarda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining boshqa turlarini (o‘simlikshunoslik, chorvachilik, baliqchilik mahsulotlarini) yetishtirish bilan band bo‘lgan shaxslarga mehnat stajini hisoblashda, agar ushbu shaxs ushbu kalendar yilning kamida 9 oyi mobaynida:
(46-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 23-iyundagi 391-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.06.2021-y., 09/21/391/0590-son)
2019-yil 1-yanvarga qadar bo‘lgan davr uchun — badallar;
2019-yil 1-yanvardan keyingi davr uchun — yagona ijtimoiy to‘lov to‘lagan bo‘lsa, pensiya tayinlash uchun ish stajiga to‘liq kalendar yil qo‘shib hisoblanadi.
Ko‘rsatib o‘tilgan shaxslar, shuningdek, maydoni to‘rt sotixdan kam bo‘lmagan dehqon xo‘jaligida, tomorqa yerida band bo‘lgan yoki ushbu maydonda qoramol yoxud 50 boshdan kam bo‘lmagan parranda yetishtirish jismoniy shaxslar tomonidan:
2019-yil 1-yanvarga qadar bo‘lgan davr uchun — O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari;
2019-yil 1-yanvardan keyingi davr uchun — yagona ijtimoiy to‘lovni O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 311-moddasida belgilangan miqdorda to‘langan taqdirda, qoramol yetishtirish va yetishtirilgan chorvachilik mahsulotlarini sotish hamda parranda parvarishlash bilan band bo‘lish davrlari Qonunga muvofiq pensiya tayinlash uchun mehnat stajiga qo‘shib hisoblanadi.
Ushbu Nizomning ushbu bandida, shuningdek, 44-bandida nazarda tutilgan ish stajini hisoblash tartibi Qonunga muvofiq pensiyalar tayinlashda qo‘llanadi.
(46-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-oktabrdagi 889-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.10.2019-y., 09/19/889/3945-son)
Oldingi tahrirga qarang.
47. Diniy tashkilotlarning band bo‘lgan shaxslarning, shu jumladan mehnat shartnomasi va/yoki fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnoma bo‘yicha ishlovchi shaxslarning ish stajiga:
2019-yil 1-yanvarga qadar bo‘lgan davr uchun — O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari to‘lash;
2019-yil 1-yanvardan keyingi davr uchun — mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlar hisoblash sharti bilan ularning ish davri qo‘shib hisoblanadi.
(47-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-oktabrdagi 889-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.10.2019-y., 09/19/889/3945-son)
Oldingi tahrirga qarang.
48. Chet elda ishlash davrlari:
2019-yil 1-yanvarga qadar bo‘lgan davr uchun — O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga belgilangan sug‘urta badallari;
2019-yil 1-yanvardan keyingi davr uchun — yagona ijtimoiy to‘lovlar to‘langan bo‘lsa, ish stajiga qo‘shib hisoblanadi, ushbu bandning beshinchi xatboshida nazarda tutilgan holat bundan mustasno.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga yagona ijtimoiy to‘lovlarni to‘lash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Pensiyani hisoblash uchun O‘zbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari xodimlarining, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan xalqaro hukumatlararo tashkilotlarga kvota qilingan lavozimlarga xizmat safariga yuborilgan shaxslarning 2015-yil 1-yanvarga qadar chet elda ishlagan davri mehnat stajiga qo‘shib hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari xodimlarining, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan xalqaro hukumatlararo tashkilotlarga kvota qilingan lavozimlarga xizmat safariga yuborilgan shaxslarning 2015-yil 1-yanvarga qadar chet elda ishlagan davri pensiyani hisoblash uchun qabul qilinadigan ish haqini aniqlashda mehnat faoliyatining oxirgi o‘n yillik davriga kiritilmaydi. Bunda O‘zbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari xodimlari, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan xalqaro hukumatlararo tashkilotlarga kvota qilingan lavozimlarga xizmat safariga yuborilgan shaxslar, shuningdek, ularning xotini (eri)ga 2015-yil 1-yanvarga qadar tayinlangan pensiyalar ushbu Nizom va Qonunning 51-moddasi talablari hisobga olingan holda qayta hisoblab chiqilishi lozim.
(48-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-oktabrdagi 889-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.10.2019-y., 09/19/889/3945-son)
49. O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashaydigan xorijiy fuqarolarga va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga chet eldagi ish stajiga, agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida o‘zgacha hol nazarda tutilmagan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasidagi ishga to‘g‘ri keladigan stajning uchdan biridan ortiq bo‘lmagan doirada kiritiladi.

Xulosa
Men 30-maydan 30-iyulgacha bo’lgan vaqt oraligida Byudjetdan tashqari pensiya jamg’armasining Toshkent shahar Yashnobod tuman bo'limida o’z amaliyotimni o’tadim. Ushbu amaliyotimni o’tash jarayonida amaliy bilim va ko’nikmalarga ega bo’ldim, huquqiy-me’yoriy hujjatlar bilan ishlashni o’rgandim. Bundan tashqari amaliyotimni o’tash davrida turli bo’limlarada faoliyat olib bordim va kerakli tajribalarni orttirdim. Fuqarolarga ijtimoiy nafaqalar tayinlash uchun arizalarni bazaga kiritishni o’rgandim. Bundan tashqari fuqarolarga yoshga doir pensiya tayinlash amaliyoti bilan tanishdim. O’zim ham mustaqil ravishda ushbu fuqarolarga pensiya tayinlash jarayonida qatnashdim. men o’z amaliyotimning birinchi haftasida aholi ijtimoiy nafaqalri bo’yicha tushgan arizlar bilan ishladim. Yuqorida aytib o’tganimdek bazaga kiritdim va ijtimoiy nafaqa tayinlash jarayonining keyingi bosqichlari esa kuzatdim. 2-yoshga to’lgunga qadar uni parvarish qilish nafaqasi kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam nafaqasi 18 yoshgacha bo’lgan oilalarga nafaqalar shular jumlasidandir. Yana shuni takidlab o’tish kerakki, yoshga doir pensiya tayinlash amliyotida men o’rganganlarimga ham qisqacha to’xtalib o’tmoqchiman. bunda fuqaro yoshga doir pensiya olish huquqi paydo bo’lgan vaqtdan boshlab murojaat etadi. U kerakli joyga ushbu hujjatlarni taqdim etgan taqdirda unga pensiya miqdori hisoblab chiqiladi va tayinlanadi: Erkaklar; shaxsini tasdiqlovchi hujjat(passport) nusxasi diplom nusxasi(agar mavjud bo’lsa) ish stajini tasdiqlovchi hujjat (mehnat daftarchasi va boshqa hujjatlar) va oyliklarini miqdori keltirilgan talabga javob beruvchi hujjat bunda yagona ijtimoiy to’lovlar to’langan yoki to’lanmaganligi ko’rsatilishi kerak. Ayollar; shaxsini tasdiqlovchi hujjat(passport) nusxasi diplom nusxasi(agar mavjud bo’lsa), farzandlarining tug’ilganlik guvohnomasi, nikoh qaydnomasi nusxasi, bola parvarishida bo’lgan davrlarni tasdiqlovchi hujjat, ish stajini tasdiqlovchi hujjat (mehnat daftarchasi va boshqa hujjatlar) va oyliklarini miqdori keltirilgan talabga javob beruvchi hujjat bunda yagona ijtimoiy to’lovlar to’langan yoki to’lanmaganligi ko’rsatilishi kerak. Fuqarolar ushbu hujjatlar (imtiyozni tasdiqlovchi hujjatlar ham) jamg’armaga taqdim etilgan holda ushbu fuqaroga pensiya tayinlanadi. Pensiya jamg’armasi ushbu amaliyot vaqtida bir qancha davlat o’rganlari bilan hamkorlik qiladi soliq organlari va banklar bunga misol bo’la oladi. Xulosa o’rnida shuni aytib o’tishim kerakki nazariy olgan bilimlarni amaliyotda sinash va ko’nikmalarga ega bo’lishda amaliyotning o’rni katta. Amaliyotni yaxshi o’tab o’ziga kerakli xulosalarni olgan talabalar kelajakda o’z sohasining yetuk mutaxasisi bo’lib, sohadagi mavjud xato kamchiliklarni bartaraf etishiga erishishi mumkin jumladan men ham.




Download 44,56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish