Fuqarolarning pensiya ta’minotini amalga oshirishda byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi va uning hududiy



Download 44,56 Kb.
bet1/18
Sana28.10.2022
Hajmi44,56 Kb.
#857592
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
hisbotot tayyor 3-kurs




Kirish

Reja:

1

Fuqarolarning pensiya ta’minotini amalga oshirishda byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi va uning hududiy
(viloyat, shahar, tuman) bo‘limlarining o‘rni, tashkiliy
tuzilishi va vazifalari

2

Jamg‘arib boriladigan pensiya ta’minoti mablag‘larining shakllanishi va ishlatilishi

3

Davlat pensiyalarining turlari, ularni tayinlash, hisoblash va to‘lash amaliyoti tahlili

4

Xulosa

5

Foydalanilgan adabiyotlar va saytlar

Kirish
Hozirgi kunda mamlakatimiz erkin raqobat muhitiga asoslangan bozor iqtisodiyoti yo’lidan bormoqda. Mamlakatimizning iqtisodiy va ijtimoiy holatni yaxshilashga qaratilgan juda ko’p ishlar olib borilmoqda. Shu jumladan aholini ijtimoiy qilish va mamlakatimizda kambag’allikni qisqartirishga qaratilgan ishlar keng miqiyosida olib borilmoqda. Har bir davlat va mahaliy hokimiyat organi mahallabay va fuqarobay ishlash tizimiga o’tmoqda. Albatta bularning barchasi mamlakatimizda inson huquqlari va erkinliklari qanchalik muhimligini ko’rsatadi. Eng asosiy maqsadimiz esa xalqimiz erkin, farovon va yaxshi yashashini ta’minlashdan iboratdir.


Aholini ijtimoiy himoya qilish bo’yicha choralarning tarkibida davlat pensiyalari muhim o’rin egallaydi. Pensiya ta’minotining ijtimoiy ahamiyati shu bilan aniqlanadiki, hozirgi paytda O‘zbekistondagi ko’plab qariyalar, nogironlar va ularning oila a’zolari, boquvchisini yo’qotganlarning hayotiy muhim manfaatlariga o’z ta’sirini ko’rsatadi. Bozor munosabatlariga o’tilishi munosabati bilan davlat pensiya tizimi murakkab ahvolga tushib qoldi. Pensionerlarning daromadlari doimiy ravishda baholarning darajasidan ortda qolmoqda. Qarilik bo’yicha (yoshga doir) pensiyaning o’rtacha miqdori hayotning yashash darajasidan ancha past. Shu munosabat bilan iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish sharoitida fuqarolarning pensiya ta’minoti bo’yicha huquqlarini davlat tomonidan kafolatlanishini kuchaytirish va pensiya tizimini barqaror rivojlantirish shart-sharoitlarini yaratish maqsadida mamlakatda pensiya tizimi isloh qilinmoqda. Hozirgi paytda O‘zbekiston Respublikasida “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to’g’risida”gi Qonuniga muvofiq pensiyaning quyidagi turlari qo’llanilib kelinayapti: yoshga doir pensiya, nogironlik pensiysi, boquvchisini yo’qotganlik pensiyasi.
Aholini ijtimoiy himoya qilish maqsadida davlatimizda turli xil ishlar olib borilmoqda, jumladan ayollar daftari yoki temir daftarlarning joriy etilishi. Bularning barchasi aholini kambag’al qatlamini kambag’allikdan chiqarish va ularni har tomonama qo’llab quvvatlashdan iboratdir. Shu o’rinda bu daftarlarni joriy etilishi, ijtimoiy taminotning aholiga yetib borishini ham taminlaydi.1
Har yili pensiya va nafaqalarning oshirib borilishi ham aholini ijtimoiy qo’llab quvatlashining bir ko’rinishi hisoblanadi. Zero, bularning barchasi xalqimiz uchun, xalqimizning farovonligi va to’kis hayotini taminlash uchundir.
Men ushbu amaliyotni o’tash davrida o’zimga ko’plab bilim va ko’nikmalarni oldim. Nazariy olgan bilimlarimni yanada mustahkamladim va amaliyotda sinab ko’rdim. Amaliyot davrida olgan taassurotlarim yaxshi. Amaliyot davrida hech qanday salbiy holatlarga duch kelmadm. Ushbu davrda menga amliyot rahbarimiz barcha o’rganishim kerak bo’lgan bilim va ko’nikmalrni o’rgatdi.


1. Fuqarolarning pensiya ta’minotini amalga oshirishda byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi va uning hududiy (viloyat, shahar, tuman) bo‘limlarining o‘rni, tashkiliy tuzilishi va vazifalari.
Endi birinchi rejadagi mavzuga toxtalib o’tadigan bo’lsam, kuchli ijtimoiy siyosat jamiyat hayotining muhim sohasi va har bir davlat faoliyatining muhim yo‘nalishi hisoblanadi. Ijtimoiy yo‘naltirilgan iqtisodiyot tamoyillariga mos pensiya ta’minoti esa uning amaliy vositalaridan biridir. Pensiya ta’minotining to‘g‘ri tashkil etilishi ham muayyan guruhga mansub ko‘plab odamlarning, ham aholining daromadi, mehnati, turmush sifati hamda darajasini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan ijtimoiy siyosat maqsadlariga erishish imkonini beradi. Pensiya tizimi – bu ijtimoiy himoya va ijtimoiy yordamning bir ko’rinishidir. Pensiya – bu fuqarolarning pensiya yoshiga yetganda oladigan daromadlarining bir ko’rinishi bo’lib, mehnat bozoridan ketgan paytdagi to’lanadigan ijtimoiy kompensatsiyadir. Istiqlol yillarida aholini ijtimoiy himoyalashni yanada kuchaytirish, pensiya ta’minoti sifatini oshirish bo‘yicha bosqichma-bosqich islohotlar olib borildi. Pensiya jamg’armasi shakllangan kundan boshlab hozirgacha 60 dan ortiq qonun va qonun osti hujjatlar qabul qilindi. “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to’g’risida” gi Qonunning o’ziga bir qancha o’zgartirish va qo’shimchalar kiritilayotganligi, aytish mumkinki, pensiya ta’minoti tashkiliy tizimini yanada takomillashtirish imkonini beradi. Pensiya qonunchilgi Pensiya jamg’armasi tomonidan pensiya va ijtimoiy nafaqalarni o‘z vaqtida, to‘liq miqdorda moliyalashtirish, to‘lovlar ustidan monitoringni yuritish, pensiya ta’minotiga yo‘naltiriladigan mablag‘larning maqsadliligi va nazoratini kuchaytirish borasidagi vazifalarni taribga solib turadi. Byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasining mablag‘larini shakllantirish va ulardan samarali foydalanish, qonunchligini takomillashtirish masalalari bugungi kunning dolzarb muammosi hisoblanadi. O`zbekiston dunyo aholisi muayyam o`suvchi davlatlar qatoriga kiradi. Respublika aholisining tarkibida yoshlar katta qismini egallashiga qaramasdan, keksalar soni o’sishi bir maromda saqlanib qolmoqda. Mustaqillik yillarida aholining o’rtacha umr ko’rish darajasi yanada yaxshilanib, o’sish tendensiyaga ega bo’lmoqda. Shu sharoitda o’z navbatida, ijtimoiy sug’urta masalalarini taqqoslaganda e’tiborni ko’proq berib, shundan pensiya tizimiga bog’liq masalalar alohida ijtimoiy iqtisodiy ahamiyat kasb etmoqda. Yuqoridagi sabablarga ko’ra, davlatimizda pensiya tizimini ijtimoiy siyosatning yuqori ko’rsatkichlaridan biri sifatida ko’rilmoqda. O’zbekistonda aholining yuqori turmush darajasini ta’minlash va kuchli ijtimoiy siyosat amalga oshirishga asoslangan demokratik ja’miyat qurish singari maqsadli vazifa qo’yilar ekan, bunda davlat maqsadli jamg’armalarining, asosan byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasining hozirgi va kelajakdagi rivojlanishining hisobga olmaslikning iloji yo’q. O’zbekistonda pensiya ta’minoti aholini ijtimoiy himoya qilish tizimining asosiy tarkibiy qismlaridan biri, sababi u deyarli hamma fuqarolarning umrlik huquqlari bilan bog’liq ekan, fuqarolar mehnat qobiliyatini yo’qotganda shu tizim orqali ijtimoiy himoyalanadi. Kuchli ijtimoiy siyosat jamiyat hayotining muhim sohasi va har bir davlat faoliyatining muhim yo‘nalishi hisoblanadi.
Pensiya jamg’armasi o’z ishlarini davlat organlari va boshqa tashkilot bilan o’zaro hamkorlikda amalga oshiradi. Pensiya jamg’armasi tizimiga: Jamg’armaning Qoraqalpog’iston respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi boshqarmalari; Jamg’armaning tuman(shahar) bo’limlari; Respublika tibbiy-ijtimoiy ekspertizainspeksiyasi (TMEK); bosh, tuman, tumanlararo, shahar va ixtisoslashtirilgan tibbiy-mehnat ekpertizasi xizmatlari (TMEX) kiradi. Jamg’arma ijro etuvchi apparatining, unining hududiy boshqarmalari, tuman (shahar) bo’limlari respublikasi tibbiy-ijtimoiy ekspertiza inspeksiyasi (TIEI), TMEX ta’minoti respublikasi byudjeti mablag’lari hisobiga amalga oshirildi. Yuqorida aytib o’tilganlarga asoslangan holda yunusobod pensiya jamg’armasi ham turli organlar bilan hamkorlikda faoliyat olib boradi masalan soliq organlari Xalq banki va yuqorida keltirib otilgan va hakazolar bilan.
Pensiya jamg’armasining asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi:
-qonunda belgilangan tartibda fuqarolarning davlat pensiya ta’minotini tashkil etish, fuqarolarga pensiyalar, ijtimoiy nafaqalar, kompensatsiya to’lovlari va boshqa to’lovlarni tayinlash, pensiya va boshqa to’lovlar miqdorlariningqayta hisobash chiqishini ta’minlash;
-pensiyalar va boshqa to’lovlarni to’liq hajmda moliyalashtirish va to’lanishini tashkil etish, ular bo’yicha hisob va hisobotni yuritish;
-tizimli asosda pensiyalar tayinlash va ularni qayta hisoblashning doimiy tahlilini o’tkazish va manitoringini olib borish, fuqarolarning pensiya ta’minotiga yo’naltirilagan mablag’lardan qat’iy maqsadli foydalanishni ta’minlash;
-mehnatda mayib bo’lganlik yoki kasb kasalligi oqibatidagi nogironliktufayli tayin;angan pensiyalarga to’langan mablag’larni da’volar bo’yicha aybdor yuridik va jismoniy shaxslardan belgilangan tartibda undirib olishni tashkil etish;
-“Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to’g’risidagi” O’zbekiston Respublikasi qonunining 12-moddasi “b”bandiga muvofiq tayinlangan imtiyozli pensiyalarni to’lashga harajatlarni qoplash uchun mablag’larni yuridik shaxslardan belgilangan tartibda undirib olishni tashkil etish;2
-TMEX xizmatlari faoliyatini tashkil etish.
Yuqoridagi funksiolar barcha jamg’armalarga mavjud bo’lib shu jumladan yunusobod pensiya jamg’armasida ham ushbu funksilarni ko’rishimiz mumkin. Bu funksiyalar bevosita jamg’armalarni faoliyatini tartibini ma’lum bir ma’noda belgilab beradi.
Moliya vazirligi xuzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi tuman (shahar) bo’limlarining3
Namunaviy tuzilmasi

Boshliq o’rinbosari

Pensiya, nafaqa va boshqa to’vlarni tayinlash (qayta hisoblash) va boshqa to’lovlarni tashkil qilish shu’basu

Pensiya tayinlash komissiyasi

“Ijtimoiy himoyaga ega yagona reestri” axborot tizimi orqali davlat ijtimoiy xizmatlari va yordamlarini ko;rsatish shu’basi

Boshliq


Download 44,56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish