Fuqarolarning pensiya ta’minotini amalga oshirishda byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi va uning hududiy



Download 44,56 Kb.
bet13/18
Sana28.10.2022
Hajmi44,56 Kb.
#857592
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
hisbotot tayyor 3-kurs

Oldingi tahrirga qarang.
d) ariza beruvchining 1941 — 1945-yillardagi urush davrida front ortida ishlaganligini va harbiy majburiyatlarni bajarganligini tasdiqlaydigan hujjat;
(16-bandning “d” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 31-dekabrdagi 372-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 1-son, 4-modda)
e) tegishli organ tomonidan berilgan harbiy xizmatchining yoki ichki ishlar organlari xodimining o‘limi harbiy xizmat majburiyatlarini yoki ichki ishlar organlarida xizmatni bajarish bilan bog‘liq ekanligini tasdiqlaydigan ma’lumotnoma, shuningdek vafot etgan harbiy xizmatchining yoki ichki ishlar organlari xodimining tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma yoki vafot etgan harbiy xizmatchining yoki ichki ishlar organlari xodimi bilan tuzilgan er-xotin(lar) nikohi to‘g‘risidagi guvohnoma;
j) “O‘zbekiston Qahramoni” unvoni berilganligi to‘g‘risidagi hujjat;
z) faxriy unvon berilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma.
17. Pensiya jamg‘armasi bo‘limi pensiya tayinlash uchun hujjatlarni rasmiylashtirish va taqdim etish masalalari bo‘yicha tushuntirishlar va ma’lumotnomalar berishi shart.
18. Pensiya tayinlashni so‘rab murojaat qilishda pensiya tayinlanayotgan shaxsning pasporti (istiqomat uchun berilgan guvohnoma) taqdim etilishi kerak. Pasporti bo‘lmagan voyaga yetmagan bolalarga nisbatan tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma taqdim etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
181. Manzil-koloniyalarda jazoni o‘tayotgan, ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxsning pasporti (istiqomat uchun berilgan guvohnoma) nusxasi manzil-koloniya ma’muriyati tomonidan manzil-koloniya joylashgan yerdagi Pensiya jamg‘armasi bo‘limiga beriladi.
(181-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 12-martdagi 145-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.03.2020-y., 09/20/145/0295-son)
19. Qonuniy vakilning arizasiga tuman (shahar) hokimining vasiylik yoki homiylikni tayinlash to‘g‘risidagi qarori ilova qilinadi. Ota-ona yoki qonuniy vakil pasportni taqdim etadi.
Oldingi tahrirga qarang.
20. Ariza beruvchining urush ishtirokchisi ekanligini tasdiqlovchi hujjat sifatida 1941 — 1945-yillardagi urush qatnashchisining guvohnomasi, baynalmilalchi jangchilarga beriladigan imtiyoz olish huquqi haqidagi guvohnoma, shuningdek, ularning urush ishtirokchisiga tenglashtirilganligini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar qabul qilinadi.
(20-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 31-dekabrdagi 372-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 1-son, 4-modda)
Urush qatnashchilariga tenglashtiriladigan shaxslar doirasi ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan.
21. Familiyasi, ismi, otasining ismi o‘zgartirilganligini tasdiqlaydigan hujjatlar sifatida quyidagilar taqdim etiladi: nikoh to‘g‘risidagi guvohnoma, familiyasi, ismi, otasining ismi o‘zgartirilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma, nikoh bekor qilinganligi to‘g‘risidagi guvohnoma, fuqarolik holati dalolatnomasining tegishli yozuvidan ko‘chirma, xorijiy davlatlarning vakolatli organlari (mansabdor shaxslari) ma’lumotnomasi.
Oldingi tahrirga qarang.
22. Qaramog‘ida mehnatga layoqatsiz oila a’zolari borligini tasdiqlash masalasi sud qarori bilan hal etilishi mumkin.
(22-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-iyuldagi 429-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2020-y., 09/20/429/1039-son)
23. Ariza beruvchining urush nogironi ekanligini tasdiqlovchi hujjat sifatida TMEKning nogironlik to‘g‘risidagi ma’lumotnomasining tegishli qismi, shuningdek harbiy gospital tomonidan beriladigan kasallik tarixidan ko‘chirma qabul qilinadi.
Urush nogironlariga tenglashtiriladigan shaxslar doirasi ushbu Nizomga 2-ilovada keltirilgan.
Oldingi tahrirga qarang.
24. Mehnat daftarchasi, tashkilotlar va arxiv ma’lumotnomalari, shuningdek mudofaa ishlari bo‘yicha organlarning ma’lumotnomalari ariza beruvchining 1941 — 1945-yillardagi urush davrida ishlaganligi va harbiy majburiyatlarni bajarganligini tasdiqlaydigan hujjat sifatida qabul qilinadi.
(24-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 31-dekabrdagi 372-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 1-son, 4-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
25. Ishlamaydigan II guruh nogironining yolg‘iz yashaydigan pensionerga tegishliligi holati ichki ishlar organlari tomonidan berilgan ma’lumotnoma beruvchining yashash joyi bo‘yicha bir o‘zi yashashi (ro‘yxatdan o‘tkazilganligi) to‘g‘risidagi ma’lumotnoma asosida belgilanadi.
(25-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-iyuldagi 429-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2020-y., 09/20/429/1039-son)
Oldingi tahrirga qarang.
26. Qonunning 12-moddasi “z” bandiga muvofiq pensiya tayinlanayotganda bola tug‘ilganligi holati tug‘ilish haqidagi guvohnoma asosida belgilanadi.
(26-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-iyuldagi 429-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2020-y., 09/20/429/1039-son)
Oldingi tahrirga qarang.
27. Pensiya tayinlash uchun zarur hujjatlar ham asl nusxada, ham Pensiya jamg‘armasi bo‘limi tomonidan tasdiqlangan nusxalarda taqdim etilishi mumkin, faqat asl nusxalarda taqdim etiladigan ma’lumotnomalar (ish haqi, nogironlik va boshqa ma’lumotnomalar) bundan mustasno.
(27-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-iyuldagi 429-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2020-y., 09/20/429/1039-son)
28. O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashaydigan xorijiy fuqarolarning shaxsini, yoshini, yashash joyini, fuqarolikka mansubligini tasdiqlaydigan hujjat sifatida O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari tomonidan berilgan xorijiy fuqaro uchun istiqomat uchun berilgan ruxsatnoma taqdim etiladi.
O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashaydigan fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning shaxsini, yoshini, yashash joyini tasdiqlaydigan hujjat sifatida O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari tomonidan berilgan fuqaroligi bo‘lmagan shaxs uchun istiqomat uchun berilgan ruxsatnoma taqdim etiladi.
29. Chernobil AESdagi halokat oqibatlarini tugatishda qatnashish mudofaa ishlari bo‘yicha organ tomonidan berilgan belgilangan namunadagi ma’lumotnoma, shuningdek tugatishda qatnashish uchun o‘z xodimlarini yuborgan tashkilotlarning ma’lumotnomalari bilan tasdiqlanadi.
30. Nikoh munosabatlarini tasdiqlaydigan hujjatlar sifatida quyidagilar taqdim etiladi: nikoh to‘g‘risidagi guvohnoma, fuqarolik holati dalolatnomasi yozuvidan ko‘chirma, xorijiy davlatlarning vakolatli organlari (mansabdor shaxslari) ma’lumotnomalari.
31. Pensiya jamg‘armasi bo‘limi shaxs tegishli ariza bilan murojaat qilgan taqdirda pensiya tayinlash to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Shaxsning arizasi Pensiya jamg‘armasining axborot tizimida ro‘yxatdan o‘tkaziladi. Pensiya jamg‘armasi bo‘limi tomonidan ariza beruvchiga yoki tashkilotning vakiliga ariza qabul qilingan sana ko‘rsatilgan holda tilxat, shuningdek olingan va yetishmayotgan hujjatlar ro‘yxati beriladi.
(31-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 25-sentabrdagi 766-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.09.2018-y., 09/18/766/1964-son)
32. Pensiya jamg‘armasi bo‘limi hujjatlarni qabul qilishda taqdim etilgan hujjatlarning mazmuni va rasmiylashtirilishining to‘g‘riligini, ularning nusxalari hujjatlarning asl nusxasiga muvofiqligini tekshirishi kerak.
Bunda shaxsning pensiya olishga bo‘lgan huquqi, talab etiladigan ish staji mavjudligi, shuningdek pensiya tayinlash uchun asos hisoblanadigan hujjatlarning mavjudligi ko‘rib chiqiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Pensiya jamg‘armasi bo‘limi tashkilotdan yoki shaxsdan qabul qilingan hujjatlarni rasmiylashtirishni oxiriga yetkazishni va qo‘shimcha hujjatlarni taqdim etishni talab qilish, shuningdek, zarur hollarda ushbu hujjatlarning to‘g‘ri berilganligini tekshirib ko‘rish huquqiga ega.
(32-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 28-iyundagi 184-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 26-27-son, 294-modda)
33. Agar hujjatda tug‘ilgan vaqt to‘g‘risida aniq sana ko‘rsatilmagan holda oy ko‘rsatilgan bo‘lsa, u holda tegishli oyning 15-kuni tug‘ilgan sana hisoblanadi.
Agar taqdim etilgan hujjatda oy ko‘rsatilmasdan faqat tug‘ilgan yil ko‘rsatilgan bo‘lsa, ushbu yilning birinchi iyuli tug‘ilgan kun sifatida qabul qilinadi.
34. Barcha taqdim etilgan hujjatlar bilan birga pensiya tayinlash to‘g‘risidagi ariza, shuningdek Pensiya jamg‘armasi bo‘limining pensiya tayinlash to‘g‘risidagi qarori pensiyaga oid hujjatlar yig‘ma jildiga tikib qo‘yiladi.

Download 44,56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish