Fuqarolarning pensiya ta’minotini amalga oshirishda byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi va uning hududiy



Download 44,56 Kb.
bet8/18
Sana28.10.2022
Hajmi44,56 Kb.
#857592
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18
Bog'liq
hisbotot tayyor 3-kurs

maxsus ish staji — xalq xo‘jaligining muayyan tarmoqlarida, kasblar va lavozimlarda qonun hujjatlariga muvofiq imtiyozli pensiya ta’minoti huquqini beradigan mehnat faoliyatining davomiyligi.
Oldingi tahrirga qarang.
qaydnoma — pensioner va nafaqa oluvchining familiyasi, ismi va otasining ismi, yashash joyi, pasport ma’lumotlari, pensiya va nafaqa to‘lov muddati hamda summasiga doir ma’lumotlar aks ettirilgan, pensiya va nafaqa to‘lovi uchun pensiyani yetkazib berish (topshirish) yuklangan tashkilot va tijorat banki filialiga taqdim etiladigan hujjat.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 12-martdagi 145-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.03.2020-y., 09/20/145/0295-son)
Oldingi tahrirga qarang.
3. Bir vaqtning o‘zida Qonun bo‘yicha va Qonunning 5-moddasida nazarda tutilgan alohida toifadagi fuqarolarning pensiya ta’minoti to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq pensiya olish huquqiga ega bo‘lgan shaxsga pensiyaning bir turi uning tanlashi bo‘yicha tayinlanadi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 31-dekabrdagi 372-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 1-son, 4-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
4. Pensiya tayinlash va to‘lash, shuningdek fuqarolarning pensiya ta’minoti bilan bog‘liq boshqa masalalarni ko‘rib chiqish Qonunda nazarda tutilgan shartlar va normalar asosida hamda ushbu Nizomga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limi (keyingi o‘rinlarda Pensiya jamg‘armasi bo‘limi deb ataladi) tomonidan amalga oshiriladi.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 25-sentabrdagi 766-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.09.2018-y., 09/18/766/1964-son)
II. Pensiya tayinlash uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni taqdim etish tartibi
5. Tashkilot ma’muriyati har yili dekabr oyida shaxsiy varaqchalar va mehnat daftarchalari asosida keyingi yilda ham umumiy, ham imtiyozli shartlarda pensiya olish huquqiga ega bo‘ladigan xodimlar ro‘yxatini tuzadi.
Ro‘yxatda xodimning familiyasi, ismi, otasining ismi; tug‘ilgan yili, oyi, kuni, shuningdek xodim yashaydigan joy; tarkibiy bo‘linmaning nomi; lavozimi (kasbi); pensiya tayinlash uchun murojaat qilish uchun asoslar; hujjatlar bilan tasdiqlangan umumiy ish staji; imtiyozli shartlarda yoshga doir pensiya tayinlash huquqini beruvchi maxsus ish staji ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak.
6. Ko‘rsatib o‘tilgan ro‘yxatga kiritilgan xodimlarga nisbatan tashkilot ma’muriyati pensiya tayinlash uchun hujjatlarni oldindan tayyorlashga kirishadi. Zarur bo‘lganda tashkilot ma’muriyati yetishmayotgan hujjatlarni so‘rab olish choralarini ko‘rishi kerak.
Tashkilot ma’muriyati to‘plangan barcha hujjatlar asosida pensiya tayinlash uchun taqdimnomani rasmiylashtiradi.
7. Tashkilot ma’muriyati xodim pensiya yoshiga yetgan kundan kechiktirmay uning pensiya olish huquqiga ega bo‘lganligini bildirishga majbur,
Xodim pensiya tayinlash to‘g‘risida ariza bergan taqdirda tashkilot ma’muriyati mazkur ariza ro‘yxatga olingan vaqtdan boshlab 10 kun mobaynida zarur hujjatlarni va taqdimnomani to‘liq rasmiylashtiradi va ariza beruvchini ular bilan (taqdimnomaga imzo qo‘ydirgan holda) tanishtiradi.
Hujjatlar va taqdimnoma xodimning arizasi bilan birga ariza beruvchining yashash joyidagi Pensiya jamg‘armasi bo‘limiga yuboriladi. Tashkilot ma’muriyati pensiya tayinlash uchun zarur bo‘lgan barcha hujjatlarni to‘play olmagan hollarda Pensiya jamg‘armasi bo‘limiga bor hujjatlar topshiriladi, yetishmagan hujjatlar esa ushbu Nizomning 10-bandida nazarda tutilgan muddatlarda qo‘shimcha ravishda taqdim etiladi.
Agar xodimga pensiya tayinlash rad etilgan bo‘lsa, bu haqda unga rad etish sabablari ko‘rsatilib, yozma ravishda xabar beriladi. Pensiya so‘rab murojaat qilgan kishi ma’muriyat qaroridan norozi bo‘lsa, u pensiya tayinlash to‘g‘risidagi arizani yashash joyidagi Pensiya jamg‘armasi bo‘limiga bevosita berishi mumkin.

Download 44,56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish