Noparametrik muvofiqlik alomatlari
Faraz qilaylik, X1,X2, ..., Xn lar bog‘liqsiz n ta tajriba natijasida X
t.m.ning olingan kutilmalari bo‘lsin. X t.m.ning taqsimoti noma’lum F(x)
funksiyadan iborat bo‘lsin. Noparametrik asosiy gipotezaga ko‘ra
H0:F(x)=F0(x). Mana shu statistik gipotezani tekshirish talab etilsin.
1.A. Kolmogorovning muvofiqlik alomati
X1,X2, ..., Xn kuzatilmalar asosida Fn (x) empirik taqsimot funksiyasini
tuzamiz. Faraz qilamiz, F(x) uzluksiz taqsimot funksiyasi bo‘lsin.
Quyidagi statistikani kiritamiz
Glivenko teoremasiga ko‘ra n yetarli katta bo‘lganda Dn kichik
qiymat qabul qiladi. Demak, agar asosiy gipoteza H0 o‘rinli bo‘lsa Dn
statistika kichik bo‘lishi kerak. Kolmogorovning muvofiqlik alomati Dn
statistikaning shu xossasiga asoslangandir.
Do'stlaringiz bilan baham: |