haqidagi gipotezani tekshirish
Iqtisodiy ko‘rsatkichlarning o‘zgarishini belgilovchi va iqtisodiy
obyektlarni tasniflashni o‘rganuvchi “ yashirin” faktorlarni aniqlash va
ularni tahlil qilish ko‘p o‘lchovli statistik tahlilni asosiy masalalaridir.
Iqtisodiy ko‘rsatkichlar o‘zgarishini belgilovchi omillar to‘plami
komponentalari orasida stoxastik bog‘lanishlar bo‘lgan ko‘p o‘lchovli
vektor sifatida hamda “yashirin” faktorlar esa markazlashtirilgan va
korrelatsiyalanmagan t.m.lar deb qaraladi. Mana shunday “yashirin”
faktorlarni aniqlash faktorli tahlilning, xususan, bosh komponentalar
usulining asosiy masalalarini tashkil qiladi.
Iqtisodiy obyektlarni tasniflashda ko‘p o‘lchovli tanlanma iqtisodiy
omillar qiymatlaridan tuziladi. Har bir ko‘p o‘lchovli tanlanma – ko‘p
o‘lchovli t.m.ning amalga olingan qiymatlaridan iborat bo‘lib, u
o‘rganilayotgan iqtisodiy ob’ektni tavsiflashga, sinflarga ajratishga xizmat
qiladi. Shu maqsad yo‘lida ko‘p o‘lchovli t.m.ning taqsimot funksiyasi
haqida oldindan ma’lumotga ega bo‘lish muhimdir. Agar mana shunday
ma’lumot bo‘lmasa, sinflarga ajratish ularni tashkil qiluvchi obyektlar
“yaqinligi” asosida amalga oshiriladi; bunda bir sinfdagi obyektlar
“yaqin”, turli sinfdagilari esa bir – birlaridan “uzoq” da bo‘ladilar.
Obyektlar orasidagi “yaqinlik” ni belgilovchi masofa turlicha aniqlanishi
mumkin, xususan, n o‘lchovli Yevklid fazosidagi masofa deb ham
aniqlanishi mumkin.
Endi faktorli tahlil usuliga o‘taylik. Quyidagi holatni o‘rganaylik.
Aniq bir shaxsga yakka holda kiyim tikish lozim. Buning uchun shu yakka
shaxsni qaddi – qomatini tavsiflaydigan bir nechta ma’lumotlar yig‘iladi.
Shu kiyim sanoat korxonasida ishlab chiqilsa faqat uchta o‘zaro bog‘liq
ma’lumotlarga asoslanadi xolos: o‘lcham, bo‘y va to‘lalik. Bu holat
faktorli tahlilning asosiy masalasini to‘liq namoyish qiladi: boshlang‘ich
ko‘p sondagi o‘zaro bog‘langan F1, …, Fk, k<t “yashirin” omillarga o‘tish
masalasi.
Iqtisodiyotda shu turdagi masalalar ko‘plab uchraydi. Masalan,
ishlab chiqarish manbalaridan samarali foydalanish uchun bir necha
umumlashtiruvchi ko‘rsatkichlarni topish zarurati tug‘iladi.
Faktorli tahlil modeli quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi:
,
(9.1.2) ga asosan X ko‘p o‘lchovli ko‘rsatkich uchta
korrelatsiyalanmagan tarkibiy qo‘shiluvchilardan iborat ekan:
1) a - tasodifiy bo‘lmagan tarkibiy bo‘lak (matematik kutilma);
2) umumiy faktorlar aniqlaydigan AF – tasodifiy tarkibiy bo‘lak;
3) maxsus faktorlar aniqlaydigan Vε tasodifiy tarkibiy bo‘lak.
Faktorli tahlilning (9.1.2) modelini amalga oshirish (qo‘llash) uchun
hech bo‘lmaganda uning birinchi ikki tarkibiy qoshiluvchilarini statistik
ma’lumotlar asosida statistik baholash lozim. Bulardan, birinchisi
matematik kutilma a ni tanlanmaning o‘rta qiymati ɵa
ga, ikkinchi
qo‘shiluvchini ularning statistik baholariga, ya’ni umumiy faktorlar ta’sir
koeffitsientlari bahosi va umumiy faktorlar bahosiga almashtirish kerak.
Yuqoridagi masalalarni yechish uchun bir necha usullar mavjud. Ana
shulardan biri – bosh komponentalar usulidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |