68
O‘zbekistonda polimetall, qo‘rg‘oshin, mis-rux
va boshka kolchedan konlari
bor. Qoramozor, Kurama, CHotqol, Nurota, Zirabulok-Ziyovutdin, Xisor, Zarafshon
tizma tog‘laridagi konlar bunga misoldir. Kolchedanlar metallurgiya sanoati uchun
muhim ahamiyatga ega. Ulardan, asosan, oltingugurt, mis, rux, kumush, oltin, tellur
va boshqalar olinadi.
Kolchedanlarning keng tarqalgan turlari – oltingugurtli kolchedan – FeS
2
(pirit), mis kolchedani – CuFeS
2
(xalkopirit). Pirit tarkibida 53,4% oltingugurt, 46,6%
temir mavjud.
Kolchedan
konlari
turli
geologik
jarayonlar,
masalan:
magmaning
kristallanishida (mis-nikelli kolchedan) va skarnlarning paydo bo‘lishida (mis, oltin
kolchedani) hosil buladi.
Kolchedanlar vulqon mintaqalari orasida uzunligi bir necha 1000 km li uyumlar
hosil qiladi. Vulqon otilishidan chiqqan eritmalar katta
miqdorda metallarni olib
chiqadi, ular oltingugrt bug‘lari bilan birikib sulfidli kolchedan konlarini g‘osil qiladi.
Kolchedan konlari dunyo bo‘yicha keng tarqalgan.
O‘zbekistonda – Olmaliqda, polimetall, qo‘rg‘oshin, miss-rux va boshqa
kolchedan konlari mavjud. Kolchedanlar metallurgiya sanoati uchun muhim
ahamiyatga ega. Piritdan, asosan, oltingugurt kislotasi olishda foydalaniladi.
SHuningdek, uni qayta ishlash
natijasida olinadigan oltin, kumush, nikel, kobalt,
vismut va boshka kimmatbaho metallarning konsentratori ham hisoblanadi.
Kolchedan konlar gruppasiga gidrotermal – metasamatik, gidrotermal-
cho‘kindi va ularning aralashgan konlari kiradi. Ko‘p yillar davomida bu konlar
cho‘kindi konlar gruppasi tarkibida o‘rganilib kelingan. Faqat A.Zavaritskiyning
1930-1940 yillar davomida janubiy Ural xududidagi quyi devon ohaktosh va vulqon
yotqiziqlari tarkibidagi temir-mis ma’danlarini o‘rganish oqibatida mustaqil konlar
gruppasi deb tan olingan. Deyarli hamma kolchedan konlarining ma’danlari
qandayholda
va shaklda uchramasin, mineralogik tarkibi bir xil: pirit, pirrotin ba’zan
69
markaziy va bular bilan birga uchraydigan xalkopirit, bornit, sfalerit, galenit va
boshqa sulfidlardan iborat bo‘ladi.
Kolchedan konlarining uch xil sanoatbob turlari ma’lum: 1-Karelsk turi yoki
oltingugurtli kolchedan konlari. Bu turdagi konlar asosan oltingugurt kislotasi olishda
xom-ashyo sifatida foydalaniladi; 2-Ural turidagi miss-kolchedan konlari. Bu
turdagi
konlardan mis olinadi; 3- Altay turidagi ko‘pmetalli-kolchedan konlari. Bulardan mis,
qurg‘oshin va rux metallari olinadi. Bazan bu turlardagi konlardan asosiy
komponentlardan tashqari qo‘shimcha sifatida yana oltin, vismut, margamush,
kadmiy, selen, tellur va boshqa elementlar ham olinadi.
Er sharida deyarli hamma tektono-magnitik sikllarda hosil bo‘lgan kolchedan
konlari ma’lum: arxey sikli bilan Kanada, AKSH va Rossiya (Korelsk) kolchedon
konlari; proterazay davrida esa Rossiyaning deyarli
hamma kolchedan konlari
(SHimoliy Ural, Baykal ko‘li atrofi, Karpat tog‘larining orqa qismi va SHimoliy
Tyan-SHan konlari), shuningdek Kanada, Xindiston, Marokash, JAR, SHvetsiya,
Finlandiya kolchedan konlari va kaledan sikli bilan Buratiya, Garbiy Sayan, Djungar,
Alatau,
CHexoslovakiya, Eron, Norvegiya va boshqa konlar; Gersenidlar bilan esa
Ural, Altay, Qozog‘istan, O‘rta Osiyo va Kavkazdagi kolchedan konlari bog‘liq.
Madan yotqiziqlarining pastki va ustki kismlaridagi cho‘kindi tog‘-jinslar kon
hosil kiluvchi gidrotermal eritmalar (flyuidlar) tasirida xloritizatsiya, seritsitizatsiya,
piritizatsiya, okvarsevaniya va boshka avtometasamotik o‘zgarishlarga uchraydi.
Genetik jixatidan kolchedan konlari evgsosinklinal burmalarning boshlang‘ich
rivojlanish davrida, suv ostida submarin sharoitda sodir bo‘ladigan tarkibi bazalt-
liporit, vulkanik jarayonlar (formatsiyalari) bilan bog‘lik bo‘ladi (18-rasm).