Mineral xom ashyo
– xalq xo‘jaligida foydalanish uchun kerak bo‘lgan mineral
resurslarni tog‘ kon sanoati tomonidan o‘zlashtirish jarayonida er qa’ridan olingan va
qayta ishlangan foydali qazilmalar.
Prolyuviy
– nurash jarayonida hosil bo‘lgan mahsulotlarning oqar suvlar
yordamida oqizilib ketishi va qayta yotqizilishi natijasida hosil bo‘lgan bo‘shoq
hosilalar.
Struktura
– magmatik va metamorfik tog‘ jinslari uchun kristallanish darajasi,
kristallarning mutlaq va nisbiy o‘lchamlari va shakli, ularning o‘zaro birikishi.
Tekstura
– tog‘ jinslarining tashqi ko‘rinishi. Donalar yoki kristalarning o‘zaro
joylashish tartibi, minerallarning bir-biri bilan o‘zaro munosabati va joylashishini
ifodalaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |