Foydali qazilmalarning genetik va sanoat turlari



Download 7,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet141/160
Sana12.02.2022
Hajmi7,65 Mb.
#445309
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   160
Bog'liq
FOYDALI QAZILMALARNING GENETIK.2019

 
 
Glossariy 
Tabiiy tosh qurilish materiallari 
– donali toshlar (turli o‘lchamdagi bloklar, 
qayta ishlovdan so‘ng bezak toshlar sifatida, yo‘l qurilishi uchun qo‘llaniladi; aniq 
shaklga ega bo‘lmagan yalpi tosh mahsuloti (portlatish va sun’iy maydalash natijasida 
olinadi). 
Sun’iy tosh qurilish materiallari 
– bog‘lovchi moddalar (sement, gips va 
ohak) uchun xom ashyo sifatida ohaktosh, gillar, mergel, gips ishlatiladi, o‘tga 
chidamli materiallar, sopol, shisha va silikatli g‘isht hom ashyosi hisoblanadi. 
24. KIMYOVIY VA ORGANIK XOM-ASHYOLARNING 
SANOAT TURLARI 
 
24.1. Mineral tuzlarning konlari va sanoat turlari 
Mineral tuzlarga quyidagi minerallar kiradi: NaCl-galit, KCl-silvin, MgCl
2
·6H
2
O oq bishofit, poligalit, karnolit, kaynit, mirabilit, langebeynit, tenardit va 
boshqalar. Bularning barchasining rangi tiniq, oqish va yaltiroq bo‘ladi. Agarda 
qo‘shimchalar bo‘lsa-pushti, qo‘ng‘ir, qoramtir bo‘lishi mumkin. Minerallarning 
qattiqligi 1-2. Barchasi suvda yaxshi eriydi. Tuzlar asosan kimyoviy cho‘kma sifatida 
hosil bo‘ladi. SHuning uchun ularning konlari asosan ekzogen cho‘kindilar 
hisoblanadi. 


153 
Sanoat miqyosida qazib olinadigan konlar asosan qadimgi davrda suv 
havzalarida hosil bo‘lgan va keyin qatlamlar ostida ko‘milib ketgan konlardir. Tuz 
to‘plamlarining birlamchi shakli qatlam shaklida bo‘ladi. Ularning qalinligi bir necha 
santimetrdan 500-1000 metrgacha. Ular juda katta maydonlarda tarqalgan bo‘ladi. 
Agarda tektonik kuchlar ta’sir etsa, tuz qatlamlari gumbazlarni tashkil etadi. 
Tuz konlari ochiq holda, burg‘i quduqlari orqali eritilib yoki lahmlar kavlab 
o‘tish yordamida qazib olinadi. Hozirgi paytda suv havzalarida paydo bo‘layotgan 
tuz konlari ikkinchi o‘rinda turadi. Ular ham qatlam, ba’zan linza shaklida yotadi. 
Kimyoviy tarkibi bo‘yicha tuzlar xlorid-sulfatli, xloridli (Qrim ko‘llari, Bosqunchoq, 
Elton ko‘li), sulfatli (Qorabo‘g‘ozgul, Kaspiy dengizi) va sodali (Kulundi ko‘llari) 
bo‘ladi. 
Solikam tuz koni Rossiyaning Perm gubernyasida joylashgan. Tuz 
qatlamlarining o‘rtacha qalinligi 300-400m. Kimyoviy tarkibi bo‘yicha kaliyli silvin 
tuzlaridir (KCl-23%, MgCl
2
-30%). Ulardan tashqari angidrit va gillar uchraydi. 
Zahirasi behisob. 
Bosqunchoq koni Rossiyaning Volgograd gubernyasida joylashgan. Kon tuz va 
gil qatlamlarining qatlamlanishidan iborat. Antiklinal burmalarga burilgan. Bulardan 
tashqari qizg‘ish qumtosh va konglomeratlar uchraydi. Bu kon yuzasi 1154 km

bo‘lgan ko‘llardan iborat. Tuz 5-10 m qalinlikdagi ko‘l tubidagi qatlamdan qazib 
olinadi. Ko‘lning yon atrofidagi gips qatlamlaridan sizib chiquvchi ko‘p sonli 
buloqlar tuz bilan ta’minlaydi.CHet ellarda tuz konlari Germaniya, AQSH, Fransiya, 
Ispaniya, Efiopiyada mujassamlangan. Turkmanistonda (Gaurdak), O‘zbekistonda 
(Xo‘jaikon) ham yirik tuz konlari mavjud. Tuzlar xilma xil bo‘ladi: galit (osh tuzi), 
silvin, karnallit, mirabilit. 
O‘g‘it sifatida kaliyli tuzlarning 95%, natriyli tuz oziq ovqat sanoatida
kimyoda, teri va lak-bo‘yoq sanoatida, karnallit magniy metali va engil qotishmalar 
olish uchun ishlatiladi, bundan tashqari soda va xlor olishda qo‘llaniladi (38 – 39 
rasmlar). 


154 

Download 7,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish