142
xam uchraydi.
Rangi kumushdek oq, usti ko‘pincha qora gard bilan qoplangan
bo‘ladi. Qattiqligi 2,5-3. pachaqlanuvchan. Ulanish tekisligi yuq. Solishtirma og‘irligi
10.1-11.1. U eng yaxshi issiqlik va elektr o‘tkazuvchandir. Nurni qaytarish
ko‘rsatkichi juda yuqori 95%.
Kumush rangiga, o‘ziga xos ilgaksimon, zirapchasimon sinishiga, qattiqligining
kichikligi va soltishtirma og‘irligia qarab aniqlanadi. Rentgenogrammadagi asosiy
chiziqlari: 2,37; 2,05; 1,232. HNO
3
va HCl da erib suzmasimon oq cho‘kindi
ajralib
chiqadi – AgCl. H
2
S ta’sirda qorayadi. Daxandam alangasida eriydi (erish
temperaturasi 960°S ga yaqin).
Sof tug‘ma kumush gidrotermal va ekzogen konlari jarayonlarida yuzaga
keladi. Kumushning gidrotermal konlarini uch turga ajratish mumkin: 1) argentit
(Ag
2
S) bilan birgalikda gidrotermal tomirlarda; 2)
har xil metallarni murakkab
oltingugurtli, margimushli, sur’mali birikmalari bilan bir assotsiatsiyada, bular ichida
ko‘proq tarqalganlari kalsitli va baritli tomirlarda uchraydigan kobaltin (CoAsS),
safflorit (CoAs
2
), arsenopirit (FeAsS), nikelin (NiAs). 3) uranit (UO
2
) va nikel-
kobaltli minerallar bilan.
Sof tug‘ma kumushning konlari Norvegiyada (Kongsberg koni), Kanadada
(Kobalt koni, bu erda 612 kg li kumush topilgan), Saksoniyada (SHneeberg koni),
CHexoslovakiyada (YAximov koni) topilgan. Ekzogen sharoitlarda kumush, tarkibida
kumush bo‘lgan oltingugurtli va margimush-sur’mali konlarni oksidlanish zonasida
va ikkilamchi boyitish zonasida uchraydi. Bu
sharoitdagi konlar Meksikada,
Amerikada, Kanadada ma’lum.
O‘zbekistonda sof tug‘ma kumush Qurama tog‘laridagi konlarda, SHarqiy
Qoramozor polimetall konlarida gipogen va gipergen holda uchraydi.
Kumush asosan mis bilan qotishtirilib kumush buyumlar,
tangalar va boshqa
narsalar tayyorlashda ishlatiladi. Sof kumush nozik zargarlik ishlarida, ishqor
eritiladigan tigellar tayyorlashda, buyumlarni
kumush bilan oqartirishda, ximiyaviy
birikmalar xosil qilishda va boshqa maqsadlarda ishlatiladi. Kumushning asosiy
143
massasi (80% ga yaqin) sof tug‘ma holda emas, balki kumushga boy qo‘rg‘oshin-rux,
oltin va mis konlaridan qo‘shimcha mahsulot sifatida olinadi (35-rasm).
Hulosa
Mavzuda asl metallar (oltin, kumush)ning fizik va kimyoviy xususiyatlari, tog‘
jinslari va ularning tarkibidagi elementlarning miqdori (% hisobida), dunyodagi
davlatlar misolida zahiralar va ularning qazib olinadigan miqdorlari, konlarning nomi
va
joylashgan eri, xalq xo‘jaligining qaysi sanoat va sohalarida foydalanish
mumkinligi to‘g‘risidagi barcha ma’lumotlar keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: