136
va vismutning miqdoriga bog‘liq ravishda oltinning quyidagi xillari ma’lum: misli
oltin (kuproaurit) – mis miqdori 20% gacha bo‘lishi mumkin, palladiyli (porpetsit) –
palladiy miqdori 5 dan 10% gacha, vismutli (bismutoaurit) – vismut miqdori 4%
gacha. Singoniyasi kubik, simmetriya ko‘rinishi geksaoktaedrik – 3L
4
4L
3
6L
2
9PC.
Fazoviy gruppasi: a
0
=4.0699.
Oltin kvars yoki ruda
massasi orasida, ba’zan mikroskopda xam ajratish qiyin
bo‘lgan, mayda noto‘g‘ri shaklli xol-xol donalar xolida, plastinkasimon tarzda
uchraydi. Daryo vodiylaridagi sochilmalarda qirralari edirilib
silliqlangan bir necha
grammdan to bir necha o‘n kilogrammgacha bo‘lgan sof tug‘malari topilgan.
Xozirgi paytgacha topilgan sof tug‘ma oltinning eng kattasi «Xolterman
plitasi» deb atalib, uning tog‘ jinsi bilan og‘irligi 260 kg, tarkibidagi sof tug‘ma oltin
93,3 kg ga teng bo‘lib, 1872 yil Avstraliyaning Xill-End konidan topilgan. Sof tug‘ma
oltinning eng katta bo‘laklari «YOqimli notanish» (59,67 kg – 1857 yil) va «Kutilgan
mexmon» (68,08 kg – 1869 yil) xam Avstraliyani Viktoriya provinsiyasida topilgan.
Oltin kristallari kam uchraydi, lekin kumush va mis kristallariga nisbatan
ko‘proq uchraydi. Ular asosan oktaedrik va romboedrik qiyofaga ega bo‘lib, ba’zan
kub shaklida xam uchraydi.
Sof tug‘ma oltinning rangi tilla-sariq (kumushga boy xillari och sariq) bo‘ladi.
CHizig‘i metallsimon sariq,
yaltirashi metalldek, qattiqligi 2,5-3,0. Oltin eziluvchan
va cho‘ziluvchandir. Ulanish tekisligi yo‘q. Solishtirma og‘irligi 15,6-18,3 (sof
oltinniki 19,3 gacha etadi). U yuqori darajada issiqlik, elektr o‘tkazish xususiyatiga
ega.
Sof tug‘ma oltinni aniqlash
uchun uning tilla-sariq rangi, eziluvchanligi,
solishtirma og‘irligini yuqoriligi, qattiqligining kichikligi va xavoda o‘zgarmasligi
xarakterli belgi bo‘lib xisoblanadi. Rentgenogrammadagi asosiy chiziqlari: 2,35; 2,03;
1,226. kislotalardi erimaydi. Daxandam alangasida eriydi. (erish temperaturasi
1062°S).
137
Oltinning asosiy sanoatbop konlari gidrotermal jarayonlar (tub konlar) va
sochilma konlar (ikkilamchi konlar) bilan bog‘liq. Lekin
oltin magmatikdan tortib
cho‘kindi jinslargacha bo‘lgan tog‘ jinslarida aralashma sifatida uchraydi. Asosan
nordon tog‘ jinslari bilan bog‘liq bo‘lgan gidrotermal konlarda oltin, kvars
tomirlarida, turli sulfidlar (34-rasm) bilan birgalikda uchraydi.
Mikroskopik tekshirishlarni ko‘rsatishicha, oltin boshqa
minerallarga nisbatan
keyinroq yuzaga kelib ko‘pincha mineral orasidagi darzliklarda uchraydi.
Ko‘rinadigan oltindan tashqari juda mayda tarqoq xolda sulfidlarda uchraydigan
«bog‘langan» oltin xam bo‘ladi. Bunday oltin asosan pirit va arsenopiritda uchrab,
faqat ximiyaviy analizlar orqali aniqlanadi (Masalan: Ruminiyadagi Zlatna konidagi
arsenopiritdagi oltin miqdori 0,07% yoki 700 g/m ni tashkil qiladi).
Dunyodagi oltinni yirik
gidrotermal konlaridan Rossiya, Avstraliya, YAngi
Zelandiya, Amerikani g‘arbiy shtatlari, Kanada konlarini ko‘rsatish mumkin. Oltinni
sochilma konlari esa Uralda, Sibirda, Avstraliyada, Amerikaning Kaliforniya shtatida,
Janubiy Afrikada ma’lum.
O‘zbekistonda oltin juda qadim zamonlardan ma’lum bo‘lib, u juda ko‘p
joylarda uchraydi. CHotqol-Qurama tog‘larida, Markaziy Qizilqumda, G‘arbiy va
Janubiy O‘zbekistondagi oltin konlari ko‘p olimlar tomonidan o‘rganilib, to‘liq
ma’lumotlar olingan.
Oltin asosiy valyuta metalidir.
U bezak ishlarida, zebi-ziynat buyumlari
tayyorlashda, fizik va ximiyaviy asboblar ishlashda, meditsinada va boshqa soxalarda
ishlatiladi.