34-rasm. Sulfidli oltin ma’dani
21.3. Kumush konlari va ularning sanoat turlari
Sof kumush-yumshoq, juda cho‘ziluvchan, issiqlikni va elektr tokini eng yaxshi
o‘tkazadigan metalldir. Erish harorati-950
o
S, qaynash harorati-1955
o
S, solishtirma
og‘irligi – 10,7, klarki – 0,00007.
Kumush ham qadim zamonlardan ma’lum bo‘lib, savdo-sotiq rivojlanishiga
katta hissa qo‘shgan metalldir. Kumush - nodir metallarning eng arzonidir. Kumush
yorug‘lik ta’sirini sezuvchi metall. Hozirgi paytda kumush zebu-ziynat buyumlar
tayyorlashda, radio va elektr texnikada, fotoplyonkalar, ko‘zgular ishlab chiqarishda,
tangalar zarb qilishda qo‘llaniladi.
Kumushning dunyo bo‘yicha tabiiy zahirasi 2005 yil ma’lumoti bo‘yicha 570
ming t. Bir yilda dunyo bo‘yicha 19954 t kumush ma’dani qazib olinadi. Tabiatda 60
ga yaqin kumushli minerallar ma’lum. Ularning asosiylari-sof tug‘ma kumush,
argentit, prustit, pirargirit, elektrum. Kumush ma’danlarining sanoat turidagi
to‘plamlari asosan mis va polimetall konlari bilan uzviy bog‘liqdir. O‘zbekistondagi
eng yirik kumush konlari: Kosmanachi, Lashkerek, Okjeptes hisoblanadi.
139
Do'stlaringiz bilan baham: |