115
Rossiyadagi Kursk magnit anomaliyasi (KMA) Er sharidagi eng yirik temir
ma’danli provinsiyalardan biri hisoblanadi. KMA hududi 90 ming km
2
bo‘lib, Kursk
va Belgorod shaharlari atrofida joylashgan. Uning 400x150 km o‘lchamli
markaziy
qismi amaliy ahamiyatga ega hisoblanadi. Maydondagi temir ma’daniga boy qadimgi
metamorfik jinslar er yuzasidan 80-100 m chuqurlikda o‘rtacha 50-80 m, ayrim
joylarda 300 m ni tashkil qiladi. Tarkibida 26-38% Fe bo‘lgan kvarsitlar kambag‘al
ma’dan hisoblanadi. Kvarsitlarning yuqori nurashga uchragan qismi esa boy
hisoblanadi. KMA da temir miqdori 54-65% ni tashkil qiladi.
O‘zbekistonning temirga bo‘lgan bir yillik ehtiyoji 1,8 mln. t ni tashkil etadi.
Buning 600 ming t si qora metallar chiqindilari va lom hisobiga va 1,2 mln.tonnasi
import hisobiga qondiriladi.
Respublikamizda temirning 200 ga yaqin kichik kon va ma’dan namoyonlari
mavjud bo‘lib, qadim-qadimda bu erlarda temir eritib olingani arxeologlar tomonidan
aniqlangan. Bunday
joylarga SHimoliy Nurota, Boysun tog‘lari, CHotqol-Qurama
regioni kiradi.
Xozirgi paytga qadar mufassal o‘rganilib razvedka qilingan ob’ekt Surenota
ma’danli maydoni sanaladi. Bu maydon Surenota tog‘ cho‘qqisida joylashgan bo‘lib,
ma’muriy jihatdan Toshkent viloyati Bo‘stonliq va Parkent tumanlari chegarasida
joylashgan. Ma’danga yaqin aholi punktlari - Parkent shahri (7-8 km) va Kumushkon
posyolkasi.
Maydonda temir ma’danini qadimda qazib olinganligini
bildiruvchi karer
ko‘rinishidagi eski lo‘mlar uchraydi. 1959-62 yillarda olib borilgan geologiya-qidiruv
ishlari natijasida maydonda G‘arbiy, SHarqiy, Qo‘tirbuloq, Dalniy, To‘rtqora,
Oqberdi, Laylakxona va Surenota uchastkalari aniqlanib o‘rganilgan. Surenota
ma’danli maydonidagi temir ma’danining bashoratli resursi 90 mln.t., bor elementi
ma’dani resursi 0,5 mln.t, magniy elementi ma’dani resursi esa 35-50 mln.t, deb
hisoblangan.
116
Surenota konida temir ma’danlashishi uch tipga ajratiladi: 1) gematit-limonitli
(Qo‘tirbuloq va Pochasyorbuloq ma’dan namoyonlari); 2)
skarn-magnetitli
(Zapadnыy, Vostochnыy, Laylakxona va Surenota uchastkalari); 3) kvars-
gematitli (To‘rtqora va Oqberdi uchastkalari).
Qo‘tirbuloq uchastkasida ma’danlashish 250 m kenglikda 5 km masofaga
cho‘zilgan bo‘lib, o‘rta devonning jivet yarusi terrigen-karbonatli jinslari orasida linza
shaklida yotadi. Temir miqdori 24% dan 62,7% gacha boradi. Ma’dan tarkibi limonit-
gematitli.
Skarn – magnetitli tipga mansub uchastkalardan eng keng o‘rganilgani - Zapadnыy
uchastkasi hisoblanadi. U Surenota tog‘i
markaziy qismida, intruziv jinslar bilan
karbonatli jinslar kontaktiga joylashgan. Bu erda cho‘kindi jinslar metasomatik
o‘zgargan, brusit jinslariga aylangan.
Uchastkadagi ma’dan tarkibi magnetitli bo‘lib, unda pirit, xalkopirit, vismutin ham
uchraydi.
Temirning o‘rtacha miqdori 38,5%, mis - 0,1% , kobalt - 0,002%, vismut-0,005%.
Uchastkaning bashoratlangan resursi -15 mln.t. temir ma’dani.
Do'stlaringiz bilan baham: