AMMIAKNI ZARARSIZLANTIRISH VA MOCHEVINA SINTEZI
Kirish
Asosiy qisim
Atmosfera azoti va uni ajratib olish.
Sintetik ammiak sintezi:
Texnik gazlar aralashmasini tozalash usullari;
Sintetik ammiak sintezining texnologik sxemasi.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish
Azot inson va tirik jonzotlar hayotida katta ahamiyatga ega bo`lgan rangsiz, ta`msiz va hidsiz gaz. U eng ko`p tarqalgan elementlardan biri. Er qobig`ining massasini 1,10-2,0% ni tashkil qiladi. Asosiy qismi atmosferada (75,6% massa bo`yicha, 78,09% hajmi bo`yicha) bo`lib 4108 m3ga tengdir. Bog`langan holda havoda, daryolar, dengizlar, okeanlar suvida uchraydi. Er qobig`ida u asosan uch xil: erkin, minerallar va ionlarga ega bo`lgan birimalarni hosil qiladi. Sanoat ahamiyatiga ega bo`lgan natriyli selitra va kaliyli selitrasi ko`rinishida, kometalarning gaz bo`lutlarida, quyosh atmosferasida qayd etilgan.
Azot hamma tirik mavjudotlar tarkibida bor. Oqsillarni 17% gacha azot elementidan iborat, inson organizmida jami 3% ni tashkil qiladi. Azot tabiatda moddalar aylanishida ishtirok etadi. Demak uni tuproqdagi miqdori azot bog`lovchi bakteriyalar yoki mikroorganizmlar faoliyati tufayli hosil bular ekan. Atmosfera azotini yutib, azot tutuvchi birikmalarga aylantiradigan o`simliklar va mikroorganizmlar birgalikda har yili bir gektar erga 200-500 kg azot berishar ekan. Azot D.Rezerford tomonidan 1772 yilda kashf etilgan. Fransuz kimyogari A.Lavuaze XVIII asrning oxirida taklif etgan “azot” so`zi grekchadan tarjima qilganda «hayotiy emas» degan ma`noni bildiradi. Lekin haqiqatan ham shundaymi? Azot kisloroddan farq qilib, haqiqatan ham nafas olish va yonishga yordam bermaydi. Lekin odam doimo sof kislorod bilan nafas olishi mumkin emas. U kislorodning oddiy neytral suyultiruvchisi emas. Ayni azot va kislorod aralashmasigina sayyoramizda yashovchilarning ko`pchiligi uchun nafas olishga eng yaroqli hisoblanadi. Bu gazning nisbat inertligi insoniyat uchun nihoyatda foydalidir. Agar u kimyoviy reaksiyalarga moyilroq bo`lganida er atmosfersi hozirgi ko`rinishida mavjud bo`lmagan bular edi. Kuchli oksidlovchi bo`lgan kislorod azot bilan reaksiyaga kirishib, azotning zaharli oksidlari hosil qilgan bular edi. Lekin, agar azot geliy singari haqiqatan inert gaz bo`lganida kimyoviy ishlab chiqarishlar ham, kuchli mikroorganizmlar ham atmosfera azotini bog`lay olmagan, hamda barcha tirik organizmlarning bog`langan azotga ehtiyoji qondirilmagan bular edi. Ko`pchilik moddalarni ishlab chiqarish uchun zarur bo`lgan ammiak, nitrat kislota, eng muhim mineral o`g`itlar bo`lmas edi. Erda hayot ham bo`lmas edi, chunki azot barcha organizmlar tarkibiga kiradi.
Suyuq azotdan sovutish qurilmalarida foydalaniladi. Azot kimyoviy aktivligining kamligi avvalo uning molekulasining tuzilishiga bog`liq. Ikki atomdan iborat azot molekulasini parchalash uchun juda katta 984,6 kj/mol energiya kerak. Molekulasi parchalanmay turib azot kimyoviy bog` hosil qilmaydi. Atomar azot esa ancha aktiv xususiyatga ega. U odatdagi haroratda oltingugurt, fosfor,mishg`yak va ba`zi metallar, Masalan,simob bilan reaksiyaga kirishadi. Lekin azotni alohida atomlar holida olish murakkab ish hisoblanadi. Hatto 30000S da olingan azotning 0,1% igina erkin atomlarga ajrala oladi. Azot kimyoviy laboratoriyalarda quyidagi reaksiyalarga binoan hosil qilinadi:
(NH4)2Cr2O7 → N2 + Cr2O3 + 4H2O
Eng toza azot natriy nitridini parchalab olinadi: 2Na3N→6Na + 3N2
Havo tarkibida 78,03% hajm azot, 20,95% hajm kislorod, 0,94% hajm argon va boshqa inert gazlar juda kam miqdorda bo`ladi. Havoning tashkil qiluvchi elementlarining fizik xossalari quyidagi jadvalda berilgan:
Gaz
|
T suyuq 0S
|
T qaynash 0S
|
Kislorod
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |