- 218,4
|
-182,95
|
Argon
|
-189,2
|
-185,7
|
Azot
|
-209,9
|
-195,8
|
Tozalangan va quritilgan atmosfera havosi kompressor yordamida R1 bosimidan R2 gacha siqiladi. Siqilish havo isib qolishiga sabab bo`lgani uchun uning harorati T1 dan T2 gacha ko`tariladi. Suvli sovutgichdan o`tishda siqilgan havo T1 haroratgacha sovutiladi va qarama-qarshi oqimga issiqlik almashtirgich orqali drossellash jo`mragiga keladi. Bu jo`mrak ochilishi bilan siqilgan havo kenglikka chiqadi va siyraklanadi. Kengayish mexanik ish bo`lib, uni bajarish uchun energiya sarflash kerak. Agar energiya sarflanmas ekan, bu ishga kerakli energiya miqdori ichki energiyasi kamayishi tufayli sodir bo`ladi, bu esa gazning haroratini pasayishiga olib keladi. Yanada sovutilgan havo oqimi issiqlik almashtirgich orqali chiqib kelayotganda kirayotgan havoni drossellashdan avval anchagina sovutadi va u o`z navbatida kengayganda harorat yanada pastga tushadi. Moslamani ma`lum vaqt tinimsiz ishlashi natijasida drossellash jo`mragiga keladigan havo oqimi shunchalik sovugan bo`ladiki, uni kengaytirish havoni qisman suyuqlanishiga olib keladi. Suyuq havo (Tsuyuq=-194,20S) ajratkichda ajratilib olinadi, gazsimon havo esa issiqlik almashtirgichdan chiqib ketadi. Shu yo`sinda olingan suyuq havo tarkibiy qismlarga rektifikasiya minoralarida (uni ish tamoyili bilan keyinroq tanishasiz) ko`p marotaba suyuq havo-bug` muvozanati o`rnatilishi orqali ajratiladi va sof holdagi azot gaz holatida bo`lsa, sariq rangdagi harflar bilan "azot" deb yozilgan qora rangli ballonlarga solinadi, suyuq holatda bo`lsa qora rangli Dyuar idishlariga quyiladi va kerakli sohalarga jo`natiladi. Shu yo`l bilan dunyo bo`yicha olingan azotning miqdori 72 mln. tonnani tashkil qiladi.
Sanoat sharoitlarida azotni bog`lashning asosiy usuli ammiak sintezi bo`lib qolmoqda. Ammiak - kimyo sanoatida eng ko`p ishlab chiqariladigan mahsulotlardan biri, butun dunyoda u yiliga 70 mln. tonnadan ko`proq ishlab chiqariladi. Ammiakning o`zi cheklangan miqdorda va odatda suvdagi eritmalar holida (ammiakli suv-suyuq o`g`it sifatida, navshadil spirt tibbiyotda) ishlatiladi. Lekin ammiak, atmosfera azotidan farq qilib, birikish va almashinish reaksiyalariga ancha oson kirishadi. U azotga qaraganda oson oksidlanadi ham. Shu sababli ammiak ko`pchilik azotli moddalarni olishda boshlang`ich mahsulot sifatida ishlatiladi.
Ammiak sintezi quyidagi reaksiya bo`yicha chiqindi mahsulotlarsiz boradi:
N2 + 3H2 → 2NH3 + Q
Bu jarayon uchun xom-ashyo sifatida tabiiy gazni ikki bosqichli bug`li konversiyasi mahsulotlari olinadi: CH4 + O2→ 2CO +2H2 + Q
Bu bosqichda ishlatiladigan havo kislorodi bilan havo azoti ham aralashmaga kiradi. So`ngra hosil bo`lgan uglerod (II) - oksid suv bug`i bilan reaksiyaga kirishadi.
CO + H2O→ CO2 + H2 + Q
Metanni suv bug`i bilan konversiyasining yig`indi reaksiyasi issiqlik yutilishi bilan boradi: CH4 + H2O→ CO + 3H2+ Q va hosil bo`lgan havo azot bilan 1:3 nisbatdagi aralashtirilib, tozalanib sintez minorasiga kiritaladi.
Vodorod koks gazining qayta ishlash natijasida ham hosil bo`ladi. Vodorod olishning sanoat usullaridan yana biri - osh tuzining suvli eritmasining elektrolizidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |