122
olingan. Uning asosiy qismi Avstraliya, JAR, Kanada, Xitoy, Norvegiya, AQSH,
Ukraina va Hindistonda ishlab chiqarilgan.
Titan elementi «koinot elementi» deb ham ataladi. Sababi - u temirdan ikki
hissa engil, ancha mustahkam bo‘lib, havo ta’sirida yuzasida hosil bo‘luvchi yupqa
parda uni korroziyadan to‘la saqlaydi. Titandan
yasalgan avtomat stansiyalar, Oyga
uchuvchi kemalar, sun’iy yo‘ldoshlar mutlaq vakuum holatidagi qattiq sovuq va
yuqori darajadagi issiqqa bardosh beradi. Kosmik apparatlar devorlari koinotda ulkan
tezlikda uchib yurgan jinslar zarbasiga uchraydi, kosmik radiatsiya ta’siriga duch
keladi. SHunday noqulay sharoitlarga chidash bera oladigan element faqat titan
hisoblanadi. Boshqa elementlar bunday sharoitda “qaynab” bug‘lanib ketadi yoki o‘z
atomlarini yo‘qotib, fizik-mexanik xossalarini o‘zgartirib yuboradi. Amerikaning
“Apollon”, “CHelenjer” va Rossiyaning “Buran” kabi kosmik kemalarida 60
tonnadan ortiq titan ishlatilgan. Apparatlardagi kimyoviy faol moddalar titandan
yasalgan
idishlarda saqlanadi, 200 atmosfera bosimidagi havo silindrlari faqat
titandan yasaladi. Oyga tushirilgan “Apollon” moduli ham titandan yasalgan.
Suvda suzuvchi kemalarning disklari va boshqa qismlari, o‘ta chuqur (15-20
km) burg‘ilash ishlarida ishlatiladigan quvurlar yasashda titandan foydalaniladi.
Titan ma’danining dunyo bo‘yicha sanoat ahamiyatiga ega bo‘lgan to‘plamlari
sochma va magmatik konlar bilan bog‘liqdir. Titan-magnetit ma’danli yirik
konlaridan biri Rossiyada-Janubiy Ural tog‘larida joylashgan Kusinsk, JARda-
Bushveld konlaridir.
Kusinsk koni asosli jinslar –gabbro va ularning
metamorfizmga uchragan turi-
amfibolitlarda shakllangan bo‘lib, dayka tanalaridan iborat. Ma’dan tanalari kengligi
0,3-1,5 km va uzunligi 100 km ga etadigan zonani tashkil etadi. CHuqurligi 700-900
m gacha boradi.
Ma’danning mineral tarkibi 90-95%gacha ilmenit va magnetitdan iborat.
Bulardan tashqari gematit, leykoksen, rutil, pirit, xalkopirit, xlorit, apatit, granat
123
uchraydi. Ma’dan tarkibida 50-55% temir, 10-20% titan oksidi, 1-2%
xrom oksidi,
marganets, oltingugurt va vanadiy uchraydi.
Titanning O‘zbekistondagi konlari va ma’dan namoyonlari 2 genetik tipga
(magmatik va sochma) mansub. Titan O‘zbekiston xom ashyo bazasida sanoat
ahamiyatiga ega emas. O‘zbekistondagi magmatogen konlarga misol tariqasida
Qoraqalpog‘istonning Sultonuvays tog‘larining shimoliy yon bag‘rida joylashgan
Tebinbuloq konini keltirish mumkin. Kon 1937 yilda YA.S.Visnevskiy tomonidan
ochilgan bo‘lib, 8 km
2
maydonni egallaydi. Kon hududida o‘ta asosli jinslar –
piroksenit, tebinit, goribidit va peridotitlar keng tarqalgan. Ma’danlashish ilmenit-
titanomagnetitdan iborat bo‘lib, kengligi 100-400 m, uzunligi 2,5
km gacha
cho‘zilgan zonadan iborat.
Ma’dan tarkibi: 80-95% magnetit; 3-15% ilmenit; 5% gematit va 1% xalkopirit,
pirit va pirrotindan iborat. Titan miqdori 4,75% ni tashkil qiladi va sanoat talabiga
javob bermaydi. Magmatik konlar uchun titanga konditsiya talablari 5%ni tashkil
qiladi.
Titanning yirik sochma konlari Rossiya, Hindiston, AQSH, Braziliya va
Avstraliyada joylashgan bo‘lib, ular hozirgi va qadimgi qirg‘oqbo‘yi –dengiz va
allyuval yotqiziqlarda uchraydi. Bu erdagi qum yotqiziqlarida ilmenit,
magnetit, rutil,
sirkon, monatsit va boshqa minerallar uchraydi. Sochma qumlar 100-150 km gacha
20-60 m kenglikda joylashgan bo‘lib, mahsuldor qatlam qalinligi 2-4 m ni tashkil
etadi. Titan minerallarining miqdori 10 dan 60% gacha, ba’zan 80% ga etadi.
O‘zbekistonda rutil-sirkon-ilmenitli sanoat tipiga mansub titanning sochma
konlari Orol dengizining g‘arbiy qirg‘oqlarida, yuqori oligotsen-miotsen
yotqiziqlarida tarqalgan. Konning uzunligi 50 km, kengligi 35-200 m, mahsuldor
qatlam qalinligi 0,4-1,8 bo‘lib, foydali minerallar (ilmenit, rutil, sirkon) o‘rtacha
miqdori 4,5kg/m
3
ni tashkil qiladi. Hozirgi paytda bu ko‘rsatkich
sanoat talablariga
javob bermaydi.
124
Xulosa
Mavzuda qora metallar (temir, marganets, xrom, titan)ning fizik va kimyoviy
xususiyatlari, tog‘ jinslari va ularning tarkibidagi elementlarning miqdori (%
hisobida), dunyodagi davlatlar misolida zahiralar va ularning qazib olinadigan
miqdorlari, konlarning nomi va joylashgan eri, xalq xo‘jaligining qaysi sanoat va
sohalarida foydalanish mumkinligi to‘g‘risidagi barcha ma’lumotlar keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: