Dinamometamorfizm
– burmalar hosil bo‘lishi jarayonida magmaning
ishtirokisiz, tektonik kuchlar ta’sirida tog‘ jinslarining strukturaviy va kamroq
darajada mineralogik qayta o‘zgarishi.
Kontakt metasomatozi
– intruziv tanalarning qamrovchi tog‘ jinslari bilan
kontaktida yuzaga keluvchi metasomatik o‘zgarishlar jarayoni. Reaksiyalarning
harorat rejimi 200
o
S dan 900
o
S gacha o‘zgaradi.
Kontaktli metamorfizm
–yorib o‘tadigan magma ta’siridagi cho‘kindi tog‘
jinslarini o‘zgarishlari.
Ma’dan koni
– metall elementlar va ularning minerallari to‘planishidan hosil
bo‘lgan foydali qazilma koni.
Metamorfik konlar
– metamorfozlashgan konlardan farqli o‘larok avvalgi
mavjud konlarda emas, balki tog‘ jinslarining metamorfizm jarayonlari natijasida
(flyuidlar ishtirokida) hosil bo‘lgan.
Metamorfizm
– murakkab fizik-kimyoviy jarayon bo‘lib, Er qa’ridagi tog‘
jinslarining chuqurlikdagi flyuidlar, temperatura va bosim ta’sirida teksturaviy,
strukturaviy, mineralogik va kimyoviy o‘zgarishlarini o‘z ichiga oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |