Nazorat savollari 1. CHo‘kindi (cho‘kma) nima va ular qanday kon turlariga bo‘linadi?
2. CHo‘kindi konlariga ta’sir etuvchi faktorlar nimalardan iborat?
3. Mexanik, kimyoviy va kaloid eritma cho‘kmalariga ta’rif bring?
4. CHo‘kindi konlarida minerallarning qanday guruhlari uchraydi?
5. CHo‘kma konlarida qanday foydali qazilmalar uchraydi?
Glossariy Abissal – dengiz tubining 3000-6000 m chuqurliklariga to‘g‘ri keladigan qismi. Okean tubining 75% ga yaqin qismini egallaydi.
Allyuvial sochmalar – allyuvial tog‘ jinslari tarkibida mavjud bo‘lgan sochmalar. Delyuvial va elyuvial sochmalarning, tog‘ jinslari yoki konlarning oqar suvlar bilan yuvilishi va qayta yotqizilishi natijasida tasma shaklida hosil bo‘ladi. Allyuvial sochmalar voha, o‘zan va terrasa sochmalariga ajratiladi, hamda olmos, platina oltin kabi foydali qazilmalarning muhim manbai hisoblanadi.
Genezis – geologiyada tog‘ jinslari va foydali qazilma konlarining ma’lum sharoit va geologik jarayonlar ta’sirida hosil bo‘lishi.
Delyuviy – (delyuvial yotqiziqlar) – yomg‘ir yoki qor erishidan hosil bo‘lgan suvlar oqizilib keltirgan, shuningdek o‘z og‘irligi ta’sirida siljishi va grunt oquvchanligi natijasida qirlar etagida va yon bag‘irlarining quyi qismida to‘plangan nuragan tog‘ jinslaridan iborat yotqiziqlar.
Delyuvial sochmalar – tub konlarning nurash jarayonida parchalanishi va parchalangan tog‘ jinslari bilan pastga surilib to‘planishidan hosil bo‘ladi. Qiya sathlarda tarqalgan sochmalar (delyuvial) va qoya tog‘ jinslari tashqarisida tarqalgan (koryuvial) sochmalar ajratiladi.
Ma’dan – foydalanish iqtisodiy jihatdan naf keltiradigan tabiiy minerallar uyumi.
Ma’dan belgisi – etarli o‘rganilmagan yoki qazib olishga yaroqsiz foydali qazilmalar yig‘indisi.
Metasomatoz– tog‘ jinslarining eritmalar ta’sirida o‘z kimyoviy tarkibini o‘zgartirishi. Metasomatoz natijasida tog‘ jinslarining umumiy kimyoviy tarkibi o‘zgaradi; minerallar erishi bilan birga yangilari hosil bo‘ladi. Bunday metasomatoz magmatik jarayondan keyin ajralib chiqadigan eritmalar ta’sirida yuzaga keladi.
Mineral – xalq xo‘jaligida ishlatish mumkin, iqtisodiy jihatdan foydali, texnika taraqqiyotiga muvofiq metall, mineral yoki boshqa birikmalar ajratib olish uchun qulay minerallar to‘plami.
Prolyuviy – nurash jarayonida hosil bo‘lgan mahsulotlarning oqar suvlar yordamida oqizilib ketishi va qayta yotqizilishi natijasida hosil bo‘lgan bo‘shoq hosilalar.