Foydali qazilmalarning genetik va sanoat turlari



Download 17,73 Mb.
bet55/92
Sana07.07.2022
Hajmi17,73 Mb.
#753459
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   92
Bog'liq
2 5438617787280921442

16.2. Kimyoviy cho‘kmalar
Suv va shamol yordamida ko‘l, dengiz va okeanlarga keltirilib turli reaksiyalar natijasida, keyinchalik esa cho‘kindi holiga o‘tish yo‘li bilan hosil bo‘ladigan foydali qazilmalar kimyoviy cho‘kmalar turiga kiradi. Ular uchta genetik tipga bo‘linadi: a) chin eritma cho‘kmalari; b) aloid eritma cho‘kmalari; v) organizmlar ishtirokida hosil bo‘luvchi gilning cho‘kmalari.
CHin eritma cho‘kmalari.CHin eritma holida tuzlar, ba’zi organik moddalar, qisman kremnezyom migratsiyasi, bulardan oson eruvchan tuzlar va qisman gumus kislotasiga aylangan organik moddalar to‘yinmagan eritma holida va qiyin eriydigan birikmalari esa to‘yinmagan yoki issiq iqlim sharoitidagi daryolarga to‘yingan eritma, hamda qisman ushatki jins xolida suv xavzalariga kelib tushadi. Buning natijada kul, dengiz va okeanlar malum miqdorda erigan tuzlar bilan boyigan kuchsiz elektrolit holida bo‘ladi. Okean suvidagi o‘rtacha tuz mikdori 3,5% ga teng, suv havzalariga sersuv daryolar quyilsa, undagi tuz mikdori kamroq bo‘ladi.
Tuz konlari tabiatda 3 xil ko‘rinishda uchraydi: er osti va ochiq suv havzalaridagi suyuq nomokop holidagi tuzlar, xozirgi zamon konlari, qadimiy er osti konlari.
Qadimiy tuz konlarining alomatlaridan biri shaklining plastdan tashqari yana shtoksimon, burulmalar va do‘ngliklar ko‘rinishida bo‘lishidir. Buni ko‘proq tektonik protsesslarning oqibati deb hisoblash o‘rinlidir. Tuz qatlamlari yumshoq bo‘lganligi uchun tektonik xarakatlar jarayonida oqish xususiyatiga ega.
Qadimiy tuz konlarining tashqi ko‘rinishi, rangdorligi (kulrang va boshqa to‘q ranglar), kristalllarining yirikligi va qiyin eruvchanligi bilan ajralib turadi.
Tuz konlarining foydali aralashmalari bor va bariydir. Bular kolibarit va eruvchan xlorli karbanat cho‘kmalari ichida tarqalgan.
Kaloid eritma cho‘kmalari. Dengiz suvidagi og‘ir metall tuzlarining miqdorlari shunchalik kamki, milliardlab tonna zahirasiga ega bo‘lgan cho‘kma metall konlarining hosil bo‘lishini dengiz suvi moddalari asosida tushuntirib bo‘lmaydi. Bu holda og‘ir metallar manbai jinslarining laterit nurash oblastlari bo‘lishi mumkin. Bunda, masalan, alyuminiy granit va boshqa jinslarning dala shpatlari hisobiga Rn <4 bo‘lgan sulfatli nordon suvlar yordamida alyuminiy sulfat birikmasini hosil qilib eritmaga chiqadi.
Temir, marganets, alyuminiy, kichik elementlar deb ataluvchi metallar uran, xrom, nikel, kobalt, mis va boshqalarning birikmalari daryo suvlaridagi organik gamus kislotalari himoyasida suv havzalariga eritma va changsimon zarralar holida yig‘iladi. Kul va botqoqliklarning gunus kislotasiga boy sharoitda ular cho‘kindiga aylanib temir, marganets, alyuminiy va boshqa elementlarning solit teksturali rudalarini hosil qiladi. Osmitlar juda maydadan tortib to 3 – 4 sm kattalikkacha bo‘lishi mumkin. Ularning yadrosi qum zarrasi yoki boshqa qattiq zarracha, cho‘kindi minerallar bir necha qobiq sifatida yadroni o‘rab olgan holda uchraydi. Misol tariqasida Uraldagi (Rossiya) Kaminskiy baksit konini ko‘rsatish mumkin.
Agar kaloid eritmalari dengiz va okeanlarning chin (molekulyar) eritmalariga daryo cho‘llari yordamida ko‘shilsa, kaloidlar koagulyasiyalanib (ivib) modda gilga aylanib, dengiz va okeanlarning qirg‘oqlari yaqinida cho‘kmalar hosil qiladi.

Download 17,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish