15.3. Konlarning ustki mexanik o‘zgarishlari
Konlarning oksidlanish zonasida bir qator mexanik o‘zgarishlar ham yuz beradi. Bular jumlasiga yotish burchagining o‘zgarishi, foydali qazilma tanasining torayishi va kengayishi, musbat va manfiy releflarning hosil bo‘lishi kiradi.
Oksidalnish zonasida yotish burchaginig o‘zgarishi, asosan ikki sababga ko‘ra yuz beradi. Birinchisi, tog‘ yon bag‘irlarida tik turib qolgan plastlar yoki temirlar ko‘pincha pastlikka qarab engashadilar. Ikkinchisi, bukuvchi jinslarning kengayishi natijasida tomir yoki ba’zi bir yo‘lka plastlar egilib ketadi. Tez emiriluvchi tomir tipidagi konlar oksidalnish zonasida emirilib, yon jinslarning bosimi natijasida torayib ketishi mumkin. SHu tufayli 2 m lik pirrotin tomiri nurab, o‘rni ingichka cho‘g‘ga aylanib qolgan xollari kuzatilgan.
Aksincha foydali qazilmalarning tanalari kengayib ketishi ham mumkin. Bu ikki sababga ko‘ra sodir bo‘ladi. Birinchisi, kimyoviy oksidlanish natijasida ba’zi foydali qazilmalar erib, yon jinslarga singib ketadi va rangini o‘zgartirib yuboradi. Ikkinchisi shuki, ba’zi minerallar oksidlanish zonasida hajmi jihatdan katta minerallarga aylanib ketadi. Masalan, arsenopirit, okorodidga aylanganda hajmi taxminan 2,5 barobarga ortar ekan. Bunday hollarda konlarning ustki atrofidagi jinslarni itarib kengaytirib yuborishi mumkin.
Xulosa
Mavzuda metall va metall emas konlarining nurash qobig‘idagi o‘zgarishlari bilan qatorda, konlarning ustki mexanik o‘zgarishlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar keltirilgan. Metall konlarining oksidlanish zonasida o‘rganish darajasi 4 guruhga – Asosiy minerallar oksidlanish zonasida deyarlik o‘zgarmaydigan (temir va margenetsning oksid va gidrooksid rudalari, boksidlar, xromitlar, kasiteritlar, volfram, simob, oltinli kvars, platina) konlarga; Asosiy minerallari oksidlanish zonasida beqaror, boshqa barqaror minerallariga almashinuvchi (temir, margenets, qo‘rg‘oshin, margimush, vismut, surma metallarning korbanatli rudalar va titanning inminit minerali) konlarga; Asosiy minerallari oksidlanish zonasida beqaror bo‘lib, parchalanish mahsulotlari ruda tanasidan osonlik bilan chiqib ketadigan (rux, mis, nikel, kobalt, molibden, uran va oltinli sulfit) konlari; Qo‘rg‘oshin konlarining oksidlanish zonasida molibden va vanadiyni vulvenit va vanadinit ko‘rinishida yig‘uvchi maxsus (tekshirish natijalarini konning ostki qismiga tatbiq qilib bo‘lmaydi, chunki u erda bu elementlar klark mikdorida bo‘lib, oksidlanish zonasiga zamin suvlari bilan keltiriladi) konlarga ajratish mumkinligi aytilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |