15.1. Metall konlarining nurash qobig‘idagi o‘zgarishi
YUqorida oksidlanish zonasida turli konlarning turli darajada o‘zgarish xaqida aytib o‘tgan edik. Bu xol qidiruv ishlari uchun juda kata axamiyatga ega bo‘lib, geologiyadan ko‘p bilim talab qiladi. Biz konlarning faqat ustki qisminigina ko‘ramiz va tekshira olamiz. Tekshirish natijalarini konlarning ichki qismiga tatbiq etish uchun esa, ularning xususiyatlarini bilish kerak. V. I. Smirnov (1969) metall konlarining oksidlanish zonasida o‘rganish darajasi bo‘yicha 4 guruppaga bo‘ladi.
1. Asosiy minerallar oksidlanish zonasida deyarlik o‘zgarmaydigan konlar. Bu temir va margenetsning oksid va gidrooksid rudalari, boksidlar, xromitlar, kasiteritlar, volfram, simob, oltinli kvars, platina konlaridir. Bunday konlarning er yuzidagi tekshirish (metall mikdorini sinab bilish) natijalarning pastki qismi uchun ham qabul qilish mumkin.
2. Asosiy minerallari oksidlanish zonasida beqaror, boshqa barqaror minerallariga almashinuvchi konlar. Bu temir, margenets, qo‘rg‘oshin, margimush, vismut, surma metallarning korbanatli rudalar va titaning inminit mineralidir. Bunday konlarda minerallar yangilangani bilan metalning mikdori deyarli o‘zgarmaydi.
3. Asosiy minerallari oksidlanish zonasida beqaror bo‘lib, parchalanish maxsulotlari ruda tanasidan osonlik bilan chiqib ketadigan konlar. Bu rux, miss, nikel, kobalt, molibden, uran va oltinli sulfit konlari, hamda ekzogen konlardagi bor elementidir (V.I.Smirnov). Bunday konlarning ostki metall mikdori ko‘proq bo‘lganida tekshirish natijalarini tatbiq etib bo‘lmaydi.
4. Qo‘g‘oshin konlarining oksidlanish zonasida molibden va vanadiyni vulvenit va vanadinit ko‘rinishida yig‘uvchi maxsus konlar. Bunday konlarda tekshirish natijalarini koning ostki qismiga tatbiq qilib bo‘lmaydi, chunki u erda bu elementlar klark mikdorida, V.I.Smirnovning fikricha, oksidlanish zonasiga zamin suvlari bilan keltirilgan bo‘lishi mumkin.
15.2. Metall emas konlarining nurash qobig‘idagi o‘zgarishi
Metall emas konlarning nurash qobig‘ida o‘zgarishiga qarab, V.I.Smirnov ularni quyidagi 3 guruhga bo‘ladi.
1. O‘zgarmas konlar guruhiga tog‘ xrustali, kimmatbaho toshlar, olmos, granatlar, korunt, adunat, diatomit, trepel, qum, shag‘al, qumtosh va kvarsit konlari kiradi.
2. Kam o‘zgaruvchan konlar guruhiga pegmatitlar, korbonatitlar, turli korbanat va silikat jinslar, shu jumladan tosh qurilish materiallari va gillar kiradi. Pigmatitlarda kvars va ba’zi slyudalardan tashqari deyarli hamma minerallar o‘zgaradi. Korbanat jinslar silikatlanadi. Toshqurilish materiallari o‘z mustahkamligini yo‘qotadi, gillar esa qum bilan ifloslanadi.
3. O‘zgaruvchi konlar guruhiga oltingugurt, tuzlar, gips, angidrit, ba’zi slyudalar, ko‘mir kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |