Foydali qazilmalarning genetik va sanoat turlari



Download 17,73 Mb.
bet56/92
Sana07.07.2022
Hajmi17,73 Mb.
#753459
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   92
Bog'liq
2 5438617787280921442

16.3. Biokimyoviy cho‘kmalar
Turli organizmlar va o‘simliklar (biosfera)ning aktiv ishtirokida hosil bo‘lgan konlar bioximik cho‘kmalarga kiradi. Ohaktoshlar, biotomitlar, treperlar, opokalar, oltingugurt, fosforitlar, guano, ko‘mir, yonuvchi slanetslar, neft va gaz ana shunday konlar jumlasidandir.
Ohaktoshlar asosan turli dengiz organizmlarining (mollyuskalarning, korollar, gupkalar, ishankalar, braxipodlar va boshqalar kalitsitdan o‘ziga skelet, skelet va chig‘anoqlar qurishi, keyinchalik bu organizmlarning o‘lishi natijasida dengiz tubida yig‘ilib hosil bo‘ladi) organik ohaktosh mikroskopik chig‘anoqlardan hosil bo‘lsa, chig‘anoq tosh, mikroskopik chig‘anoq va suyaklardan hosil bo‘ladi va bor (mel) deb ataladi.
Paleozoy davrigacha ohaktoshlar asosan kichik yo‘l bilan hosil bo‘lgan, paleozoydan boshlab esa, organik dunyo taraqqiy etib, biokimyoyaviy cho‘kmalar assosida o‘rin egallagan. Misol tariqasida, bioximik ohaktoshdagi uchlamchi davr chig‘anoq toshlarini, mel davrining ko‘plab bor konlarinii keltirish mumkin.
Opoka tarkibida gil moddasi, organizm qoldiqlari,
92-98% amorf kremnezyom bo‘lgan mikrog‘ovak jinsdir, ba’zilarning fikricha opoka o‘zgargan diatomitlar va terepenlardir, ba’zi olimlar esa ularni oddiy cho‘kmalar deb hisoblaydilar. Konlar mel va quyi to‘rtlamchi davrlarga xos bo‘lib, Rossiyaning Volga bo‘yi, Ural va boshqa joylarida tarqalgan.
Oltingugurt konlarining hosil bo‘lishi chuqur dengiz tubida kislorod yuzasidan anchagina pastdan boshlanadi. Bunday sharoitda ularga organizmlarning chirishidan serovodorod ajraladi.
16.4. Vulkanogen cho‘kmalar
Vulkanogen cho‘kma konlari geosinklinal va platformali dengizlar qismida hosil bo‘ladi. Geologik rivojlanishning geosinklinal sikllari erta bosqichida, bazaltli vulkanogen harakatlar natijasida mavjud bo‘lgan chiqindilar olib kelinganda, evgeosinklinallar tubida temir, marganets va kolchedan konlari vujudga kelgan. Ba’zan geologlar ushbu genezisga, qora slanets formatsiyasiga muvofiq, rangli va nodir metallar, hamda boksit, fosforitli cho‘kindi konlari taalluqli deb, hisoblashadi.
Metamorfogen konlari tasnifida geologik rivojlanishning geosinklinal bosqichiga tegishli temirli vulqon cho‘kindi ma’danlar sifatida temir, kvarsit konlari keltirilgan. Platforma va geosinklinallardan platformalarga o‘tish sharoitida temir, marganets, qo‘rg‘oshin va ruh ma’danlari tashkil topgan. Misol tariqasida, Lan Dil (Germaniya) va Atasu (Markaziy Qozog‘iston) konlarini keltirish mumkin. Bu konlar o‘rta va yuqori devon davri yotqiziqlaridan iborat bo‘lib, ularda qizil temirtoshlar joy topgan. Erta devon jinslari keratofillar va ularning tepasidagi diabazli tuflar, hamda diabazli qatlamlardan tashkil topgan va umumiy qalinligi 500-1000 m dan iborat.
Atasu konidagi ma’dan tanalari beshta stratigrafik gorizonlarda ma’lum. Ular ichida asosiy qatlam 37-sonli “chegara uyumi” bo‘lib, o‘rta devon davrining tuflari va diabazlarining yuqorisidan joy olgan slanetslar tubida hosil bo‘lgan. Qatlamlarining qalinligi 2-4 m bo‘lgan ma’dan tanalari gematit, kvars, kalsit va xloritdan iborat bo‘lib, ulardan tashqari dolomit, siderit, magnetit, pirit va qattiq bitumlar ham joy olgan.
Xulosa
Mavzu cho‘kma (cho‘kindi) konlarining hosil bo‘lish jarayonlari haqida bo‘lib, ular asosan 4 guruhga: mexanik, kimyoviy, kaloid eritma va bioximik cho‘kmalarga bo‘linishi to‘g‘risida to‘liq ma’lumotlar berilgan. Bundan tashqari, cho‘kindi konlarda minerallarning 3 xil gruppasi – Nurash jarayoniga chidamli minerallar (kvars, rutil, ba’zan dala shpatlari, piroksenlar, amfibollar, slyudalar va boshqalar), Kimyoviy nurash mahsulotlari (kaolin, montmorillonit, suvli slyudalar, opal, temir va marganetsning suvli oksidlari va boshqalar), YAngi cho‘kindi hosilalar (karbonatlar, tuzlar, fosfatlar, ruda minerallari, kremniyli mahsulotlar, vodorod sulfidli birikmalar va boshqalar) uchraydi.



Download 17,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish