Foydali qazilmalarni boyitish jarayonlari


Konsentrаtsion stollаrning аfzаllik vа kаmchiliklаri



Download 8,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/205
Sana13.06.2022
Hajmi8,05 Mb.
#665608
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   205
Bog'liq
2 5420317644597238374

Konsentrаtsion stollаrning аfzаllik vа kаmchiliklаri 
Konsentratsion stolning afzalliklari: boyitishning yuqori 
samaradorligi, mineral zarrachalar ajralishini yaqqol kuzatish mumkinligi 
va uni darhol sozlash mumkinligi.
 
Stolning kamchiliklari: solishtirma ishlab chiqarish quvvatining 
pastligi, binoning katta maydonini egallashi, sinish oqibatida nisbatan tez-
tez ishdan chiqishi, hamma bo‘g‘imlarini sinchiklab sozlash kerakli 
hisoblanadi. 
Nаzоrаt uchun sаvоllаr: 
1.
Sеgrigаtsiya dеb nimаgа аytilаdi? 
2.
Cho‘ktirish mаshinаlаrining qаysi turlаrini bilаsiz? 
3.
Cho‘ktirish mаshinаlаrining аsоsiy pаrаmеtrlаri nimаdаn ibоrаt? 
4.
Minеrаl zаrrаlаrni kоnsеntrаtsiоn stоldа bоyitish nimаgа 
аsоslаngаn? 
5.
Kоnsеntrаtsiоn stоldа bоyitishdа minеrаl zаrrа qаndаy 
kuchlаrning tаsirigа uchrаydi? 
 
 
 
 


50 
2.5. Shlyuzlarda boyitish. Shlyuzlarning asosiy parametrlari
tuzilishi va ishlash tartibi. 
 
Shlyuzlarda boyitish. 
Sochma kon oltinli rudalarini, volfram, qalay 
va kamyob metallar rudalarini boyitishda shlyuz deb ataluvchi 
moslamadan foydalaniladi [1].
 
Shlyuz - to‘g‘ri burchak shakldagi qiya tarnovchadan iborat bo‘lib, 
uning tubiga trafaret yoki juni o‘sik mato (kiygiz, tuki o‘sik movut, g‘adir-
budir rezina va h.k.) to‘shaladi.
Trafaret sifatida yog‘och g‘o‘lalar, to‘rtburchak yoki dumaloq 
g‘o‘lalardan ko‘ndalang kesilgan yog‘ochlar ishlatilib, ma’lum oraliqda 
ko‘ndalang qatorlar bo‘ylab o‘rnatiladi. Shuningdek, metal trafaretlar ham 
ishlatiladi. Ular suvning uyurma (girdob) oqimini hosil qiladi, g‘adir-budir 
materialdan tayyorlangan qoplamalar esa shlyuzning tubi bo‘ylab 
harakatlanayotgan 
zarrachalarning 
qarshiligini 
oshiradi 
va 
quyi 
qatlamlarda suv harakatini pasaytiradi [1]. 
Trafaret va qoplamalar shlyuzlar ishining sifat ko‘rsatkichlarini 
belgilovchi muhim omil hisoblanadi. 
Trafaretlarning balandligi suv oqimi chuqurligidan katta bo‘lmasligi 
kerak, o‘z navbatida u boyitilayotgan mahsulot yirikligiga qarab tanlanadi. 
Odatda oqim chuqurligi boyitilayotgan mahsulotning eng katta zarrachasi 
o‘lchamidan 2-3 marta katta bo‘lishi kerak. 
Bo‘tana 
shlyuz 
bo‘ylab 
harakatlanganda 
zarrachalar 
aralashmasining zichligi va yirikligiga qarab ajralishi sodir bo‘ladi.
Avval shlyuz tubiga og‘ir minerallar cho‘kadi. Ular trafaretlar 
orasida yig‘iladi va g‘adir-budir yuzada ushlab qolinadi. Yirikroq valun va 
galkalar hamda yengil zarrachalar suv oqimi bilan shlyuzdan chiqib ketadi.
Vaqt o‘tishi bilan trafaretlar orasi va junli qoplama uyalari (ko‘zlari) 
da og‘ir mineral zarrachalari yig‘iladi. Yig‘ilib-yig‘ilib oxiri to‘liq to‘ladi 
va shlyuzga mahsulot berish to‘xtatiladi. Cho‘kkan mahsulot shlix 
deyiladi. Shlix ajratib olinadi.
Cho‘kmani ajratib olish jarayoni chayish deyiladi. Avval yuqori 
qatlamda qolgan yengil zarrachalarni ajratib olish uchun shlyuzga suv 
beriladi. Keyin suv berish to‘xtatiladi va trafaretni ajratib olishga 
kirishiladi. Bunda to‘plangan mahsulot suv bilan yaxshilab yuvib 
tushiriladi. 


51 

Download 8,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   205




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish