Ma'lumot/Help (справкa) menusi
Bu menudagi Flash help bo'limi eng foydali ma'lumotlarni berishi mumkin. Undan Flashda ishlash haqida va AS kodlari lug'ati va ularni qo'llash haqidagi ma'lumotlarni topsa bo'ladi.
Nom: Flashda tugmalar
Yuborildi: Usmon 05 Fevral 2008, 19:27:02
Tugmalar hosil qilish
Kirish qismida aytib o'tilganidek, Flashda 3 xil simvol mavjud: grafik obyekt, tugma va kliplar. Grafik obyektlardan farqli ravishda, tugma va klip simvollari ActionScript kodiga ega bo'lishi mumkin.
Tugmaning vaqt shkalasi
Tugma hosil qilish usuli: Insert -> New Symbol (Вставить -> Аовс‹й символ) yoki ish maydonida tugmaga aylantirishni mo'ljallagan obyektingizni belgilab olib, Insert -> Convert to Symbol (Вставить -> Лреобразовать в символ)ni bosasiz. Shuningdek, Library palitrasida qalqib chiquvchi menudan New Symbol buyrug'i orqali ham tugma hosil qilishingiz mumkin.
Tugma hosil qilgach, ustida sichqoncha tugmasini ikki marta bosib, yoki Library palitrasida shu tugma simvoli piktogrammasi ustida bosib, tugmamizni tahrirlashimiz mumkin.
Ikkala holda ham tugma uchun maxsus (asosiy vaqt shkalasidan mustaqil bo'lgan) vaqt shkalasi (1.8-rasm.) paydo bo'ladi va uning yuqori qismida Up, Down, Over va Hit bo'limchalarini ko'rishingiz mumkin.
Tugma ichiga xohlaganingizcha sloy qo'shishingiz mumkin.
(http://flash-doc.ru/imgs/998_11.gif)
1.8-rasm. Tugmaning vaqt shkalasi
Bu bo'limchalar nimaga mo'ljallangan:
"¢ Up - tugmaning odatiy holati;
"¢ Over - sichqoncha kursori tugma ustiga olib kelinganda tugma egallaydigan ko'rinish;
"¢ Down - foydalanuvchi tugmani bosgan, ammo hali qo'yib yubormagandagi ko'rinishi;
"¢ Hit - kursorga reaksiya bildiruvchi sohani belgilab beradi.
Avvaliga Up ko'rinishi uchun kadr yasab olishga harakat qilish lozim. Keyin Over va Down variantlari uchun ko'rinish yasash kerak. Over ko'rinishida tugma biroz ajralib turishi lozim, Down ko'rinishida esa uni bosilgan holda ko'rsatish lozim. Keyinroq tugma yaratish dizayni haqida batafsil to'xtalib o'tishga harakat qilamiz. Ungacha Window>Common Libraries> Buttons ni tanlab, Flash namuna tugmalarini ish maydoniga olishingiz va ularni ochib, tarkibi va dizaynini ko'rib chiqishingiz mumkin.
Faqat Up kadridan iborat tugma hosil qilishingiz mumkin. Agar qolgan kadrlar bo'sh bo'lsa ham, Up kadri tugmaning barcha holati uchun qo'llanadi.
Hit kadrining xususiyati shundaki, u hech qachon ko'rinmaydi. Shuningdek, Hit kadrida joylashgan obyekt rangi ham ahamiyatga ega emas; faqat uning shakli muhim. Hit kadrini Over va Down kadrlari kabi umuman bo'sh qoldirsa ham bo'ladi. Bunda Up kadridagi shakl uning o'rniga ham o'tadi.
Hit kadri faqatgina tugmani bosish mumkin bo'lgan maydonni aniqlab olish uchun qo'llanadi. Uning hajmi tugma grafik tasvirining o'zidan katta bo'lishi ham mumkin.
Siz Up, Over va Down kadrlarini bo'sh qoldirib, Hit ga esa qandaydir shakl qo'yib, ko'rinmas tugma hosil qilishingiz mumkin. Bunda tugmangiz Flash bosh oynasida och-havorang ko'rinishda bo'ladi. Rolik ijro etilayotganda esa, u umuman ko'rinmaydi. Shunga qaramay tugmani bosish mumkin va bunda unga biriktirilgan AS kod ishlab ketadi. Foydalanuvchi uning tugma ekanligini anglab yetadi, chunki sichqoncha kursori o'sha soha ustiga borganda maxsus ko'rinishga o'tadi.
Nom: Flashda matn hosil qilish
Yuborildi: Usmon 07 Fevral 2008, 16:14:26
Do'stlaringiz bilan baham: |